• Reja: 1. Konstruktorlik va texnologik tayyorlashning iqtisodiy mohiyati 2. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni rejalashtirish
  • Reja: Konstruktorlik va texnologik tayyorlashning iqtisodiy mohiyati




    Download 357,09 Kb.
    bet1/9
    Sana23.07.2021
    Hajmi357,09 Kb.
    #15838
      1   2   3   4   5   6   7   8   9


    6-modul.. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish.

    Module 6: Organization of technological preparation of production.




    Reja:


    1. Konstruktorlik va texnologik tayyorlashning iqtisodiy mohiyati

    2. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni rejalashtirish

    3. Yangi konstruksiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash



    1. Konstruktorlik va texnologik tayyorlashning iqtisodiy mohiyati.

    Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash jarayoni ishlab chiqilayotgan har qanday mahsulot turining foydaliligi, takomillashtirish darajasi nafaqat uning texnik, balki iqtisodiy jihatdan ham yuqori bo‘lgan taqdirdagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Har bir mahsulotga qo‘yiladigan umumiy talablar - loyihalash, tayyorlash, ekspluatasiya qilishda belgilangan xarajatlar doirasida texnik xususiyatlarning yuqori darajasiga erishishdan iborat.

    Konstruktorlik tayyorlashning har bir bosqichida har qanday konstruktiv qarorlar iqtisodiy asoslangan hisob-kitoblarga tayangan holda qabul qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Yillik iqtisodiy samaradorlikni hisoblash keng ko‘lamdagi ishonchli ma’lumotlar bazasi bo‘lishini talab qiladi.

    Samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi tarkibidagi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri - ishlab chiqilayotgan mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari va uni texnik takomillashtirish darajasidir. Har qanday holatda bu ko‘rsatkichlar mahsulot xususiyatlarini bir tomondan ekspluatatsiya obyekti sifatida, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish obyekti sifatida ta’minlashi lozim.

    Boshqacha qilib aytganda, yangi konstruksiyaning iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish va iste’molchining yangi konstruksiyadan foydalanishda barcha ishlab chiqarish resurslaridan qilgan jami iqtisodini aks ettiradi.



    Texnologik tayyorgarlik jarayonidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishdan maqsad, barcha texnik shartlar va talablarga rioya qilgan holda uni amalga oshirish uchun eng kam xarajat talab qiladigan konstruktiv variantlarni tanlashdan iborat. Hozirgi kundagi texnologik taraqqiyot darajasi bir xil turdagi mahsulotni bir necha usullar bilan tayyorlash imkonini beradi, shuning uchun har bir texnolok jarayonlarni loyihalashda eng optimal va samarali variantlarni tanlashga harakat qilinadi.




    Download 357,09 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 357,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Konstruktorlik va texnologik tayyorlashning iqtisodiy mohiyati

    Download 357,09 Kb.