|
Portlandsement ishlab chiqarish usullari
|
bet | 4/5 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #114656 |
Bog'liq MavzuQuruq usul
Eng tejamkor usul xom – ashyoviy unni separatorlar bilan birgaliqda yopiq siklda
ishlab, bir vaqtda to‘yib xam qurituvchi tegirmonlarda tayerlashdir. Bunday
tegirmonlarda agar xom – ashyoning namligi 8-10% dan oshmasa foydalaniladi. Bu
usulda xom – ashyoviy moddalar (ohaktosh, gil va boshqalar) maydalashdan keyin
qurgitiladi va sharli tegirmonda №008 – elakda 6-10% qoldiq qolguncha birgalikda
tuyuladi. Xom-ashyoviy unni quyidagilarda kuydirishadi:
1. Oldindan xom-ashyoviy unga issiqlik ishlovi beriladi va kalta aylanma
pechlarda kuydiriladi.
107
a) Siklonli issiq almashtirgichlardan chiqqan gazlar bilan modda 800-850oC ga
cha issitiladi va qisman karbonsizlanadi (30-40%);
b) konveyerli kalsinatorlarda (SaO ga to‘yintiruvchi moslamalar) pechlardan
chiqadigan issiqlik hisobiga moddalar kuydiriladi.
2. Xom-asheviy un granula (dumaloq) shaklida avtomatik shaxta pechlarda
kuydirish mumkin. Quruq usulda ishlab chiqarishda sementni konveyerli kalsinatorlar
bilan birgalikda ishlovchi aylanuvchi (“lepol” pechlari), shuningdek shaxta
pechlarida kuydirish mumkin. Bu va boshqa xollarda uni kuydirishdan avval xomashyoviy un shakklanadi va o‘lchamlari 5—10 dan 20 — 30 mm gacha bo‘lgan
dumaloq zarrachalar granulalar olinadi. Buning uchun likobchasimon
granulyatorlardan foydalaniladi. Shaxta pechlarida xom —ashyoviy dumaloq
zarrachalar (granullalar) avval tarqayotgan tutun gazlar bilan quritiladi. So‘ngra ular
pastga, balandroq haroratli zonaga ko‘cha borib, 400 — 500oS gacha qizigach,
ulardagi mineralli gillar suvsizlanadi. Karbonsizlanish, ya’ni SO2 ning ajralishi va
uning uglerod bilan ta’sirlashib SO hosil qilishi bilan birgalikda keladi.
Bu esa G‘ye2O3 yoki G‘yeO tiklanuvchi reaksiya uchun qulay bo‘lgan muhitni
yaratadiki, u klinkerning sifatini yomonlashtiradi. Bugungi kunda qaynayotgan
qatlamda kuydirish texnologiyasi ishlab chiqarilmoqdaki, bu usulda shakllangan yoki
mayda shakldagi xom-ashyoviy aralashmani qatlami orasidan pastga va tepaga tezligi
1,5-3 m/s bo‘lgan issiq gazlar surib o‘tiladi. Bunda granulalar doimiy harakatda
bo‘ladigan va intensiv ravishda gaz (1350-1450oS haroratda) va moddalar orasida
issiqlik almashish ro‘y beradi, bu sharoitda o‘lchami 2-5 mm bo‘lgan granullarni
(shakllangan zarrachalar) kuydirish jarayoni 30-40 min tugatiladi, hamda baland
sifatli sementlar olinadi.
Hozirgi zavodlarda ohaktosh va gilni ham maydalash, ham quritishni
birlashtirib sharli tegirmonlarda o‘tkazilmoqa.
|
| |