194
lash jarayonini tezlatish uchun nasosdan (markazdan qochma kuch
ta’sirida ishlaydigan) foydalaniladi. Gaz yostig‘ini hosil
qilish
hamda turli haroratlarda ballonni portlashdan himoya qilish uchun
ballon sig‘imining 90 foizi gaz bilan to‘ldiriladi.
Garaj ichida ishlatiladigan neft mahsulotlari ularga bo‘lgan talab
asosida (10- va 11- shakllar) amalga oshiriladi.
8. 3. Ishlatilgan moylarni yig‘ish, saqlash va
qayta ishlashga topshirish
Ishlatilgan neft mahsulotlarini yig‘ish
va qaytadan ishlatish
yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bilan bir qatorda, atrof
muhitning ifloslanishini kamaytiradi. Shuning uchun ham bu tadbir
neft mahsulotlaridan samarali foydalanish muammosining tarkibiy
qismi sifatida qaraladi.
Ishlatilgan neft
mahsulotlari, ayniqsa, surkov moylarini, ish-
lab chiqarish uchun ko‘p miqdorda xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Agarda 100 t neftdan 10 t
yangi moylash materiali olinsa, 100 t
ishlatilgan moylardan 60–80 t qayta tiklangan, sifati bo‘yicha yan-
gi moylardan qolishmaydigan moy olinadi. Yig‘ilgan moylarning
deyarli 35–80 fozi joylarda qayta ishlanadi
va narxi yangi moylar
narxining 6–23 foizini tashkil etadi.
Neft mahsulotlari ishlatilish sharoiti va qo‘llanilishiga qarab
3 guruhga bo‘linadi: ishlatilgan motor moylari (IMM), ishlatilgan
sanoat moylari (ISM), ishlatilgan neft
mahsulotlari aralashmasi
(INMA) (moylar, benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi). Birinchi va ik-
kinchi guruhlarga kiruvchi ishlatilgan moylarni yig‘ishda ularga
benzin, kerosin, nigrol, surkov moylari
va boshqa moddalarning
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki ular regeneratsiya qilinib,
qo‘shimcha qo‘shilmalar qo‘shilib qaytadan ishlatiladi.
Uchinchi guruh ishlatilgan neft
mahsulotlarini tozalashda
ta’minlash va qaytadan ishlatish uchun yig‘ishda ularga sintetik,
jadal zanglanuvchi, zaharli moddalar va
boshqa begona mahsulot-
lar aralashmasligi kerak.
195
Ishlatilgan neft mahsulotlari uchun standart talablari (DS
21046–81) asosida, ularning fizikaviykimyoviy ko‘rsatkichlari
ning ma’ lum qiymatlari belgilab qo‘yilgan (8. 2- jadval).
8. 2- jadval