|
-rasm. Uskunalar uz. firmasi tomonidan quritish korxonalariga etkazib berilayotgan xorijiy texnologik jihozlar
|
bet | 4/5 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 400,08 Kb. | | #159404 |
Bog'liq Mirolimov1.2.1-rasm. Uskunalar uz. firmasi tomonidan quritish korxonalariga etkazib berilayotgan xorijiy texnologik jihozlar.
Quritilgan meva-sabzavotlar mahsus idishlarda (zich berkitiladigan idishlar juda qulay), past temperaturada (0–10oC da) va havoning namligi 60 - 65% bo‘lganda uzoq vaqt yaxshi saqlanadi. 1.2.1-jadvalda quritilgan sabzavotlarning kimyoviy tarkibi berilgan.
Tunnelli quritgichlar. Jarayonni tashkil etish bo‘yicha bu qurilmalar uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi. Bu quritgichlar to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘ndalang kesimli uzun kameradan iboratdir. Nam material yuklangan - aravachalar temir relslar ustida harakatlanadi. Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich yopiladi. Aravachalarning quritish kamerasida bo‘lish vaqti quritish jarayoni davomiyligiga teng. Material yuklangan aravachalarning kameradan bir marta o‘tishida nam material quritiladi. Issiqlik eltkich kaloriferda qizdirilib, ventilyator yordamida qurilmaga uzatiladi.
Bu turdagi quritgichlarda issiqlik eltkich qisman retsirkulyatsiya qilinadi. Nam material va issiqlik eltkich Bug‘allel yoki qarama-qarshi yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha kalorifer va ventilyator quritgichning yoniga yoki tomiga o‘rnatiladi. Ishlatib bo‘lingan havo quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu turdagi qurilmalarda, materialni aralashtirib bo‘lmaydi va qurish bir tekisda
emas; tunnelli quritgichlar o‘lchami katta, donasimon materiallarni, sabzavot,
meva, makaron va boshqa mahsulotlarni quritish uchun mo‘ljallangan. Quritgich kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzoq muddatda davom etadi va bir tekisda emas.
Lentali quritgichlar uzluksiz ishlaydigan quritgichlar qatoriga kiradi.
Nam material qurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va konveyrning yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta teshikli bo‘ladi va nam material uning ustida harakatlanadi. Lentaning ikkinchi uchiga etganda, material pastki konveyrga to‘kiladi. Eng pastki konveyrdan, quritilgan material chiqarish bunkeriga to‘kiladi.
Quritilayotgan materialning bir lentadan ikkinchisi to‘kilib o‘tishi uning aralashishiga sababchi bo‘ladi. Natijada, quritish tezligi ortadi. Ko‘pincha bunday quritgichlar ko‘p lentali qilib yasaladi.
Material va issiqlik eltkich o‘zaro kesishgan yo‘nalishda harakatlanadi.
SHu bilan birga, porallel va qarama - qarshi yo‘nalishli quritgichlar ham ishlab chiqariladi. Bunday quritgichlarda issiqlik eltkich qisman retsirkulyatsiya qilinishi mumkin.
Havoni retsirkulyatsiya va oraliq qizdirilishi tufayli lentali quritgichlarda mayin quritish rejimlariga erishish mumkin [17,18].
1.3.1-rasm. Lentali quritgich.
1 - qobiq; 2 - lentali konveyr; 3 - etaklovchi barabanlar; 4 - yetaklanuvchi barabanlar; 5 - kalorifer; 6 - yuklovchi moslamali bunker.
Lentali quritgichlarning ayrim konstruktsiyalarida, bir tekisda quritishga erishish uchun, material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta ustiga mahsus ag‘daruvchi moslama o‘rnatiladi, quritgichning asosiy kamchiliklari: qo‘pol, ko‘p joy egallaydi, ta‘mirlash va ekspluatatsiya qilish murakkab, ish unumdorligi kichik va issiqlik sarfi katta.
Shaxtali quritgichlar donador, sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Issiqlik eltkichni uzatish uchun quritgichning o‘qi bo‘ylab trubalar o‘rnatilgan.
Trubalarning ikkinchi uchida issiqdik eltkichni bir xilda taqsimlash uchun jalyuzlar o‘rnatilgan. Issiqlik eltkichni uzatish va sirkulyasiya qilish sistemasi quritish hajmini ikkita zonaga bo‘ladi. Birinchi zonada ikkinchi-sidan chiqayotgan issiqlikdan foydalaniladi. Birinchi zonada asosan sirtiy namlik, ikkinchisida esa - ichki namlik yo‘qotiladi.
Ikkinchi zonaga yuborilayotgan issiqlik eltkich dastavval shu zonadagi kondensatorda qisman quritiladi. Quritgichning tepa qismida ikkila oqim bir-biriga aralashib ketadi va kaloriferda qizdirilgandan so‘ng, gazoduvka yordamida quritgichning birinchi zonasiga uzatiladi. Kuritilgan materialni to‘kish uzluksiz ishlaydigan tokchali qadoqiagich yordamida amalga oshiriladi [17,18].
Sirtmoqli quritgichlar pastasimon materiallarni uzluksiz quritishga mo‘ljallangan.
Sirtmoqli quritgichlarda material 5….20 mm li qatlamda, ikki tomonidan issiq havo bilan isitiladigan juvalar qizdirilishi natijasida (masalan, qog‘oz) quritiladi. Bu qurilmada kamerali quritgichga qaraganda jarayon tezligi yuqori. Quritgich kamchiliklari: konstruktsiyasi murakkab va ekspluatatsion sarflar katta.
Tebranma quritgichlar mayin dispers, polidispers, qumoq-qumoq va shular kabi boshqa, ya‘ni mavhum qaynashga moyil bo‘lmagan, materiallarni quritish uchun mo‘ljallangan. Dispers material qatlamiga past chastotali tebranishlar ta‘siri qatlamdagi issiqlik va massa almashinish jarayonlarni intensivlaydi. Undan tashqari, tebranishlar o‘zaro kesishgan yo‘nalishli, yuqori samarador va ideal siqib
chiqaruvchi quritgichlar yaratish imkonini ochib beradi. Bu turdagi quritgichlarda
temperatura va kontsentratsiya maydonlari bir tekisda bo‘ladi.
Tebranma mavhum qaynash qatlamini vertikal, gorizontal va novli qurilmalarda tashkil etish mumkin.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida novli quritgichlar eng keng tarqalgan. Lekin, shuni alohida qayd etish kerakki, bu qurilmalar kichik qiyalik burchak ostida o‘rnatilgan bo‘ladi.
Quritgich uzatmasi mayatnikli yuritkich - tebratgichdan iborat. Qatlam orqali o‘tayotgan gaz oqimi va past chastotali tebranmalarning bir vaqtda ta‘siri natijasida tebranma mavhum qaynash qatlami hosil bo‘ladi. Bunday qatlamda massa va issiqlik almashinish juda yuqori bo‘ladi [17-21].
Barabanli quritgichlar uzluksiz ishlaydigan qurilmalar qatoriga kiradi va atmosfera bosimida donador, sochiluvchan materiallarni (mineral tuz, fosforit, qand lavlagi turpi, bug‘doy, shakar va h.) quritish uchun qo‘llaniladi. Issiqlik eltkich sifatida havo yoki tugun gazlari xizmat qiladi.
Barabanli quritgichlar ichi bo‘sh silindrdan iborat bo‘lib, ufqda nisbatan kichik qiyalik burchagida o‘rnatilgan bo‘ladi.
Baraban bandaj va roliklarga tayanib turadi. Uning aylanishi elektr yuritkich va reduktor, hamda tishli giddirak yordamida amalga oshiriladi. Barabaniing aylanish chastotasi 5...8 min1 dan oshmaydi. Quritgichga nam material ta‘minlagich yordamida uzatiladi. Baraban aylanishi davrida material tepaga ko‘tarilib pastga to‘kiladi va bu jarayon uzluksiz davom etadi. SHu bilan birga, qurilma o‘rnatilgani va ichiga mahsus nasadkalar joylanganligi sababli, quritilayotgan material to‘kish bunkeri tomoniga qarab harakatlanadi. Odatda nasadkalar silindrik barabanning butun uzunligi bo‘ylab joylashtiriladi. Baraban ichida. material issiqlik eltkich bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lib quritiladi [19,24].
Vertikal quritgich.Vertikal quritgichni tashqi tomoniga spiralsimon to‘zitgich va yorug‘lik o‘tkazuvchi plyonka maxkamlangan va bularning barchasi quritish agentining regeneratsiyalash konturini hosil qilib beradi. Kamera ichida tross blok tizimida quritish kassetalari joylashtirilgan. Quritgichga mahsulotni
yuklash darchasi, kalorifer va ventilyator o‘rnatilgan. Kamera quyosh
nurlanishiga nisbatan yutish qobiliyati 0,89.....0,94 bo‘lgan ―qora nikel‖ turidagi ruhlangan temirdan ishlangan. Quritgich tayanch nuqtalari orqali tross blok tizimi o‘tkazilgan Kameraning yuqori qismida spiral to‘zitkichlar chulg‘amidan iborat yuqori retsirkulyatsiya konturi bilan ulanuvchi tashqi tangensial bortli tuynuklar joylashtirilgan [20,25].
