254
po‘latdan ishlangan kesik konusli uchi o‘tkir metall bo‘lib,
u kor-
pusdan 25 ± 0,05 mm tashqariga chiqib turadi.
10. 3- rasm. Shor A (TM–2) qattiqlik o‘lchagich asbobi
(a – tashqi ko‘rinishi; b –
tuzilishi):
1 – igna;
2 – shayba;
3 – tishli g‘ildirak;
4 – tishli reyka;
5 – prujina;
6 – kallak;
7 – plastinka;
8 – strelka;
9 – shkala;
10 – korpus;
11 – asbobni
tekshirish uchun nazorat maydonchasi.
Asbob komplekti ichida prujinali nazorat maydoncha
11 bo‘lib,
u o‘rtasida kichik teshikchasi bo‘lgan shayba bilan tugaydi. Qat-
tiqlikni o‘lchagichning plastinka va shaybasi nazorat maydoncha
tekisligi bilan to‘qnashganida, asbob ignasi maydonchaning shayba
teshigi ichiga kiradi. Asbob kallagiga bosilganida, strelka maydon-
cha yon tomonida joylashgan shkaladan qattiqlik sonini ko‘rsatadi.
Shor A qattiqlik o‘lchagich asbobining ishlash tartibi quyi-
dagicha: sinaladigan buyum tekis
metall yoki shisha tekislik
ustiga qo‘yiladi. Nina uchi sinaladigan rezina namunasi bilan
to‘qnashtiriladi. So‘ngra qattiqlikni o‘lchagich kallagi qo‘l bilan
sekin bosilib, asbob shaybasi va plastinkasi sinaladigan rezina
255
namunasi tekisligi bilan to‘liq to‘qnashtiriladi. Bunda shayba va
plastinka tekisligi sinalayotgan namuna tekisligiga parallel bo‘lishi
lozim, aks holda, igna sirtga vertikal bo‘lmaydi. Ignaning namu-
naga botish chuqurligi qattiqlik o‘lchagich shkalasidan strelkaning
ko‘rsatishiga qarab shartli birliklarda belgilab olinadi. Sinalayot-
gan namunaning qalinligi 6 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
Xom rezinadan buyumlar tayyorlashni osonlashtirish maqsadi-
da
unga maxsus ishlov beriladi, ya’ni kauchuk zarur miqdorgacha
yumshatiladi. Bunday rezinaning qattiqligini o‘lchashda qattiqlik
o‘lchagich asbobi ignasi namunaga uzluksiz ko‘rinishda botadi,
natijada asbob ko‘rsatkichi pasayib boradi va bir necha daqiqa
vaqt o‘tgach nolga yaqinlashadi. Vulkanizatsiyalash jarayonida
rezinaning plastikligi kamaya boradi va so‘nggi bosqichda butun-
lay yo‘qoladi, rezinaning qattiqligi va elastikligi yangi oltingugurt
porsiyalari reaksiyaga kirishishi natijasida ortib boradi va
tayyor
vulkanizatsiyalangan rezinada ma’lum miqdorga erishadi.
Texnik talablarga binoan, qattiqlik o‘lchagich asbobining igna-
si vulkanizatsiyalangan rezina materialida sezilarli iz qoldirmasa,
bunday rezinaning vulkanizatsiyalash rejimi to‘g‘ri tanlangan hi-
soblanadi.
Rezina materialning haddan tashqari yuqori qattiqlikka ega
bo‘lishi ham nonormal hol bo‘lib,
bu holat ortiqcha vulkanizatsi