212
ATK rahbarlariga, umuman, korxona bo‘yicha yo‘l me’yor-
lari asosida aniqlangan kerakli yonilg‘i chegarasida avtomobil
yonilg‘isi sarfining differensiallangan marshrut me’yorini belgilash
huquqi berilgan.
Me’yorlorni ko‘paytirish. Yonilg‘ining yo‘l me’yori quyidagi
hollarda ko‘paytiriladi:
– qish mavsumida janubiy hududlarda ishlaganida 5
foizgacha,
shimoliy hududlarda 15 foizgacha;
–
dengiz sathidan 1000 dan 1500 m gacha baland bo‘lgan tog‘li
joylarda 5 foizga, 1501 dan 2000 m gacha baland joylarda 10 foiz-
ga, 2001 dan 3000 m gacha baland joylarda 15 foizga, 3000
m dan
ortiq bo‘lganida 20 foizgacha;
– murakkab yo‘llarda ishlaganida (o‘rtacha 1 km yo‘lda besh-
tadan ortiq radiusi kamida 40 m bo‘lgan aylanishlar bo‘lganida)
10 foizgacha;
– avtomobilni tez-tez to‘xtatish talab etiladigan shahar che-
garasida ishlaganida (avtomobil umumiy yo‘lining o‘rtacha har
1 km ida 1 martadan ortiq to‘xtatilsa) 10 foizgacha;
– avtomobilga uni kichik tezlikda haydash
talab etiladigan yuk
ortilganida 10 foizgacha;
– yangi va to‘la ta’mirdan chiqqan avtomobillar dastlabki
ming km yo‘lda ishlatilganida 5 foizgacha;
– yuk avtomobillari soatbay ishlaganida yoki korxona
hududida,
sexlar ichida va boshqa joylarda texnologik transport sifatida ke-
cha-yu kunduz ishlaganida 10 foizgacha;
– karyerlarda ishlaganida (yo‘l sharoiti og‘ir bo‘lganida),
dalada
yurganida (qishloq xo‘jaligi ishlari bajarilayotganda), shuningdek,
yog‘och tashilayotganida (o‘rmon uchastkalaridan asosiy magis-
trallargacha) 20 foizgacha;
– avtomobilni boshqarish o‘rgatilayotganida 20 foizgacha;
– loygarchilik mavsumida og‘ir yo‘l
sharoitlarida qor yoki qum
uyumlarida ishlaganida ko‘pi bilan 1 oy muddatga 35 foizgacha.