Adabiyotlar sharhi natijasiga ko‘ra, konvektiv quritish qurilmalarida mahsulotlar sifatli tayyorlanadi va tannarhi nisbatan arzon hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining ishlab chiqarish korxonalarida turli xil konvektiv quritish qurilmalari keng tarqalgan bo‘lib, turli meva-sabzavotlarni quritish uchun ishlatilmoqda.
1.4. "AFRUZ KAMOL NABI" MCHJ korxonasi to‟g‟risida ma‟lumot.
"AFRUZ KAMOL NABI" ma‘suliyati cheklangan jamiyat 2008 yilda Namangan shahrida tashkil topgan bo‘lib, meva -sabzavotlarni dastlabki ishlash va quritishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish korxonasidir.
Korxonada meva va sabzavotlardan: sabzi, bexi, ko‘knohat, baqlajon, olma, qizil lavlagi, ukrop, petrushka, kartoshka, bulg‘or qalampiri, (qizil, yashil); quritiladgan mevalardan o‘rik, olma, nok, olxo‘ri, mayizbop uzum navlari, o‘riklar, mevalar aralashmasi, kishmish; yunon yong‘oq shuningdek boshqa turdagi mahsulotlar quritiladi. O‘zbekiston ekologik sharoitida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari quritilgan mahsulotlarning yuqori raqobatbardoshligi va sifatli xususiyatlari -GMO qo‘shimchalarsiz ekologik toza mahsulot talablariga javob beradi.
2011 yildan beri meva va sabzavot mahsulotlarini quritishga tayyorlash va quritish jarayonlari yangi uskunalarda amalga oshirilmoqda, butun ishlab chiqarish jarayoni horijiy jihozlar bilan mexanizatsiyalashtirilgan.
2015 yil ohirida yangi zamonaviy quritish qurilmasini sotib olish va o‘rnatish bilan yiliga 25 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanmoqda-quritilmoqda.
Bu eksport bozorining eng yuqori talablari va salohiyatiga javob beradigan mahsulotlar sifati va turlarini sezilarli darajada oshiradi.
Quritilgan meva va sabzavotlarning afzalliklari:
1. Quritishni qulayligi;
2. Saqlash qulayligi;
3. Foydalanish qulayligi
4. Qurtilgan mahsulotlarni saqlashda kamroq joy talab qilinadi.
5. Iqtisodiy samaradorligi.
Quritilgan mahsulotlar tarkibida shakar, azotli moddalar, organik kislotalar, mineral moddalar va pektin katta miqdorda, shuningdek, yuqori sifatga ega bo‘lgan quritilgan meva va sabzavotlar yuqori kaloriyali qiymatga egadir.
Ular kamroq saqlash joylarini talab qiladi, shimoliy hududlarni ta‘minlash uchun ishlatilishi mumkin, shuningdek oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlarida oziq- ovqat kontsentratlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi.
Quritilgan mevalar va sabzavotlar barcha ta‘m sifatlarini va deyarli barcha vitaminlarini saqlab qoladi. Bundan tashqari, namlikni bug‘lanishi sababli shakar konsentratsiyasi oshib, shakarni o‘z ichiga olgan meva va sabzavotlar tabiiy shirin bo‘ladi.
Korxonada quritish liniyasining tarkibi:
1. Qabul qilish va uzatish konveyrlari;
2. Xom ashyolarni yuvish mashinasi;
3. Inspektsiyalash jihozlari;
4. Mahsulotlar po‘stini archish mashinasi;
4. Kesish mashinasi;
5. Konvektiv quritish qurilmasi.
6. Quritilgan mahsulotlarni sovitish bunkeri
7. Saqlash ombori
Tozalashdan oldin meva va sabzavotlar xom-ashyosi (kartoshka, sabzi, ko‘k, va boshqalar) yuviladi, buning uchun yuvish va bir vaqtning o‘zida yuvish imkonini beruvchi universal toza yuvish mashinasi ishlatiladi.
