|
Portlandsement ishlab chiqarish usullari
|
bet | 2/5 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #114656 |
Bog'liq MavzuGilsimon jinslar — quyidagi turlari qo‘llaniladi: gillar, qumoq tuproq, gilli
slanes, balchiq va balchiqsimon qumoq tuproqlar. Gilsimon jinslarning xom —
ashyoviy aralashmadagi asosiy vazifasi ularda bo‘lgan miqdordagi kislotali oksidlar
nisbatini ta’minlashdir. Gilsimon jinslarning yaroqlilik o‘lchami kimyoviy tarkibi
va giltuproqli xamda kremnozyomli moddullar qiymati bilan belgilanadi. Namlik 15
— 25% oralig‘ida o‘zgaradi.
Shular bilan bir qatorda tadqiqotchilar gilsimon komponent sifatida
bazaltlardan, boksitlardan giltuproq olishda hosil bo‘ladigan, tarkibida 60% gacha
oksidlar bo‘lgan kizil shlakdan, giltuproq ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan chiqindi
— nefelin shlamidan, tarkibida 40 — 50% SaO bo‘lgan domna shlakidan
foydalanishni tavsiya qiladilar.
Faqatgina ikki boshlangich komponentning nisbatini o‘zgartirish yo‘li bilan
talab qilingan kimyoviy va mineralogik tarkibli klinker olishga xamisha xam
erishavermasligi tufayli, tarkibida klinkerga etishmayotgan biron —bir oksidi ko‘p
bo‘lgan sozlovchi ko‘shimchalardan foydalaniladi. Masalan (SaO ning)
miqdori trepel, opoka, diatomit va boshqalarni qo‘shish yo‘li bilan
ko‘paytiriladi.
Kolchedan kuyindilari yoki temirli ruda kiritish G‘ye203 ning etishmayotgan
miqdorini qoplaydi. Kuydirishda qattiq, suyuq, gazsimon, yoqilg‘ilardan
foydalaniladi. Yoqilg‘ining narxi klinker tannarxining taxminan 40% ini va tayyor
sement tannarxining 25% ini tashkil qiladi. Shuning uchun xam sement zavodlarida
yoqilg‘ini tejashga aloxida e’tibor bilan qaraladi. Yoqilg‘i turiga qarab kuydirish
pechlari tanlanadi. Masalan: shaxta pechlarda kuydirishda kalta olovli ko‘mirlar
ishlatiladi. Aylanma pechlarda uzun olovli yonilg‘i yoki mazut ishlatiladi. Eng
samaradorli yonilg‘i bu tabiiy gazdir, chunki pechlarni samaradorligini oshirish bilan
bir qatorda yonilg‘i sarfini kamaytiradi.
Portlandsementni ishlab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
A) Xom — ashyoviy moddalarni konlardan qazib olish va zavodga
tashib keltirish;
B) Xom — ashyoviy aralashmani tayyorlash;
V) Pishirish uchun xom — ashyoviy aralashmani kuydirish va klinker
hosil qilish;
G) Klinkerga gips yeki faol mineral qushimchalar qo‘shib tuyish va
portlandsement hosil qilish;
D) Tayyor mahsulotni omborlarga (siloslarga) joylash, saqlash.
Barcha texnologik jarayenlar lozim bo‘lgan tarkibli va sifatli klinker olishni
ta’minlashga qaratilgan. Xom — ashyoviy aralashmani tayyorlash belgilangan
nisbatdagi komponentlarni maydalab tuyish va aralashtirishda shundan iboratki, bu
komponentlar o‘rtasida yuz beradigan reaksiyalarni to‘lig‘ini amalga oshishini va
klinkerning bir jinsli bo‘lishini ta’minlaydi. Xom — ashyoviy aralashma quruq,
xo‘l va chatishtirilgan usullar bilan chala quruq qilib tayyorlanadi. Eng keng
tarqalgan xo‘l usul xom — ashyoviy moddalarni tuyish va ularni gomogenlashning
soddaligi bilan diqqatni jalb etadi. Bundan tashkari, bu usulda xizmatchi
xodimlarning ishlashlari uchun eng yaxshi sanitar — gigiyenik sharoitlar yaratiladi.
Biroq bu usul katta quvvat sarfini talab qilmaydi. Quruq usul xo‘l usulga nisbatan
katta quvvat sarfini talab qilmaydi va nisbatan katta ustunlikka ega — kuydirishda
issiqlik sarfi 40% gacha kamayadi. Texnologiyasining murakkabligi xamda ko‘p
texnologik asbob-uskunalar talab qilinishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi. Birok
texnik — iqtisodiy ko‘rsatkichlar majmuasiga ko‘ra klinker ishlab chiqarishning
quruq usuli xo‘l usulga nisbatan tejamliroqdir. Shu sababli mamlakatimizda bu usul
ancha keng qo‘llaniladi.
|
| |