• AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YONILG‘I, SURKOV MATERIALLARI VA MAXSUS SUYUQLIKLARNING ISHLATILISHINI OQILONA TASHKIL QILISH
  • Avtotransport xo‘jaliklarida yonilg‘i, surkov
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Nazorat savollari:
    1. Sovitish suyuqliklariga qanday talablar qo‘yiladi?
    2. Suvning qattiqligi deganda nimani tushunasiz?
    3. Sovitish suyuqligi sifatida ishlatiladigan suvning afzalliklari va 
    kam chiliklarini ayting. 
    4. Suvni yumshatishning asosiy usullarini aytib bering. 
    5. Dvigatelda quyqa hosil bo‘lishining zararli oqibatlari nimalardan 
    iborat?
    6. Sovitish tizimida quyqa hosil bo‘lishining oldini olish qanday amal-
    ga oshiriladi va quyqalar qanday ketkaziladi?
    7. Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklarining tarkibi va 
    xossalarini aytib bering. 
    8. Antitriz bilan ishlash qoidalarini aytib bering. 
    9. Amortizator suyuqligi deganda nimani tushunasiz, uning qanday 
    turlari bor?
    10. Gidravlik tizimlarda qanday xossali va markali moylar ishlatiladi?
    11. Tormoz suyuqliklarining qanday xossalari va markalarini bilasiz?
    189
    VIII BOB. AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YONILG‘I, 
    SURKOV MATERIALLARI VA MAXSUS
    SUYUQLIKLARNING ISHLATILISHINI
    OQILONA TASHKIL QILISH
    8. 1. Avtomobil transportida yonilg‘i va surkov
    materiallarining ishlatilishini tashkil qilish
    Avtomobil transporti suyuq yonilg‘ilarning asosiy iste’molchisi 
    hisoblanadi. Avtomobil transportida barcha turdagi transportlarda 
    ishlatiladigan energiya resurslarining yarmidan ortig‘i ishlatiladi. 
    Avtomobil transportida ishlatiladigan energiya resurslarining so-
    lishtirma sarfi temir yo‘l transportiga nibatan 19 barobar, daryo 
    transportiga nisbatan esa 14 barobar ortiq. 
    So‘nggi yillarda avtomobil parkining o‘sishi yonilg‘i va bosh-
    qa neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni yana-da ortib ketishiga 
    sabab bo‘ldi. Shuning uchun ATKlarda neft mahsulotlarini tejash 
    bo‘yicha zarur chora­tadbirlarni (neft mahsulotlari sarfini qat’iy hi-
    sobga olish, ish turlari bo‘yicha haqiqiy yonilg‘i sarfini tahlil qilish, 
    saqlashni oqilona tashkil etish, yonilg‘i va moylash materiallarini 
    quyishni mexanizatsiyalashtirish, avtomobillarga yuqori sifatli xiz-
    mat ko‘rsatish) qo‘llash dolzarb masalalardandir. 
    Yonilg‘i-moylash materiallarini oqilona ishlatish, ularning isrof-
    garchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik ko‘p jihatdan tashkiliy tizimlar va 
    ATKdagi yonilg‘i-energetika resurslari bo‘limining (guruhi) faoli-
    yatiga bevosita bog‘liq. 
    Transport boshqarmalarida va ATKlarda yonilg‘i-energetika 
    resurslaridan foydalanish xizmati faoliyat ko‘rsatadi, bu xizmat 
    asosini bo‘lim yoki guruhlar tashkil etadi. ATKdagi avtomobil-
    lar soni 300 tadan ortiq bo‘lganida, mustaqil faoliyat ko‘rsatuv-
    chi yonilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘limi tashkil 
    etiladi. Avtomobillar soni 300 tadan kam bo‘lganida esa, ishlab 


    190
    chiqarish-texnika bo‘limi tarkibiga kiruvchi yonilg‘i-energetika 
    resurslaridan foydalanish guruhi tashkil etiladi. Bu bo‘lim (gu-
    ruh) boshlig‘iga yonilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ma-
    salalari bo‘yicha korxonadagi barcha haydovchilar, ta’mirlovchi 
    ishchilar va boshqa xodimlar bo‘ysunadi. 
    Yonilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘limi o‘z faoli-
    yatini ATKni neft mahsulotlari, gaz, qattiq yoqilg‘i va elektr en-
    ergiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotlar, ya’ni neft bazalari, avto-
    mobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari, ko‘mir omborlari, gaz 
    to‘ldirish shohobchalari, elektr tarmog‘i tashkilotlari bilan hamkor-
    likda tashkil etadi. 
    – bo‘lim (guruh)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    – korxona talabiga binoan yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘l-
    gan ehtiyojni rejalashtirish, ularni qabul qilish, saqlash va tar qa tish;
    –yonilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil 
    etish, ularning sifatini nazorat qilish;
    – yonilg‘i­energetika resurslari sarflanishini hisobga olish va bu 
    bo‘yicha hisobot yuritishni tashkil etish;
    – ishlatilgan moylarni to‘plash va saqlash, ularni tozalashga 
    topshirish yoki ulardan samarali foydalanishni (utilizatsiya qilish) 
    tashkil etish. 
    Bo‘lim (guruh) yuqorida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, 
    o‘zining funksional majburiyatlarini yonilg‘i-energetika resurslari-
    dan foydalanish bo‘yicha Nizom asosida tashkil etadi. 
    8. 2. Avtotransport xo‘jaliklarida yonilg‘i, surkov

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish