Rudada kechuvchi oksidlanish shart-sharoitlari sulfid minerallarining tanlab erishiga olib keladi, bunda metallar va oltingugurt suvda eruvchi holatga o‘tadi




Download 56,91 Kb.
bet2/5
Sana22.11.2023
Hajmi56,91 Kb.
#103505
1   2   3   4   5
Bog'liq
dili6

4Fe2+ + 4H+ + O2 4Fe3+ + 2H2O + 11kkal. (2)
Oksidlanmagan temirdan tashqari A.ferrooxidans energetik manba sifatida oltingugurtning qaytarlangan birikmalaridan ham foydalanadi. masalan: tiosulfatlarni S2O32-, tritionatlarni S3O62-, tetrotionatlar va elementar oltingugurtni o‘zlashtiradi, oxirgi mahsulot sifatida sulfat- ioni yani (H2SO4) hosil bo‘ladi. O‘tkazilgan ko‘plab tajribalar natijasida A.ferrooxidans bakteriyalari, sulfid minerallarining deyarli barcha ma’lum bo‘lgan turlarini oksidlashi aniqlangan.
A.ferrooxidans bakteriyalari movjudligining va faolligining eng asosiy sharti: muhit kislotaligi, temperatura, suvning va kislorodning mavjudigi sanaladi. Bakeriyalar rivojlanishi uchun rN muhitining optimal ko‘rsatkichi – 2,0-2,4 ammo, tabiiy ruda suvlarida ushbu mikroorganizmlar rN 1,2 dan 7,6 bo‘lganda ham uchraydi va ushbu sharoitlarlar ularning faol yashashiga yetarli emas. Muhit rN 9,0 bo‘lganda ular nobud bo‘ladi. Bu bakteriyalar kislotali muhitga o‘ta chidamlidir. Ular eritmadagi sulfat kislota miqdori 18 g/l bo‘lganda ham yashab qoladi va konsentratsiya 22 g/l yetganda nobud bo‘ladi (bunda rN 0,3 bo‘lganda, hujayra ichidagi rN muhiti 4,8-5,0 atrofida saqlanib turadi).
A.ferrooxidans bakteriyalari mezofillar sinfiga mansub bo‘lib, ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun optimal issiqlik darajasi 28 - 35 0S ga teng. 40 0S –da o‘sishdan to‘xtaydi, 50 0S –da ular tarkibidagi oqsillar denaturatsiyaga uchrab, ular nobud bo‘ladi (bog‘lanish o‘zilmasdan ularning strukturasi o‘zgaradi ).
Bakteriyalarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun muhitda ma’lum miqdorda mineral tuzlar bo‘lishi talab etiladi, bularga asosan azot va fosfor birikmalari kiradi va ulardan bakteriyalar energetik metabolizmda foydalanadi. Oldin aytib o‘tilganidek, A.ferrooxidans bakteriyalari barcha sulfid konlarining ruda kislotali suvlarida, ko‘mir shaxtalarida va uran ma’danlari yig‘ilgan, tarkibida pirit minerali bor joylarda uchraydi. A.ferrooxidans ning tabiiy shtammlarining bir biridan farqi, ularning kislotali muhitga, og‘ir metallar, har xil mikroelementlar, sulfidlar va oltingugurtni oksidlash tezligi va chidamliligidadir. Barcha farqlanishlar adaptiv (moslashuv) xarakteriga ega. Masalan :Degtyar konining nordon suvlaridan ajratib olingan mikroorganizmlar, keyinchalik, ularga ma’lum moslashuv singdirilganidan keyin, arsenopirit, sfalerit, xalkopirit va boshqa sulfid minerallarini oksidlashda qo‘llanildi.
Temir oksidlovchi bakteriyalarining yashaydigan o‘zgaruvchi muhit sharoitlariga moslashishga (adaptatsiya) bo‘lgan qobiliyati bakterial tanlab eritish (BTE) texnologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bakteriyalar adaptatsiyasida, muhitdagi 55 g/l mis, 30-40 g/l gacha rux, 8-12 g/l gacha mishyak miqdorlariga moslashuvi ko‘rsatilgan. Bakteriyalarning ushbu noyob xususiyatlari, ularni sanoat miqyosida qo‘llashga imkoniyat yaratadi.
A.ferrooxidans bakteriyalari, aeroblar sinfiga mansub bo‘lib, ular yashovchi muhitda albatta kislorodning bo‘lishi shart. Uning ko‘proq qismi xujayra tomonidan yutiladi va nafas oluvchi ferment tizimlari ishtirokida iste’mol etiladi. Qolgan qismi kimyoviy jarayonlarda sarflanib, bunda xujayraning tarkibidagi kimyoviy moddalar oksidlanadi. ( masalan: S – oqsil guruhlari ) .
A.ferroxidans bakteriyalari yordamida, tashqi energetik substrantdan elektronlar tashuvchi zanjir bo‘yicha molekular kislorodga o‘zatiladi va suv hosil qiladi.

Download 56,91 Kb.
1   2   3   4   5




Download 56,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rudada kechuvchi oksidlanish shart-sharoitlari sulfid minerallarining tanlab erishiga olib keladi, bunda metallar va oltingugurt suvda eruvchi holatga o‘tadi

Download 56,91 Kb.