• NAZARIY QISM
  • HISOBLASH QISMI
  • Mavzu: Konvektiv quritish apparatini hisoblash mundarija




    Download 400,08 Kb.
    bet1/5
    Sana20.02.2024
    Hajmi400,08 Kb.
    #159404
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mirolimov





    Mavzu: Konvektiv quritish apparatini hisoblash


    MUNDARIJA

    Topshiriq varaqasi


    Kirish……………………………………………………………………………4

    1. NAZARIY QISM

    1.1. Xom ashyo tavsifi………………………………………………………6.
    1.2. Jarayonning nazariy asoslari……………………………………………11
    1.3. Texnologik sxemani yozuvi …………………………………………… 16
    1.4. Asosiy uskunaning ishlash prinsipi va uning texnik tavsiflari………….17



    1. HISOBLASH QISMI

    2.1. Tayyor mahsulot va asosiy uskuna hisobi……………………………..18


    2.2. Texnokimyoviy nazorat…………………………………………………23
    2.3. Xulosa………………………………………………………………….24
    2.4. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………..25
    2.5. Ilova

    KIRISH
    Meva va sabzavotlarni quritishning ahamiyati juda ham yuqoridir. Birinchidan, meva va sabzavotlarni sifatli quritishni tashkil qilish bilan bog‘dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish rentabelligini oshirishga, ularning raqobatbardoshligini oshirishga va yanada iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishiga erishiladi. Chunki, meva va sabzavotlarni quritishni tashkil qilish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasining eng tannarhi arzon, sodda va hammabop yo‘nalishlaridan biridir. Ikkinchidan, quritilgan mevalar va sabzavotlar ularning yangi holidagiga nisbatan ichki bozorda ham, eksport qilishda ham ancha yuqori narxlarda realizatsiya qilinadi. Uchinchidan, meva-sabzavotlarni quritish bilan ularning saqlanuvchanligini oshirish va mavsumdan tashqari vaqtlarda aholini ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkoniyati yuzaga keladi. To‘rtinchidan, mamlakatimizda yozgi davrda ko‘pgina mevalar ko‘plab to‘kilib ketib, nes nobud bo‘ladi. Quritishni tashkil qilish esa ushbu mahsulotlarni tezkor quritish hisobiga to‘kilib nobud bo‘lib ketishini oldini olishga imkon beradi. Ko‘rinib turibdiki, meva va sabzavotlarni quritish fermer xo‘jaliklari uchun istiqbolli yo‘nalishdir.
    Bozor iqtisodiyoti davrida yangi korxonalarning barpo etilishi, assortimentning o‘zgarishi ehtiyojdan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi ―2017- 2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish va ularni saqlash bo‘yicha quvvatlarni barpo etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi PQ-2716 qarori, 2017 yil 6 noyabrdagi « Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-3377 qarori, 2017 yil 30 noyabrdagi ―2017-2018 yillar qish-bahor davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror ta‘minlash to‘g‘risida‖ gi PQ-3418
    qarorlarida qo‘yilgan vazifalar yorqin dalil bo‘ladi [1-6 ].
    Olma uglevodlarga (8% gacha) va karotinga boy bo‘lib, uning miqdori 20 mg
    % gacha boradi. Shuning uchun A vitamin olish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Mineral moddalarga boy. Olma qadimda jigar, buyrak oshqozon-ichaq kamqonlik kasalliklarini davolashda foydalanib kelingan. Olma urug‘idan daukarin prebug‘ati olinadi, u yurak xastaligini davolashda qo‘llaniladi [1-6].
    Mavzu dolzarbligi. Meva va sabzovotlarda inson organizmi uchun yengil xazm bo‘ladigan qand moddalari, organik kislotalar, vitaminlar va moddalarning ko‘pligi bilan ularni inson organizmi uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini ma‘lumdir. Xo‘l meva va sabzavotlarni uzoq vaqt saqlashga yoki boshqa joylarga jo‘natishga ham vaqt va imkoniyat doimo bo‘lavermaydi. Imkoniyat bo‘lgan taqdirda ham mahsus omborlarda meva sabzavotlarni ko‘p deganda 5-6 oy saqlash mumkin. Bunday saqlangan meva-sabzavotlarni sifati pasayadi, fizik og‘irligi kamayadi. SHuning uchun ham meva va sabzovotlarni quritish muhim ahamiyatga ega. Quritilgan mahsulotni yuklash, tushirish, saqlash juda qulay shu bilan birga bu mahsulotlar har xil ekspeditsiyalar va yo‘lovchilar uchun ham bebaho sifatli mahsulotdir.
    Quritish korxonalarida mevalarni sun‘iy quritish texnologiyasida xom ashyolarni xususiyatlaridan kelib chiqib, qurishi bir tekisda emas va natijada qayta quritish jarayonini o‘tkazish muammosi mavjud bo‘lmoqda, bu esa mahsulot tannarhini oshib ketishiga olib kelmoqda. Buning sababi, hozirgacha Namangan viloyati uchun olmani quritishga tayyorlash va konvektiv quritgichda quritish tu‘liq o‘rganilmagan, texnologik sxema va jihozlar ish rejimlari nazariy va amaliy asoslanmagan.
