• Muvozanatli namlik
  • Namlik o’tkazuvchanlik
  • Nisbiy namlik
  • Mavzu: Konvektiv quritish apparatini hisoblash mundarija




    Download 400,08 Kb.
    bet3/5
    Sana20.02.2024
    Hajmi400,08 Kb.
    #159404
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mirolimov

    Gigroskopik namlik - bu mahsulotning namligi, uning sathidagi namlikdan chiqayotgan bug‘lar elastikligi erkin bug‘lanuvchi namlik sathidan past bo‘lishidir. Bunda mahsulotdan namlikni chiqarish sekinroq kechib, erkin sathdagi bug‘lanish jadallashadi. Erkin va gigroskopik namlikning o‘zaro nisbati mahsulotning kolloid xossalariga bog‘liqdir. Mahsulotda qanchalik erkin namlik yuqori bo‘lsa, u shunchalik tez quriydi.
    Muvozanatli namlik - bu mahsulotda yuzaga keladigan namlik bo‘lib, bunda mahsulot va quritish eltkichi orasida tenglik yuzaga keladi. Bunday muvozanatli namlik haroratda, havo nisbiy namligiga bog‘liq va ularning o‘zgarishi bilan boradi [7, 8, 9].
    Quritish jarayoni mahsulotdan namlikni muvozanatli namlikkacha chiqarishni nazarda tutadi. Quritish amaliyotida muvozanatli namlikning ahamiyati katta bo‘lib, uning qiymatiga qarab havoni quritish eltkichi sifatidagi potentsial imkoniyati, namlikni mahsulot bilan bog‘langanligi, quritilgan mahsulotning sathi shart-sharoitlari, uni qadoqlash uchun idishlar turini aniqlaydi. Quritish jarayonining borishiga materialni namlik o‘tkazuvchanlik, namlik berish xususiyatlarining ahamiyati kattadir.
    Namlik o’tkazuvchanlik - bu mahsulotdagi namlikni chegaraviy sathiga suyuqlik yoki bug‘ holatida harakat qilish xususiyatiga aytiladi. Ko‘chib yurish jadalligi mahsulotni fizik-kimyoviy xossasi, haroratga bog‘liq bo‘lib, quritish jarayonida bu jadallik kamayadi.
    Namlikni berish - bu namlikni bug‘lanish maydoniga ko‘chishidir. Bu ko‘rsatkich ham quritish jarayonida o‘zgaradi va mahsulotning tashqi xolatiga bog‘liq bo‘ladi.
    Manbalardan ma‘lumki, oziq-ovqat sanoatida quritish eltkichi sifatida issiq havodan foydalanib, uning xossalari fizik holati bo‘yicha aniqlanadi. Havo gaz aralashmalaridan tashqari ma‘lum miqdorda havo bug‘lariga ham ega 1m3 havodagi suv bug‘ining og‘irligi havoning absolyut namligini ko‘rsatadi. Havoda suv bug‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning nisbiy namligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Nisbiy namlik - bu absolyut namlikni 1m3 namlikda maksimal bo‘lishi miqdoriga nisbatidir. Nisbiy namlik havodagi namlikni yutish imkoniyatini belgilaydi. Havo nisbiy namligi qanchalik past bo‘lsa, uni namlik yutish hususiyati
    shunchalik yuqori bo‘ladi [9].
    Quritishda yana bir ko‘rsatkich - quritish potentsiali mavjud bo‘lib, u quruq va ho‘l termometr ko‘rsatkichlari orasidagi farq orqali topiladi. Quritish potentsiali havoni namlik yutish xususiyatini xarakterlaydi. Agar, havo to‘la to‘yingan bo‘lsa, quruq va xo‘l termometr ko‘rsatkichi, quritish potentsiali 0 ga teng bo‘ladi. Bunda havo namlik bilan to‘yina olmaydi va quritish eltkichi sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Demak, quruq va ho‘l termometr ko‘rsatkichi orasidagi farq qanchalik katta bo‘lsa havo shunchalik yaxshi quritish eltkichi sifatida xizmat qiladi. Quritish amaliyotida ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan bittasi havoning namlik miqdori bo‘lib, bu namlik bug‘i og‘irligini quruq havoning 1 kg og‘irligiga nisbati orqali aniqlanadi [7, 9].
    Ma‘lum bir haroratgacha qizdirilgan havo, quritilayotgan mahsulotga tegib, o‘zidagi bir qism issiqlikni beradi va buning hisobiga mahsulotdagi namlik bug‘lanadi. Nam havoning issiqlik miqdorini 2 ta tarkibiy qismga bo‘lish mumkin.
    Birinchi qism - nam havoni 0oC dan 75oC gacha qizdirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiya bo‘lib, issiq havoni quritiladigan mahsulotga beradi va natijada havo harorati pasayadi. Miqdoran issiqlikning bu qismi nam havo issiqlik sig‘imini uning haroratiga ko‘paytirilganiga teng. Quritilayotgan mahsulotga qanchalik ko‘p issiqlik berilsa shunchalik samaradorlik yuqori bo‘ladi [9].
    Quritish jarayoni nazariyasi bo‘yicha issiqlik atrof-muhitga yo‘qolmaydi deb hisob qilib, u faqat namlikni bug‘latishga ishlatiladi va havo aralashmasi, hamda suv bug‘ida qolib nam havoning issiqlik miqdorini o‘zgartirmaydi deb hisoblanadi. Amaliy tomondan quritish jarayoni bilan to‘qnash kelganda, issiqlik nurlanishi, qizdirish uchun sarflangan energiyalarga ishlatilb havoni issiqlik miqdori quritish uchun yuborilayotgan havonikidan past bo‘lishi kuzatiladi.
    Ikkinchi qism – 0oS da nam havoni issiqlik miqdori entalpiya. Issiqlikni bu qismi quritish jarayonida foydalanilmaydi va nam havo bilan chiqib ketadi. Issiqlik bu namlik miqdoriga to‘g‘ri proportsional bo‘lib, u ko‘rsatkichni yuqori bo‘lishi bilan havoni quritish eltkichi sifatida qo‘llash samarasizdir.
    Quritish jarayonida havoga nafaqat issiqlik tashuvchi va namlik yutuvchi, balki namlikni chiqaruvchi hamdir. Havo bilan namlikni chiqarish faqat havo harakatlanishi orqali amalga oshadi. Konvektiv quritishni havo harakatisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Quritish jarayoni quritilayotgan mahsulot va eltkich o‘rtasida o‘zaro bog‘langan issiqlik almashinuv jarayonlarini tashkil etadi. Bu jarayon mahsulot ichki bo‘laklari va sathida yuz beradi. Bunda asosiy maqsad sifatli va
    organoleptik ko‘rsatkichlari yuqori, standart talablariga javob beradigan mahsulotlar olishdir.
    Bu ko‘rilayotgan texnologik tizimlar o‘zining aniq xossasiga ega bo‘lib, quritilayotgan mahsulotlarning asosiysi ishlab chiqarishdagi talab qilingan sharoitlarni saqlagan holda sifat ko‘rsatkichi va yo‘nalishi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishdir.
    Mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi xossalarining miqdoriy xarakteristikasi mahsulot ko‘rsatkichi deyiladi.
    Sifat ko‘rsatkichlari birlikdagi, kompleks va integral ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Birlikdagi ko‘rsatkich faqat xossalaridan biriga tegishli bo‘ladi, kompleks esa bir nechtasiga, ya‘ni kompleks ko‘rsatkichki, mahsulot hosil bo‘layotganda ishlatilgan barcha xarajatlarning yig‘indisini yoritadi.
    Oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy qiymatini tarkibidagi miqdoriy nisbati hamda qo‘shimcha omillar, vitaminlar, aralashmalarni qay tarzda xazm bo‘lishiga qarab belgilanadi. SHu bilan bir qatorda mahsulotning ko‘rinishi, hidi, rangi, ta‘mi asosiy o‘rinni egallaydi. Ko‘p hollarda esa mahsulotning oziqaviy qiymatini organoleptik ko‘rsatkichlari aniqlaydi. Organoleptik tahlil haqiqiy fiziologik jarayon hisoblanib, bunda o‘lchash asboblari o‘rniga sezgi organlari xizmat qiladi ya‘ni, ko‘rish, eshitish va ta‘m bilish kabilardir. Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini belgilashda qurilmalardan foydalanish ko‘p hollarda qo‘shimcha ahamiyatga ega bo‘lib, organoleptik ko‘rsatkichlar asosiy va hal qiluvchi o‘rinda turadi [11, 18].

