|
Rudada kechuvchi oksidlanish shart-sharoitlari sulfid minerallarining tanlab erishiga olib keladi, bunda metallar va oltingugurt suvda eruvchi holatga o‘tadi
|
bet | 3/5 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 56,91 Kb. | | #103505 |
Bog'liq dili64Fe2+ + O2 4Fe3+ + 2O22- (3) 2O22- + 4H+ 2H2O (4)
Bu jarayonda erlektronlarni ko‘chishdan tashqari erkin energiyadan ham foydalaniladi. Erkin energiya ADF , noorganik fosfordan ATF ni sintez qilish paytidagi fosfat bog‘larining kimyoviy energiyasini tashish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib tion temir-oksidlovchi bakteriyalarning noorganik substrantlarni, ikki valentli temir, elementar oltingugurt va sulfidli mineralarini oksidlashda ishtiroki sulfidli rudalaridan metallarni ajratish uchun imkoniyat yaratadi.
Bu bakteriyalarinig o‘sishi va aktivligini jadallashtirish, uchun ularning hayot faoliyati uchun optimal shart-sharoitlar yaratilishini talab etiladi qaysiki, bular tegishli parametrlar (omillar) va tanlab eritiladigan mahsulotlar xossalari bilan aniqlanadi.
Bakteriyalarning sulfidli minerallar bilan o‘zaro ta’sirlashishi masalasi bakterial tanlab eritish nazariyasining asosidir.
Bu masalani chuqurroq o‘rganilishi jarayonining murakkab mexanizmini anglab yetishga, hamda bakterial oksidlash reaksiyalarini jadallashtirish va uni boshqarish imkoniyatlarini beradi.
Ushbu mexanizmning o‘rganilishidagi qiyinchiliklar, shu bilan tushuntiriladiki, jarayonda uchta o‘zaro ta’sirlashuvchi fazadan (gaz, qattiq va suyuq) tashqari tirik organizm bakteriyalar hujayralari ham, aktiv ishtirok etib, o‘z faoliyatida uchala faza komponentlaridan ham foydalanadi.
Bundan tashqari jarayonda bakteriya metobolizmi (modda almashinuvi ) oraliq mahsulotlari-noorganik va organik moddalar ham ishtirok etadi.
Hozirgi vaqtda A.ferrooxidans mikroorganizmlarining sulfid minerallarini oksidlash va tanlab eritishdagi roli haqida bir nechta yondashishlar mavjud. Dastlabki qarashlarga asosan sulfid minerallarining oksidlanishi va tanlab erishi mikroorganizmlar ishtiriokida o‘tib, jarayon bakteriyalar sulfid oltingugurtni oksidlab, hosil bo‘lgan mahsulotlar ta’sirida quyi temir sulfati va sulfat kislotasi ishtirokida kechadi. Masalan: piritning bakterial oksidlanishida quyi temir sulfati hosil bo‘lishi uchun yuqori ehtimollikga ega bo‘lgan reaksiyalar quyidagicha ifodalanadi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rudada kechuvchi oksidlanish shart-sharoitlari sulfid minerallarining tanlab erishiga olib keladi, bunda metallar va oltingugurt suvda eruvchi holatga o‘tadi
|