II. Iqtisodiy masalalar
O‘yin senariysi
1. Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini hisoblaydi. Hisobiy yilda yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlovchi iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblaydi, yangi texnikani kashf etish va qo‘llashning maqsadga muvofiqligini asoslaydi.
Yillik iqtisodiy samaradorlikni aniqlash asosida amaldagi va yangi texnika bo‘yicha qilinadigan xarajatlarni solishtirma asoslanadi. Keltirilgan xarajatlar tannarx va me’yoriy foyda yig‘indisidan iborat bo‘lib, quyidagi formula orqali aniqlanadi.
(11)
bu yerda:
X - birlik mahsulot (ish)ning keltirilgan xarajatlari, so‘m;
S - birlik mahsulot(ish)ning tannarxi, so‘m;
K - ishlab chiqarish fondlarida nisbiy kapital qo‘yilma, so‘m;
En - kapital qo‘yilma samaradorligining me’yoriy koeffitsienti 0,15 ga teng.
Yangi texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish resurslarining iqtisodini ta’minlovchi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish usullaridan foydalanuvchining yillik iqtisodiy samaradorligi (6) formula asosida aniqlanadi.
Yangi mehnat vositalarni uzoq muddat davomida ishlatishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik (9) formula asosida aniqlanadi.
Talaba olingan hisob natijalarini tahlil qiladi va xalq xo‘jaligining samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Hisoblash uchun namuna sifatida variantlar bo‘yicha berilmalar keltirilgan.
1. Muammo. Quyidagi berilmalar asosida, zavodning yangi konstruktorlik materialini tayyorlashdan keladigan yillik iqtisodiy samaradorlik aniqlansin.
1 – jadval
|