|
Ishlatilgan moylarni tozalash uchun qurilma va uskunalarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isIshlatilgan moylarni tozalash uchun qurilma va uskunalar.
Ishlatilgan moylarni tozalash uchun filtr ФМН kam miqdorda
chiqarilgan bo‘lib, avtoxo‘jaliklarda va neft omborlarida, agrokom-
pleks texnik xizmat ko‘rsatish korxonalarida deyarli ishlatilmay-
di. Shuning uchun joylarda, asosan, yonilg‘ilarni tozalash uchun
ishlab chiqarilgan ФГН va ФВГ filtrlarini ishlatish mumkin. Bu
holda qurilmalarga moy yonilg‘ini tozalashdagiga qaraganda biroz
kamroq me’yorda beriladi.
Moylar va gidravlik tizimlar uchun suyuqliklarni iflosliklardan
tozalashda ixcham markazdan qochma qurilmalar СОГ–903А,
СОГ–904А va УМС–901А ishlatilishi mumkin. Bu filtrtozalagich
199
qurilmalarning asosiy qismi nasossentrifugali ПСН–907А va
ПСН–908А gidrotozalagichlaidan iborat.
Moyning qovushoqligiga qarab qurilmaning ish unumi 600–
2700 l/s, (shiddat) 0,3 MPa gacha, 1–5 mkm o‘lchamli mexanik
zarrachalardan tozalanadi. Qurilma qovushoqligi 1–50 mm
2
/s ga
teng moylarni tozalay oladi.
Ishlatilgan moylarni tozalash uchun CM–1–300 rusumli mar-
kazdan qochma seperatorlar, sentrifugalar ham ishlatiladi. Ular ning
ish qobiliyati – 3 m
3
/s.
Bu qurilmalar regeneratorlar vazifasini ham bajaradi. Moylarni
tozalash uchun bir kishi qurilmani dastgoh yoki agregat, mashinaga
surib keladi, uni mashinaga ulab, qurilmani yurgizadi. Bir necha
daqiqa davomida, karter yoki moy baki hajmiga qarab, ishlatilgan
moy tozalanib, boshqa idishga suzib olinadi (moylarni tozalash
5-bobda batafsil keltirilgan).
СУРМ–1 (GOSNITI) regeneratsion qurilmasi eng qulay va
samarali hisoblanib, unda tozalangan suyuqlik oliy toifa talabiga
javob beradi (8. 3- jadval).
8. 3- jadval
СУРМ–1 qurilmasining М–10Г moyini
tozalashdagi ko‘rsatkichlari
Moy namunasining
turlari
|
| |