Maxalliy qurilish materiallari reja qurilish materiallari Yurtimizdagi xom ashyolar




Download 0,95 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2023
Hajmi0,95 Mb.
#127968
  1   2   3
Bog'liq
MAXALLIY QURILISH MATERIALLARI


MAXALLIY QURILISH MATERIALLARI


Reja
1) Qurilish materiallari
2) Yurtimizdagi xom ashyolar
3) Materiallar turlari
4) Tarmoqlar aro sanoat yarmarkasi


Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, se-ment, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor.
Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi (qarang Keramika, Gʻisht). Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-me-xanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar. yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi (qarang Temirbeton, Temir-beton konst-ruksiyalar). Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqa tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fib-rolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konst-ruksiyalari uchun, quvurlarning issiklik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa Polimeryaarta sin-tetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (li-noleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (pe-noplasshlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. L o k va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari Qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi.
Vatanimizda juda ko‗p tarqalgan kaolin, giltuproqlarning o‗zi va qo‗shimchalar bilan ishlatiladigan giltuproqlar sopol buyumlar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyodir. Giltuproq suv bilan aralashtirilganda u xoxlagan shakl berish mumkin bo‗dgan plastik loyga aylanadi. Undan yuqori haroratda pishirib va turli qurilish buyumlari, ro‗zg‗or anjomlari hamda me‘morchilik buyumlari ishlab chiqarish mumkin. U pishirilgandan so‗ng qattiq va suv ta‘siriga chidamli pishiq sun‘iy tosh material hosil bo’ladi.
O’zbekiston xududida sopol material va buyumlar ishlab chiqarish eramizdan 2-3 ming yil avval keng qo‗llanilgan. Pishiq g‗ishtdan II –III asrlarda kolonna asosi va deraza eshiklar o‗rnatiladigan joylarning peremichkalarini qurishda, IX asrdan boshlab devorbop material sifatida foydalana boshlangan. Bu borada ota-bobolarimizning erishgan yutuqlari qay darajada bo‗lganligi xaqida Samarqand, Buxoro, Xiva yodgorliklari dalolat berib turibdi. Devorbob sopol buyumlar Devorbob sopol buyumlar qurilishda ishlatiladigan devorbob buyumlarning 50% ni tashkil etadi. Zichligiga ko‗ra devorbob sopol buyumlar (g‗isht,sopol tosh) 3 qismga bo‗linadi: 1. Effektiv — zichligi 1400 - 1450 kg/m 3 dan ko‗p emas, issiqni yaxshi ushlab tura oladigan; 2. Shartli effektiv - 1450 - 1600 kg/m 3 ; 3. Oddiy — 1600 kg/m 3 dan katta. Oddiy pishiq g‗ishtning o‗lchamlari 250x120x65 mm bo‗lib, qirralari to‗g‗ri, aniq, yuzasi silliq va tekis bo‗lishi kerak. Tomonlari 3 mm gacha farq qilishi mumkin.
Modulli g‗ishtlar o‗lchamlari 250x120x88 mm va dumaloq yoki to‗rtburchak kovakli bo‗ladi. Mustahkamligiga qarab g‗isht Quyidagi markalarga bo‗linadi: 75; 100; 125; 150; 200; 250; 300.

Download 0,95 Mb.
  1   2   3




Download 0,95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxalliy qurilish materiallari reja qurilish materiallari Yurtimizdagi xom ashyolar

Download 0,95 Mb.