192
o‘z zimmalariga quyidagi majburiyatlarni olishlari lozim: yonilg‘i
va moylash materiallarini saqlashni shunday tashkil etish kerakki,
bunda ularning isrof bo‘lishi va sifatining yomonlashishiga barham
berilishi ta’minlangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, omborxona
ishlarini bajarish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi, texnika xavf-
sizligi va sanitariya-gigiyenik sharoitlar ta’minlanishi lozim. ATK
da neft mahsulotlari omborxonalarini joylashtirish, ularning tex-
nik ta’minoti, ish tartibi, shuningdek,
omborxonalarda saqlanishi
mumkin bo‘lgan neft mahsulotlarining chegaraviy miqdori mahal-
liy o‘t o‘chirish tashkiloti bilan kelishuv asosida belgilanishi lozim.
Bunda neft mahsulotlarining bug‘lanuvchanlik darajasi (8. 1- jad-
val) va omborxonalar tavsifini hisobga olish lozim.
8. 1- jadval