Mahsulotlarni tashish konveyri mahsulotni toza yuvish mashinasidan tozalovchi mashinaga, inspektsion konveyrdan sulfatlash mashinasiga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Inspektsiyalash jihozi tozalashdan oldin mahsulotlarni vizual tekshirish, saralash va shamollatish uchun mo‘ljallangan. Yuvish xonasida inspektsion jihozlardagi mahsulotlar sulfitlash uchun mo‘ljallangan.
Meva va sabzavotlarni bo‘laklarga kesish uchun FAMILC- 2 (Belgiya) kesish mashinasidan foydalaniladi.
FAMILC- 2 (Belgiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sabzavot va mevalarni kesish mashinasi, zamonaviy yuvish mashinalari kompaniyasi
«SHangun Guang Fengovqat MachinerycoLTD» (CHina), «KRONENeGMBH» (Germaniya) quritish qurilmasi va yuvish-tozalash asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish liniyasi meva- sabzavot mahsulotlariga dastlabki ishlash va ularni quritish uchun mo‘ljallangan. Liniyaning ish unumdorligi 3000- 5000 kg/sutka ni tashkil qiladi.
Konvektiv quritish qurilmasi issiq havo oqimi bilan mahsulotlarni quritish uchun mo‘ljallangan(1.4.1-rasm).
Quritish korxonasida meva-sabzavotlarni quritish jarayonida xom ashyolarni bir tekisda qurishi ta‘minlanmaydi, natijada qayta quritish uchun qo‘shimcha harajatlar mavjud bo‘lmoqda va mahsulot tannarhi oshib ketmoqda.
―AFRUZ KAMOL NABI‖ MCHJ korxonasi buyurtmasiga ko‘ra, meva- sabzavotlarni sifatli quritish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ushbu muammoni bartaraf etish uchun xom ashyoni biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni optimal o‘lchamlarda va shakllarda kesish, quritish jarayonida optimal haroratni hamda transportyordagi xom ashyoni bir xil qalinligini ta‘minlash texnologiyasi taklif qilinadi.
Tozalashdan oldin meva va sabzavotlar xom-ashyosi (kartoshka, sabzi, ko‘k, va boshqalar) yuviladi, buning uchun yuvish va bir vaqtning o‘zida yuvish imkonini beruvchi universal toza yuvish mashinasi ishlatiladi.
Mahsulotlarni tashish konveyri mahsulotni toza yuvish mashinasidan tozalovchi mashinaga, inspektsion konveyrdan sulfatlash mashinasiga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Inspektsiyalash jihozi tozalashdan oldin mahsulotlarni vizual tekshirish, saralash va shamollatish uchun mo‘ljallangan. Yuvish xonasida inspektsion jihozlardagi mahsulotlar sulfitlash uchun mo‘ljallangan.
Meva va sabzavotlarni bo‘laklarga kesish uchun FAMILC- 2 (Belgiya) kesish mashinasidan foydalaniladi.
FAMILC- 2 (Belgiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sabzavot va mevalarni kesish mashinasi, zamonaviy yuvish mashinalari kompaniyasi
«SHangun Guang Fengovqat MachinerycoLTD» (CHina), «KRONENeGMBH» (Germaniya) quritish qurilmasi va yuvish-tozalash asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish liniyasi meva- sabzavot mahsulotlariga dastlabki ishlash va ularni quritish uchun mo‘ljallangan. Liniyaning ish unumdorligi 3000- 5000 kg/sutka ni tashkil qiladi.
Konvektiv quritish qurilmasi issiq havo oqimi bilan mahsulotlarni quritish uchun mo‘ljallangan(1.4.1-rasm).
Quritish korxonasida meva-sabzavotlarni quritish jarayonida xom ashyolarni bir tekisda qurishi ta‘minlanmaydi, natijada qayta quritish uchun qo‘shimcha harajatlar mavjud bo‘lmoqda va mahsulot tannarhi oshib ketmoqda.
―AFRUZ KAMOL NABI‖ MCHJ korxonasi buyurtmasiga ko‘ra, meva- sabzavotlarni sifatli quritish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ushbu muammoni bartaraf etish uchun xom ashyoni biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni optimal o‘lchamlarda va shakllarda kesish, quritish jarayonida optimal haroratni hamda transportyordagi xom ashyoni bir xil qalinligini ta‘minlash texnologiyasi taklif qilinadi.
1.4.1-rasm. Konvektiv quritish qurilmasi.
