|
Portlandsement ishlab chiqarish usullari
|
bet | 1/5 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #114656 |
Bog'liq Mavzu
Mavzu; Portlandsement ishlab chiqarish usullari.
Reja:
1. Portlandsement ishlab chiqarish usullari.
2. Klinkerning mineralogik tarkibi.
3. Sement klinkerini pishirish.
4. Ho‘l usulda klinker ishlab chiqarish.
Klinkerning mineralogik tarkibi
Klinkerni ishlab chiqarish uchun xom —ashyoviy moddalar bo‘lib
yuqori karbonatli bo‘lgan ohaktoshlar (bo‘r,ohak,ohak) xamda tarkibida SiO2,
AL203, FeO3 bo‘lgan moddalar (gil, ohakgil) xizmat qiladi. Ohaktosh va gil
taxminan 75 — 25, ya’ni 3:1 nisbatda bo‘ladi, va 1 t sementga o‘rtacha 1,6 t mineral
xom —ashyo sarflanadi. Xom —ashyoviy aralashmaga miqdori u yoki bu, yo‘qsa bir
yo‘la ikkala kislotaviy oksidning miqdorini talab etiladigan normagacha keltirish
uchun yetarli bo‘ladigan sozlovchi (korrektirlovchi) qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Masalan SiO2 ning miqdorini xom-ashyoviy aralashmaga ma’lum miqdorda kul,
tarkibida Fe203 bo‘lgan kolchedan kuyindisi qo‘shib oshiriladi.
Xom — ashyoni baholash asosan ikki belgi: kimyoviy tarkibi va fizikaviy
xususiyatlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Fizikaviy xususiyatlarning eng muhimlari: xom — ashyoning namligi,
mineralogik, granulometrik tarkibi, mustaxkamligi, begona aralashmalarning qay
miqdorda mavjudligidir.
Ohakli jinslar — bu jinslarning barcha turlaridan bo‘r, ohaktosh,
chig‘anoqtoshli ohaktosh, ohakli tuf, marmardan foydalanish mumkin. Bizning
mamalakatimizda ko‘proq ohaktosh va bo‘rdan foydalaniladi, ularning tarkibida 90%
gacha SaSOZ va ozgina qum, gil moddalar mavjud. Kimyoviy tarkibida SaO — 50%,
SO2-40% miqdorida bo‘ladi.
Jinslar yuqori darajada dolomitlangan va gipslangan bo‘lsa, ular sement ishlab
chiqarish uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.
Mergellar — karbonat angidridli kalsiy va ko‘pgina mayda kvarsli qum bilan
aralashgan gilning tabiiy qorishmasidan iborat bo‘ladi. Ular kuydirilganda tarkibidagi
CaO,SiO2,R203 miqdori bo‘yicha klinkerga yaqin bo‘ladilar
|
| |