    ―AFRUZ KAMOL NABI‖ MCHJ korxonasi buyurtmasiga ko‘ra, energiyatejamkor texnologiyadan foydalanib mevalarni sifatli quritish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Buning sababi olmani quritishga tayyorlash va konvektiv quritgichda quritish tu‘liq o‘rganilmagan, texnologik sxema va jihozlar ish rejimlari nazariy va amaliy asoslanmagan.
    Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: ―AFRUZ KAMOL NABI‖ MCHJ korxonasi buyurtmasiga ko‘ra, aholini quritilgan meva mahsulotlariga bo‘lgan
    ehtiyojini qondirish va eksport qilish maqsadida: olma va bexini sun‘iy quritish texnologiyasini tadqiq qilish va texnologik jarayonlar rejimlarini takomillashtirish maqsad qilib olindi.
    Tadqiqot davomida quyidagi vazifalar bajarildi:
    -Olma va bexini quritishga tayyorlash va quritish liniyasini o‘rganish;
    -Olma va bexining kesish shakli va qalinligi o‘lchamlarini qurish tezligiga bog‘liqligini o‘rganish;
    -Olma va bexining kesish enini o‘zgarishini qurish tezligiga ta‘sirini o‘rganish;
    -Taklif etilayotgan texnologik liniya rejimlarini ishlashini tekshirish va mahsulot sifatini baholash;
    -Iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash.
    Tadqiqot ob‟ekti va predmeti. Tadqiqot ob‘ekti - ―AFRUZ KAMOL NABI‖ MCHJ korxonasining quritish liniyasi. Tadqiqot predmeti olma va bexi xom ashyosini quritishga tayyorlash va horijiy konvektiv quritish qurilmasida sifatli quritishni asoslash.
    Ilmiy yangiligi: Qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida birinchi marta ―AFRUZ KAMOL NABI‖ MCHJ korxonasining quritish liniyasi va jihozlarini asoslashda olma va bexini biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni maqbul kesish shakllari va o‘lchamlari, konvektiv quritish jarayonida optimal haroratlari hamda transportyordagi xom ashyoni maqbul qalinligi ilmiy asoslandi. Natijada mevalarni bir tekisda qurishi ta‘minlandi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: Magistrlik dissertatsiya ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, olma va bexini konvektiv quritish jarayoni uchun mahsulotni qirqish shakli kubiksimon va o‘lchamlari 4x4x4 mm va 5x5x5 mm, transportyordagi qalinligi 4-5 sm va quritish kamerasidagi boshlang‘ich harorat 120-125oС, ohirgi harorat 34-36 oС, qurish davomiligi 45-50 minut bo‘lishi asoslandi hamda mahsulot sifati talabga javob berishi o‘rganildi.―AFRUZ KAMOL NABI‖ MCHJ korxonasida kelgusida joriy etishga tavsiya qilindi va iqtisodiy samaradorligi aniqlandi.
    Mavzu bo‟yicha adabiyotlar sharhi bobida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish usullari, meva-sabzavotlarni quritish jarayonining mavjud usullari, quritish qurilmalari sharhi, «AFRUZ KAMOL NABI» MCHJ korxonasi haqida ma‘lumot, olmani quritishbop navlari va biologik xususiyatlari, xom ashyo sifatiga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Hozirgacha Namangan viloyati uchun olmani quritishga tayyorlash va konvektiv quritgichda quritish tu‘liq o‘rganilmagan, texnologik sxema va jihozlar ish rejimlari nazariy va amaliy asoslanmagan va xulosalar qilingan.
    Ikkinchi bobda mahsulot namligini aniqlash uslubi, olma va bexini kesish o‘lchamlarini aniqlash, quritish jarayonida olma va bexini bo‘lakchalari namunasini olish, shakar miqdorini aniqlash, quruq moddalar miqdorini aniqlash, usullari va xom ashyoni qabul qilish sifatini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan va xulosalar qilingan.
    Uchinchi bobda tajriba natijalari, ya‘ni olma va bexini kesish qalinligi o‘lchamlarini qurish tezligiga ta‘siri, quritish havosining harorati, transportyordagi xom ashyo qalinligi va olma, bexini kesish o‘lchamlarini qurish tezligiga ta‘siri, olma va bexini quritishga tayyorlash va quritishni texnologik sxemasi, quritilgan olma va bexi mahsulotlarini qadoqlash va quritishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash ko‘rsatkichlari keltirilgan va xulosalar qilingan.
    Ekologiya va atrof-muhit havfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi 103 betdan iborat bo‘lib, unda kirish, mavzuning o‘rganilganlik darajasi, olmaning biologik xususiyatlari va quritishbop navlari tavsifi, eksperimental tadqiqot qismi, iqtisodiy samaradorlikni hisoblash, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovalar berilgan


    Download 400,08 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 400,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Konvektiv quritish apparatini hisoblash mundarija

    Download 400,08 Kb.