K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/156
Sana16.11.2023
Hajmi6,9 Mb.
#99491
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

ning yo‘l me’yori deb, avtomobilning ish bajarmasdan, ya’ni uning 
o‘z massasi bilan (qo‘shimcha jihozlar o‘rnatilmagan holda) ishla-
tilish sharoitida yurgan yo‘liga sarflangan yonilg‘i miqdoriga ayti-
ladi. Yonilg‘i sarfining yo‘l me’yori 100 km bosib o‘tilgan masofa 
uchun belgilanadi. Qo‘zg‘almas jihozlar o‘rnatilgan avtomobillar 
uchun yonilg‘i sarfi me’yori har bir jihozning 1 soat ishlashi uchun 
sarflanadigan yonilg‘i miqdori asosida belgilanadi. Marshrutdagi 
avtomobillar uchun yonilg‘i sarfi, odatda, avtobuslar va marshrut-
dagi taksilar uchun ATK rahbari tomonidan tegishli tashkilotlar 
bilan kelishuv asosida belgilanadi. Guruhli yonilg‘i sarfi me’yori 
ish bajarayotgan avtomobillar uchun yonilg‘i sarfi me’yori asosida 
aniqlanadi. Ular korxonaning rejalashtinlayotgan muddatda baja-
radigan transport ishi uchun yonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash-
ga xizmat qiladi. 
Yonilg‘i sarfi me’yorlari iqlim sharoiti, yo‘lning holati va bosh-
qa omillarga asosan to‘g‘rilanadi. Bunday me’yorlar differensial­
langan me’yorlar deb yuritiladi. Ular sharoitga qarab oshirilishi va 
qisqartirilishi mumkin. 
211
Transport vositalari uchun yonilg‘i sarflash me’yorlari «Avto-
mobil transporti uchun benzin, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz-
ning yo‘l me’yori» asosida belgilanadi. Bu me’yorlar bajariladigan 
transport ishi va transport vositalari turlariga boq’liq holda o‘zgar-
tirilishi mumkin:
1. Bajarilgan ishi tonna-kilometrlarda hisobga olinadigan avto-
mobillar va avtopoyezdlar uchun har 100 tkm uchun qo‘shimcha 
tarzda quyidagi yonilg‘i sarfi benzin uchun 2 l, suyultirilgan gaz 
uchun 2,5 l, dizel yonilg‘isi uchun 1,3 l etib belgilangan. Tirkamali 
avtomobillar bilan ishlayotganida yonilg‘i sarflash me’yori yuklan-
gan tirkama massasining har bir tonnasiga yonilg‘i sarflash me’yori 
quyidagicha oshirilgan: benzin uchun 2 l, suyultirilgan gaz uchun 
2,5 l, dizel yonilg‘isi uchun 1,3 l
2. O‘zi ag‘daruvchi avtomobillar hamda o‘zi ag‘daruvchi avto-
mobil va o‘zi ag‘daruvchi tirkama tarkibidagi avtopoyezdlar uchun 
yuk bilan bir marta borib kelishga qo‘shimcha yonilg‘i sarflash 
me’yori 0,25 l miqdorida belgilangan. 
O‘zi ag‘daruvchi avtopoyezdlar ishlayotganida yonilg‘i sarfi­
ning yo‘l me’yori tirkamali harakatdagi tarkibi umumiy massasi-
ning (u 50 foiz foydali yuk bilan ta’minlanganda) har bir tonnasi 
uchun benzin 2 l ga, suyultirilgan gaz 2,5 l ga, dizel yonilg‘isi esa 
1,3 l ga oshiriladi. 
3. Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bilan yoki maxsus jihozlar 
o‘rnatilgan avtomobillarda ishlayotganida bunday avtomobil mas-
sasining har bir oshgan yoki kamaygan (baza massasiga nisbatan) 
tonna hisobidan yonilg‘i sarfining yo‘l me’yori 2 l benzinga, 1,3 l 
dizel yonilg‘isiga, 2,5 l suyultirilgan gazga ko‘paytiriladi yoki ka-
maytiriladi. 

Download 6,9 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish