|
Portlandsement ishlab chiqarish usullari
|
bet | 3/5 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #114656 |
Bog'liq MavzuXo‘l usul
Bu usul agar xom – ashyo mayda bo‘lsa xamda katta namlikka ega bo‘lsa
qo‘llaniladi va qo‘yidagi texnologik rejada o‘tib boradi.
Yumshoq jinslar (gil va bur) valik maydalagichda (valkovaya drobilka) da 10
sm o‘lchamli bo‘lakchalarga maydalanadi va so‘ngra loyqorg‘ichda suv bilan
ivitiladi, qorishtiriladi. Suyuq oquvchan modda — shlam ko‘rinishidagi xom
ashyoviy aralashma 35 — 45% namlikka ega bo‘ladi, Loyqorg‘ich — diametri 10m
102
va balandligi 2,5 — 3,5 m li dumaloq temirbeton rezervuar bo‘lib, ichi cho‘yan
plitalar bilan qoplangan bo‘ladi. Qorg‘ichning o‘rtasida gilni maydalash uchun po‘lat
xaskash maxkamlangan krestovina aylanadi. Gil qorg‘ichga suv bilan birgalikda
uncha katta bo‘lmagan qismlar bilan solib turiladi.
Xaskashlar katta bo‘laklarni o‘lchamlari 3 — 5 mm dan katta bo‘lmagan
mayda donachalarga bo‘ladi, ular esa suvda osongina erib ketadilar. Hosil bo‘lgan
shlam maydalangan ohaktosh bilan birgalikda tuyish uchun surgichlar bilan xom
ashyoviy tegirmonning sarflovchi bunkerlariga o‘tkaziladi. Agar karbonat xom —
ashyosi sifatida bo‘rdan foydalanilsa, u holda uni avval (maydalangandan so‘ng) gil
bilan birgalikda qorg‘ichda qoriladi, so‘ngra esa tegirmonda tuyiladi.
Gilning yirik, erimagan donachalari idishning tubida yig‘ilib qoladi va vaqti
— vaqti bilan chiqarib tashlanadi. Xom —ashyoviy aralashmaning ikkinchi
komponenti — ohaktosh — ikkita boskichda maydalanadi (6.1-rasm): birinchisi
lunjli, ikkinchisi bolg‘ali toshmaydalagichda maydalanadi va tashuvchi qurilmalar
yordamida gilli shlam bilan birgalikda tuyish uchun xom — ashyoviy aralashmaning
komponentlari o‘rtasida aniq nisbatni saqlab turishga imkon beruvchi avtomatik
boshqaruvchisi bo‘lgan uzluksiz ishlab turuvchi tarozli dozatorlar orqali sharli
tegirmonga yo‘naltirilgan.
Tegirmonda tuydirilgandan so‘ng shlam gorizontal va vertikal
shlambasseynlarga surib o‘tkaziladi. Bu shu bilan bog‘langanki,
xom — ashyo bir jinsli bo‘lmasligi tufayli uning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi
mumkin, sementning sifati esa kuydiriladigan xom ashyoviy aralashmaning
kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Tegirmondagi shlam avval birinchi vertikal basseynga
uzatiladi. Boshqacha tarkibli shlam esa ikkinchi vertikal basseynga uzatiladi. Bu
ikkala idishdagi shlamning aniq kimyoviy tarkibini bilgan holda talab etiladigan
shlamning tarkibini hisoblab topish mumkin.
|
| |