• БСК suyuqligi.
  • ГТЖ–22 suyuqligi.
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    «Нева» suyuqligi. Bunday nomdagi tormoz suyuqligi qator sin-
    tetik kimyoviy birikmalarning murakkab kompozitsiyasidan ibo-
    rat. Uni –50°C dan 50°C gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida ishlatish 
    mumkin, 190°C da qaynaydi. Zaharli va yong‘in jihatdan xavfli. 
    Issiq suvda eriydi, rangi och sariq. Disk tormozli yengil avtomo-
    billarda (ВАЗ, «Москвич», ГАЗ–3102 «Волга» va boshqa) ishla-
    tiladi. Baraban tormozli ЗAЗ–968M «Запорожец»; ИЖ (barcha 
    modellari) yengil avtomobillarida; «Урал»; КрАЗ–260 (ilashish 
    muftasini ajratishning gidropnevmatik yuritmasi); ГАЗ–53А yuk 
    avtomobillarida; КАВЗ, ПАЗ–672 avtobuslarida ishlatish tavsiya 
    etiladi. 
    БСК suyuqligi. Butil spirti bilan tozalangan kanakunjut mo-
    yining aralashmasidan (1 : 1 nisbatda) iborat tormoz suyuqligi, 
    183
    yaxshi moylash xususiyatlariga ega. –20°C haroratgacha ishlatish 
    mumkin. Ancha past haroratlarda ham tormoz tizimlarming ish-
    ga layoqatliligini saqlash uchun suyuqlikka etil yoki butil spirti 
    (1 : 1 nisbatda) qo‘shiladi. Qaynash harorati uncha yuqori (115°C) 
    bo‘lmaganligi bois BCK suyuqligini disk tormozli avtomobillar-
    da ishlatib bo‘lmaydi. Suv qo‘shilganida qatlamlanadi. «Нева» 
    va ГТЖ–22М tormoz suyuqliklari bilan aralashmaydi. Yong‘in 
    jihatidan xavfli. Unga qizil rang berilgan (qo‘shilgan). Bu suyuq-
    lik baraban tormozli barcha yengil avtomobillarda («Запорожец», 
    «Москвич» ГАЗ–24 «Волга»; ВАЗ), ГАЗ–53А; «Урал» yuk avto-
    mobillarida; КАВЗ va ПАЗ–672 avtobuslarida ishlatiladi. 
    ГТЖ–22 suyuqligi. Bu suyuqlik glikollar, suv va antikorro-
    zion qo‘shilmalarning aralashmasidan iborat. Zaharli yashil rang-
    li ГТЖ–22 suyuqligi yaxshi moylash xususiyatiga ega. –50°C 
    dan 50°C gacha harorat oralig‘ida ishga yaroqli. 140°C haroratda 
    qaynaydi, shuning uchun disk tormozli avtomobillarda ishlatib 
    bo‘lmaydi. Suvda yaxshi eriydi. «Нева» tormoz suyuqligi bilan 
    aralashadi. Yuqori o‘tuvchanlikdagi avtomobillarda ishlatish uchun 
    mo‘ljallangan. Shimoliy hududlarda bu suyuqlikdan БСК tormoz 
    suyuqligi o‘rnida toydalanish mumkin. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish