|
Mahalliy qurilish materiallari tarmoqlararo sanoat yarmarkasida namoyish etildi
|
bet | 3/3 | Sana | 24.12.2023 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #127968 |
Bog'liq MAXALLIY QURILISH MATERIALLARIMahalliy qurilish materiallari tarmoqlararo sanoat yarmarkasida namoyish etildi
Andijon viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Andijon shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan yarmarkaning ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhrat Abduraxmonov ishtirok etdi.
Bugungi yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad hudud tadbirkorlari uchun manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, shuningdek, mahalliy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
Yarmarkada viloyatlardan tashrif buyurgan 200 dan ziyod to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, qurilish materiallari, kimyo sanoati, elektrotexnika, avtomobilsozlik korxonalari mahsulotlari va viloyatda ishlab chiqarilayotgan boshqa sanoat mahsulotlari namunalari, o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar hamda istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi tadbirda qurilish materiallari sanoatidan 20 dan ortiq korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Ma’lumki, Andijon viloyati tabiiy resurslarga boyligi tufayli bu yerda boshqa hududlarga qaraganda qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Yildan-yilga sanoat korxonalari soni ham ortib bormoqda. Hududda qurilish oynasidan tortib suyuq oboygacha ishlab chiqariladi. Shu bois sanoat yarmarkasida qurilish materiallari paviloni yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etish bilan bir qator shartnomalar imzolashga ham erishishdi.
|
| |