• Suvda eriydigan (mineral) kislota va ishqorlar.
  • Smolalar miqdorini aniqlash.
  • Oltingugurtli aktiv birikmalar borligini tekshirish




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Oltingugurtli aktiv birikmalar borligini tekshirish. Tek-
    shirish yonilg‘ini mis plastinkada sinash yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
    Buning uchun sof elektrolitik misdan tayyorlangan, jilolangan 
    plastinka sinalayotgan yonilg‘iga botiriladi va 50°C haroratgacha 
    isitilib, shu haroratda uch soat tutib turiladi. Agar isitishning im-
    koni bo‘lmasa, xona haroratida bir sutka tutib turish mumkin. Sinov 
    oxirida plastinka qora dog‘lar bilan qoplansa yoki to‘q kulrangga 
    kirsa, yonilg‘ida oltingugurtli birikmalar bo‘ladi. Bunday yonilg‘i 
    ishlatishga yaramaydi. 
    Suvda eriydigan (mineral) kislota va ishqorlar. Kislota va 
    ishqorlar borligini aniqlash uchun bo‘lish voronkasi (voronka silin-
    drik idish bo‘lib, yuqori qismi tiqin bilan zich berkitilgan, pastki 
    qismi esa to‘kish jo‘mragi bo‘lgan truba bilan tugallanadi) teng 
    miqdorda sinalayotgan yonilg‘i va issiq suv quyiladi. Vaqti-vaqti 
    bilan tiqin ochilib, voronka ichidagi yonilg‘i hamda suv 3–4 min 
    yaxshilab aralashtiriladi va tindiriladi. Issiq suv neft mahsulotlariga 
    ta’sir qilmaydi, lekin mineral kislota va ishqorlarni tez eritadi. Suv-
    dagi eritma voronkaning pastki qismida to‘planadi, neft mahsuloti 
    esa yuqorida qoladi. Pastdagi suv qatlami jo‘mrak orqali ikkita toza 
    probirkaga quyib olinadi. Ulardan biriga 1–2 tomchi fenolftalein 
    indikatori qo‘shiladi. Agar suv pushti yoki qizil rangga kirsa, neft 
    mahsulotida ishqor boladi (agar ishqor bo‘lmasa, suvning rangi 
    o‘zgarmaydi). Boshqa probirkaga 1–2 tomchi metiloranj qo‘shila-
    di. Suvning pushti yoki qizil rangga kirishi unda kislota borligidan 
    dalolat beradi (neytral va ishqorli muhitda rangi sarg‘ish yoki to‘q 
    sariq bo‘ladi). Mahsulotda mineral (suvda eriydigan) kislotalar, 
    ishqorlar bo‘lmasa, u ishlatishga yaroqli hisoblanadi. 
    Smolalar miqdorini aniqlash. Smolalarni aniqlash uchun 
    o‘lchash yoki ko‘z tomizg‘ichi yordamida 1 ml benzin sferik 
    shishaga quyiladi va kuydiriladi. Dizel yonilg‘isini tekshirishda bu 


    206
    miqdorga yana taxminan shuncha miqdorda smolasiz, rangsiz ben-
    zin qo‘shiladi. Ular yonganidan so‘ng, sariq yoki jigarrang halqa-
    lar qoladi. Yonilg‘ida smolalar qancha ko‘p bo‘lsa, qoldiq shuncha 
    to‘q rangli va dog‘ diametri shuncha katta bo‘ladi Dog‘ kattaligiga 
    qarab smolali birikmaning taxminiy miqdori aniqlanadi:
    Dog‘ diametri, mm ................... 6 8 10 12 14 16 18 20 22 24
    Smolalar miqdori, mg/100 ml ... 4 11 20 32 43 56 70 85 102 120
    Yonilg‘ida smolalar bo‘lmasa, shishada uncha katta bo‘lmagan 
    bilinar­bilinmas oq dog‘lar qoladi. Agar yonilg‘i moylar bilan iflos­
    langan bo‘lsa, shisha chetida jigarrang tomchilar qoladi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oltingugurtli aktiv birikmalar borligini tekshirish

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish