• Konduktiv quritish
  • Nurlar yordamida quritish
  • Erkin namlik
  • Mavzu: Konvektiv quritish apparatini hisoblash mundarija




    Download 400,08 Kb.
    bet2/5
    Sana20.02.2024
    Hajmi400,08 Kb.
    #159404
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mirolimov

    I. NAZARIY QISM
    Inson qadim zamondan boshlab mahsulotlarni quritib saqlashni kashf etgan. Bugungi kunga kelib, inson o‘z aql tafakkuri bilan bu texnologiyalarni takomillashtirdi. Hozirgi vaqtda oziq-ovqat mahsulotlarini quritishning ikki turi mavjud: issiqlik yordamida va past haroratlarda quritish bo‘lib, bu sublimatsion yoki molekulyar quritish deb ham aytiladi.
    Sanoatda turli xildagi issiqlik yordamida quritish usullari mavjud bo‘lib, bu
    konvektiv, radiatsion, konduktiv usullarga bo’linadi.
    Konvektiv quritishning asosiy mohiyati quritilayotgan mahsulotga issiqlikni gaz yordamida yetkazish va issiqlik uzatuvchi yordamida mahsulotlardan namlikni chiqarishdir. Issiqlik uzatuvchi sifatida qizdirilgan havodan foydalaniladi.
    Konduktiv quritish usuli mahsulot qatlamini issiq sathga joylash, masalan quritish qurilmasini valtslariga qo‘yishdan iborat. Bunda quritilayotgan mahsulot qizdirilgan metall valetslariga tegib, qiziydi. Materialdan chiqqan namlik quritish qurilmasidan ventilyatsiya yordamida chiqarib yuboriladi.
    Nurlar yordamida quritish uslubi mahsulotga issiqlikni nurlanish manbalari orqali uzatishga asoslangan. Issiqlikni uzatuvchi sifatida qizdirilgan metall sathi yoki boshqa bir material (qora nur tarqatuvchi) yoki infraqizil nurlanish lampalari (yorug‘ nur tarqatuvchi) qo‘llaniladi.
    Quritish jarayoni statikasi quritilayotgan mahsulotdagi quruq moddalar bilan namlik o‘rtasidagi bog‘lanish shakllari, havoni quritish eltkichi sifatida, quritish vaqti va mahsulotning o‘zaro ta‘sirini o‘rganadi.
    Quritish jarayonining kinetika va dinamikasi ichki va tashqi issiqlik o‘tkazishi va og‘irlikning o‘zgarishi, hamda kechayotgan jarayonlarda normal bo‘lmagan sharoitda issiqlik almashinuvi, ya‘ni quritish eltkichi va mahsulotning uzluksiz xarakatlarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Quritilayotgan mahsulotlarda quruq va namlik orasidagi bog‘liqlik jismni energiya kattaligiga qarab to‘rt xil shakli mavjud [8].
    Quritilayotgan mahsulotlar kimyoviy bog‘langan bo‘lsa, mahsulot
    molekulasidagi bog‘liqliq energiyasi juda yuqori bo‘lib, uni parchalamay chiqarib bo‘lmaydi.
    Kolloid bog‘langanda, mahsulot ichki va tashqi sathida sirt tortishuv kuchi bilan nafis plyonka shaklida ushlab turiladigan adsorbtsion namlik bo‘ladi. Adsorbtsion bog‘langan namlikni chiqarish uchun uzoq quritish talib qilinadi.
    Osmotik bog‘lanishda, namlik mahsulot bilan fizik-kimyoviy bog‘ orqali oson yoki bo‘sh bog‘langan bo‘lib, tarkibidagi namlikni chiqarib yuborish oson bo‘ladi.
    Kapillyar bog‘lanishda, mahsulot namligi quruq modda bilan mexanik bog‘langan bo‘ladi. Quritishda mahsulotdagi namlikni atrof muhit bilan o‘zaro ta‘siri xarakterlanadi. Buda esa erkin, gigroskopik va muvozanat namlik kabilarga bo‘linadi.
    Erkin namlik - bu mahsulot sathidan bug‘lanayotgan namlikni jadalligi hisoblanadi. Ma‘lumki, erkin sathdan bug‘lanayotgan namlik miqdori davomiyligi, bug‘lanayotgan suyuqlik sathi va bug‘lanish koeffitsientiga to‘g‘ri proportsional bo‘lib, havo harakati tezligiga bog‘liq. Agar, havo harakati tezligi 0 bo‘lsa, bug‘lanish yuz bermaydi. Havo harakatining tezligi ortishi bilan bug‘lanish koeffitsienti oshib boradi. Ammo havo harakatining tezligi o‘ta yuqori bo‘lsa, uni bug‘lanishga ta‘siri kam seziladi. SHuni ham nazarda tutish kerakki, namlikdan chiqayotgan bug‘ havodan yengil va erkin sathdan bug‘lansa konvektiv oqim hosil bo‘lib, bug‘ molekulasini olib chiqib, bug‘lanish jadallashadi. Erkin namlik miqdori mahsulotning dastlabki namligi bilan gigroskopik namlik orasidagi farq asosida topiladi.

    Download 400,08 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 400,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Konvektiv quritish apparatini hisoblash mundarija

    Download 400,08 Kb.