Yangi konstruksiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash




Download 357,09 Kb.
bet4/9
Sana23.07.2021
Hajmi357,09 Kb.
#15838
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3.Yangi konstruksiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash

Qiyoslanayotgan variantlar bo‘yicha yillik iqtisodiy samaradorlik amaldagi va loyihalanayotgan variantlarga qilingan xarajatlar farqini aniqlash orqali hisoblanadi.


Yangi konstruksiyani qo‘llashdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:
 (5)
bunda,
T1 va T2 - mos holda amaldagi va loyihadagi mashinalarda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi, so‘m;

K1 va K2 - mos holda yangi mashinani qo‘llashdan oldin va keyingi kapital xarajatlar, so‘m;

N2 - loyihalanayotgan mashinada ishlab chiqariladigan yillik mahsulot (ish) xajmi, dona;

E- kapital xarajatlar samaradorligining me’yoriy koeffitsienti (Em=0,12).
Yangi texnologik jarayonlarni, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi usullarini qo‘llash mahsulot sifatini oshirishga olib keladi. U holda yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
 (6)
bunda,

N1,N2 - mos holda tadbirlar qo‘llanishidan oldingi va keyingi mahsulot birligi-ning ulgurji bahosi (mahsulot navlarini hisobga olgan holda), so‘m;
B2 - tadbirlarni qo‘llash yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona;
Bordiyu, mahsulotni ilgarigi iste’mol maqsadlari qondirilib, lekin yuqori sifatli (ancha yuqori narxlarda) ishlab chiqarish loyihalashtirilgan bo‘lsa, u holda bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:

 (7) 
bunda,

F2,F1 - mos holda yuqori sifatli va oldingi sifat ko‘rsatkichlari bilan ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotni sotishdan olingan foyda, so‘m;
Kq - mahsulot sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarga qo‘shimcha kapital xarajatlar, so‘m.

Bir birlik mahsulotni sotishdan olinadigan foyda quyidagicha aniqlanadi:


 (8)

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, hozirgi zamon texnika taraqqiyotiga mos holda ishlab chiqarishni yangi, takomillashgan mehnat vositalari (mashina, dastgoh va h.k.) bilan qurollantirish ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashning asosini tashkil qiladi. 



Yangi mehnat vositalarini uzoq muddat davomida ishlatishda olinadigan iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:

 (9)
bunda:

X1, X- mos ravishda amaldan va yangi birlik mehnat vositalarining keltirilgan xarajatlari, so‘m;

V1, V2 - mos ravishda amaldagi mehnat vositalarining yillik ishlab chiqarish hajmi, natural birliklarda.

R1+En/R2+En - yangi mehnat vositalarining amaldagiga nisbatan ishlash muddatining o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient
R1,R2 - amaldagi va yangi mehnat vositalarning balans qiymatidan to‘la tiklash uchun ajratma miqdori. Vositalarning ma’naviy eskirishini hisobga oluvchi, teskari ishlash muddatining kattaliklari singari aniqlanadi; samaradorlikning me’yoriy koeffitsienti-(0,15);

(I1-I2)-En(K2-K1- yangi mehnat qurollarining nisbatan ishlash iste’molining joriy ekspluatasiya soliqlar iqtisodi, so‘m;
K1 va K2 - yangi mehnat vositalari yordamida ishlab chiqariladigan mahsulot (ishning) hajmini hisoblashda amaldagi va yangi vositalardan foydalanishdagi iste’molchining harakatdagi kapital qo‘yilmalari, so‘m;
I1va I2 - yangi mehnat vositalari yordamida ishlab chiqariladigan, mahsulot (ishning) hajmini hisoblashda amaldagi va yangi mehnat vositalardan foydalanishdagi iste’molchining yillik ekspluatasiya soliqlari, (so‘m), bu soliqlar mehnat vositalarini kapital ta’mirlashga mo‘ljallangan, ya’ni vositalarni to‘la tiklashni hamda iste’molchining harakatdagi kapital qo‘yilmalari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarni hisobga olmagan holatda, amortizatsiyaning ma’lum qismi hisobga olinadi;

B2 - hisobiy yilda yangi mehnat vositalarining yillik ishlab chiqarish hajmi, natural birliklarda.

Yangi mehnat vositalaridan foydalanishdan va ishlab chiqarishda hamda ishlash muddati bir yildan kam bo‘lgan mehnat vositalarining yillik iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:



 (10)
bu yerda: X1 va X2 - mos ravishda amaldagi va yangi mehnat vositalarining keltirilgan xarajatlari, so‘m;

U2 va U1 - mos ravishda amaldagi va yangi mehnat vositalarining hamda iste’molchi ishlab chiqaradigan, birlik mahsulot (ishlar)ning hisobini solishtirma sarfi, natural birliklarda;

va - mos ravishda amaldagi va yangi mehnat vositalaridan ularning qiymatini hisobga olmagan holda iste’molchi ishlab chiqaradigan birlik mahsulot (ishning) xarajati, so‘m;

va 2 - yangi mehnat vositalaridan foydalanishda ishlab chiqariladigan birlik mahsulot (ishlar) hisobini amaldagi va yangi mehnat vositalarini qo‘llashda iste’molchilarning harakatdagi kapital qo‘yilmalari;

B- hisobiy yilda yangi mehnat vositalarining yillik ishlab chiqarish hajmi, natural birliklarda.

Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda yangi loyihalanayotgan dastgohga qilingan qo‘shimcha kapital xarajatlarni qoplash muddati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagi formula bilan aniqlanadi:


 (11)
bunda:
K1 va K2 - taqqoslanayotgan variantlarga o‘rtacha kapital xarajatlar, so‘m.
Kapital xarajatlarni qoplash muddati har bir tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan, mashinasozlik sanoatida kapital xarajatlarni qoplash muddati 5 yildan oshmasligi kerak.


Download 357,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 357,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi konstruksiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash

Download 357,09 Kb.