Olmani konvektiv quritish jarayoni uchun mahsulotni qirqish shakli kubik va o‘lchamlari 4x4х4 mm va 6x6х6 mm, va quritish kamerasidagi boshlang‘ich harorat 130-135o C, oxirgi harorat 38-40 o C, qurish davomiligi 45-50 minut bo‘lishi asoslandi xamda mahsulot sifati talabga javob berishi o‘rganildi.
Bexi quritishda havoning harorati, transportyordagi xom ashyo qalinligi va olmani kesish o‘lchamlarini qurish tezligiga ta‘sirini o‘rganish 3.3.2-jadvalda keltirilgan.
Quritilgan mevalarni saqlash uchun maxsus qutilarga yoki kraft qoplarga solinadi, og‘zi yaxshilab berkitiladi va toza quruq tokchalarga qo‘yiladi. Birinchi tokcha erdan 10 sm balandlikda bo‘ladi, devor va tokchalar orasida 0,5 metrli yo‘l qoldiriladi va qatorlar orasiga bitta markaziy (1,51,8 metrli) yon yo‘llar qoldiriladi [7,8].
Keltirilgan mahsulot taxlash va olish oson bo‘lishi uchun tokchalarni eng balandi 2,5 metr bo‘lishi kerak. Qurilgan xonalarga kiraverishda, albatta, dahliz bo‘lishi kerak. Mahsulot tokchalarga, partiya va navlarga ajratib qo‘yiladi. Har bir mahsulot partiyasiga pasport yoki etiketka bo‘lishi kerak. Unda mahsulotning nomi, tovar navi, og‘irligi, tayyorlangan va qabul qilingan muddatlari yozilgan bo‘lishi kerak.
O‘rta hisob bilan 1 m3 joyga qurigan mahsulotni quyidagi og‘irlikda joylash mumkin:
olma qoqisi - 400 kg, nok qoqisi - 500 kg, olxo‘ri qoqisi - 600 kg, o‘rik (turshak) - 770 kg, olcha qoqisi - 600 kg, mayiz - 600 kg.
Ko‘p hollarda aralash quruq mahsulotlar ham qadoqlanadi. Bunda belgilangan retsept bo‘yicha quruq mahsulotlar yaxshilab aralashtirilib, qog‘oz yoki karton qutilarga 1 kg gacha solinadi va yashiklarga joylashtiriladi. Ko‘pincha quyidagi retsept bo‘yicha aralashma olinadi: 35 % olma, 20 % nok, 15 % dan olcha va qorali, 5 % uzum, 10 % shaftoli.
Quritilgan mevalar tarkibida 40-50 % gacha shakar bo‘lib, gigroskopik mahsulot hisoblanadi. SHuning uchun quruq mahsulotni saqlashda havoning namligi katta rol o‘ynaydi. Omborxonalarda havoning namligi yuqori bo‘lsa, mahsulot havo tarkibidagi namni o‘ziga singdirib olib, quruq moddalarning
konsentratsiyasini kamaytiradi, oqibatda mahsulotning sifati buziladi. Bundan tashqari keragidan ortiqcha harorat ham quruq mahsulot tarkibidagi kimyoviy jarayonlarni tezlashtirardi va sifatini buzishga olib keladi. SHuning uchun mahsulotni germetik taralarda yoki yashiklarda zichligi kattaroq qog‘ozlardan foydalanib saqlansa uzoq vaqtgacha sifati buzilmasligi mumkin.
SHuningdek, mahsulot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan yorug‘lik, ayniqsa quyosh nuri ham yomon ta‘sir qilishi mumkin. Bundan tashqari mahsulot sifatini buzilishiga zararkunandalar va mikroorganizmlar ham sabab bo‘lishi mumkin.
XULOSA.
Konvektiv quritgichlarda quritilgan olmani qantlilik miqdori lentali quritgichlarda mahsulotga nisbatan 1,9% ga ortiq ekanligi aniqlandi. Bunga sabab mahsulot tarkibidagi optimal namlikni lentali quritgichdagi mahsulotga nisbatan1,0 gacha kamaytirilganligidir.Quritgichlarda quritilgan mevalardagi namlik soxta qaynash jarayonida intensiv ravishda mevaning yuza qatlamida qattiq qatlam xosil qilmasligi uchun qurishni intensivligi 3-4 marta oshadi.
Konvektiv quritgichlarda mevalar quritish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lib, ushbu texnologiyani qo‘llashdan olingan samaradorlik 16%ni tashkil etadi, shu holda harajatlarni qoplash muddati 1,92 yilni tashkil etadi.
|
| |