    1.1. Mevalarni quritish jarayonining mavjud usullari.


    O‘rta Osiyo respublikalarida tabiiy sharoitning qulayligi mevalarni shamollatib va oftobda quritish imkonini beradi. Mevalarni quritishdan maqsad ularning namini qochirib, mikroorganizmlar rivojlana olmaydigan hamda har xil biologik jarayonlar ro‘y bermaydigan holga keltirishdir. Quritishning shunday bir me‘yori borki, namlik miqdori o‘sha darajadan pasaysa, mikrooganizmlar rivojlana olmaydi. Bu minimal darajada bakteriyalar uchun 30% ni, achitqi bakteriyalar uchun 15 - 20% ni tashkil qiladi. SHu sababli quritishdan keyin sabzavotlarning
    namligi 15 - 25% bo‘lsa, ularni chiritmay sifatli saqlash mumkin [7-9].
    Sifatli meva-sabzavot mahsulotlari olish uchun ularni tez va yaxshi quritishni ta‘min etadigan sharoit yaratish lozim. O‘rta Osiyoda mevalar asosan quyoshga yoyib quritiladi. Bu sharoitda arzon va sifatli mahsulot olish uchun qurtish punktlarini to‘g‘ri tanlash va tashkil etish, belgilangan texnologiyaga amal qilish, xom ashyoni tayyorlashda ilg‘or usullarni qo‘llash lozim.
    Mevalar quyoshda quritilishidan tashqari, sun‘iy issiqlikdan foydalanib ham quritiladi. Bunday quritish shkaflaridan, tunnel, uzluksiz ishlaydigan tarmoqlardan fodalaniladi.
    Mevalarni quritish ikki - quritishga tayyorlash va quritish bosqichlaridan iborat. Birinchi bosqich-quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘lchamiga qarab saralash, yuvish, sifatiga qarab tanlash, tozalash, maydalash, blanshirlash yoki qaynatishdan iborat.
    Ikkinchi bosqich-esa mevalarni quritishdan iborat.
    Hozirgi vaqtda Respublikamiz quritish korxonalariga Uskunalar uz. firmasi tomonidan xorijiy texnologik jihozlar etkazib berilmoqda (1.2.1-rasm).
    Mevalarni quritish faqat undan namlikni qochirish emas, balki murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Quritish jarayonining davomiyligi ko‘pgina omillarga, ya‘ni quritish ob‘ektining tabiatiga, xomashyoni maydalash shakli va darajasiga, uning quritish maydonchasidagi qalinligiga, quritishga tayyorlash usuliga, quritish temperaturasiga, havoning almashish tezligiga, namligiga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq [8-10].



    Download 400,08 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 400,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Konvektiv quritish apparatini hisoblash mundarija

    Download 400,08 Kb.