• 1.Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari
  • Mavzu: Neft konlarini suv bostirish usullarini qo‘llab ishlatish




    Download 411.7 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana07.11.2023
    Hajmi411.7 Kb.
    #95226
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    10-mavzu
    referat, 47 mavzu, Презентация1, detalization 2023-01-01 2023-01-05 828, JAMOLIDDINOVA KAMOLAXON, tavsiyanoma, Основы Архивоведения, L, 1 - АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ МАВЗУ ДАРАХТ–БУТА ЎСИМЛИКЛАРИ СИСТЕМАТИКАСИ. ДЕНДРОФЛОРА ВА БИНАР НОМЕНКЛАТУРАСИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА, Muloqot-texnologiyasi (1), Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «t, 11-mavzu, 1-mavzu, Mavzu Neft qudug’ini favvora usulida ishlatish Ma’ruza rejasi (1)


    MAVZU: Neft konlarini suv bostirish
    usullarini qo‘llab ishlatish
    Reja:
    1. Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari
    2. Qatlamlarga suv haydash texnika va texnologiyasi
    3. Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini
    qo‘llanilish tarixi


    1.Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari
    ❑ Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari deganda qatlamlarni uzoq vaqt ishlatish
    natijasida neft zahiralarini anchagina qismi olinib bo‘lingandan keyin, ya’ni ishlashning
    so‘nggi davrlarida qatlamlarga ta’sir qilish usullari tushuniladi. Mamlakatning neft
    uyumlarida neft beraoluvchanlik koeffitsiyentini o‘rtachaga nisbatan 2 – 3 % ga
    ko‘tarish katta ahamiyatga ega. Bu esa yangi katta konni ochish bilan barobardir.
    ❑ Eski va zahirasining ko‘p qismi olib bo’lingan konlarda qoldiq neftni olish bir qancha
    qiyinchiliklar bilan bog‘liq: qatlamda bosim tushishi bilan birga neft qisman gazsizlanadi
    va buning oqibatida qovushqoqligi ortadi; qatlamda tog’‘ jinsining neft uchun fazaviy
    o‘tkazuvchanligini kamaytiruvchi erkin gaz paydo bo‘ladi; uyum ko’proq yoki kamroq
    darajada suvlangan bo‘lishi mumkin.
    ❑ Uyumlardan qoldiq neft zahirasini olish uchun ikkilamchi tadbirlar sifatida odatda neft
    qatlamlariga gaz (havo) yoki suv haydash qo‘llaniladi.


    Neft olishning ikkilamchi usullarini loyihalashtirishda neftlilik qatlamini mufassal
    o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bunday o‘rganishda quyidagilar aniqlanishi kerak:
    1)
    qatlamning
    fizik
    xususiyatlari

    jinslarning
    g‘ovakligi,
    o‘tkazuvchanligi,
    granulometrik va minerologik tarkibi, qatlamning qalinligi va uni maydon bo‘ylab
    o‘zgarishi;
    2) suyuqlik va gazning qatlam sharoitidagi fizik xususiyatlari – neft va gazning
    qovushqoqligi, neftning gazga to‘yinganligi, to‘yinish bosimining kattaligi, neftning
    zichligi va b.;
    3) qoldiq neftning, bog‘liq suvning va qatlamning alohida hududlaridagi gazning
    miqdori;
    4) qatlam bosimi va uni qatlamning turli qismlarida o‘zgarishi; 
    5) suvlilik va gazlilik chegaralari;
    6) qatlamning mahsuldorligi va yutish qobiliyati.


    Neft olishning ikkilamchi usullarini amalga oshirish uchun obyekt tanlashda
    quyidagilarga asoslaniladi:
    1. Qoldiq neftga to‘yinganlik g‘ovak muhitning hajmini kamida 35% ni tashkil
    qilishi
    lozim.
    Chunki
    neftga
    to‘yinganlik
    bundan
    ham
    pastrok
    bo‘lganda
    qatlamdan olinayotgan 1t neft uchun sarflanadigan ishchi agentning solishtirma sarfi
    ko‘payishi hisobiga jarayonning samaradorligi tezda tushadi.
    2. Bog‘liq suvning miqdori jinsda 25% gacha bo‘lsa suv haydash samaralirok
    bo‘ladi. Bog‘liq suvning miqdorini bundan hamko’proq bulishi jarayonning
    samaradorligini pasaytiradi.
    Qaydqilingan
    usulni qo‘llash
    uchun
    suvga
    to‘yinganlikning chegarasi 55% ni tashkil qiladi. Qatlamga gaz haydashni bog‘liq
    suvning miqdori bundan hamko’proq bo‘lgan hollarda qo‘llasa bo‘ladi; bu holatda
    suvga to‘yinganlikni chegarasi 70% ga teng;


    3.
    Har xil o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qatlamchalardan tuzilgan turli tog’’
    jinslaridan iborat qatlamlarni ishchi agentni har biriga alohida haydash uchun ikki –
    uch obyektga bo‘lish (bunda pachkalarning qalinligi 10-20 m ni tashkil qilishi kerak)
    maqsadga muvoffik. Bunday tog’’ jinslarida haydovchi quduqlar kesimidagi yuqori
    o‘tkazuvchanli qatlamchalarni izolyatsiya qilish (berkitish) tadbirlarini o‘tqazish
    kerak;
    4. Qatlamning fatsial o‘zgaruvchanligi, linzasimonligi va qalinligini kichikligi
    xolatlarida
    ko‘shni quduqlar bir-biridan ta’sirlanmaydi, bunda neft olishning
    ikkilamchi usullari kerakli samarani bermaydi.
    5. O‘piriluvchan va bo‘sh tog’‘ jinslaridan tashkil topgan qatlamlarda quduq tubi tikini
    hosil bo‘lishi va ular bilan doimiy kurashib turish lozimligi tufayli neft olishni
    ikkilamchi usullarini tashkil qilish qulay emas.
    6. Qatlamni bir necha bloklarga bo‘luvchi tektonik buzilishlar bo‘lsa, har kaysi blokni
    ta’sir qilishning mustaqil obyekti sifatida karash kerak.


    7. Neft olishning ikkilamchi usullarini qo‘llash uchun erigan gaz rejimidagi yopik
    qatlamlar qulay obektlarhisoblanadi.
    8. Yuqorida keltirilganidek qatlamning yuqori suvlanganligi maydon bo‘ylab suv
    haydash samaradorligini pasaytiradi. Qatlamning yuqori gazga to‘yinganligi gaz
    haydash uchun ma’qul emas. Chunki bu xolat ishchi agentni muddatidan oldin
    oluvchi quduqlarga o‘tib ketishiga va uni solishtirma sarfini ko‘payishiga olib keladi.
    9.
    Ishchi
    agentning
    solishtirma
    sarfi
    neftning
    sifatiga
    bog‘liq.
    Neft
    qovushqoqligini yuqori bo‘lishi suv, gaz va havoning solishtirma sarfini ko‘p
    bulishiga olib keladi.
    10. Neft olishning ikkilamchi usullarini amalga oshirishda butun ishlatish
    obyektini ta’sir bilan qamrab olish kerak. Usul qo‘llanalayotgan qatlamlar to‘g‘ri
    quduqlar turiga ega bo‘lishi lozim, agarda bunday to‘r bo‘lmasa qo‘shimcha
    quduqlarni qazishni loyihalashtirish kerak.


    Suv va gazni qatlamning biror bir qismiga yoki butun qatlamga haydashda
    quyidagilarni o‘zgarishi kuzatiladi:
    а) qatlam bosimi yoki quduqlardagi satx;
    b) quduqlarning mahsuldorlik koeffitsiyenti yoki mahsulot miqdori; 
    v) gaz omili yoki quduqlarni suvlanish foizi;
    g) olinayotgan neft, suv va gazning tarkibi; 
    d) suvlilik va gazlilik konturi;
    y) haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligi.


    ❑Olingan ma’lumotlar ishchi agent haydashning texnologik jarayonini: haydash
    bosimi, ishchi agent miqdori, butun qatlam va alohida quduqlar bo‘yicha
    mahsulot olish va haydash sur’atini o‘rnatish uchun asos qilib olinadi.
    ❑Neft olishni ikkilamchi usullari qo‘llanilayotganda haydovchi quduqlardan
    oluvchi quduqlarga ishchi agentni o‘tib ketishiga qarshi kurashishga asosiy
    e’tiborni karatish zarur. Ishchi agentni o‘tib ketishini gaz omili va suvlanish
    foizini (jarayonning boshlang‘ich bosqichidayok) tezda ko‘payishi bilan bir
    vaqtda quduqlar mahsulot miqdorini kamayishidan bilsa bo‘ladi.


    Ishchi agentni o‘tib ketishi bilan kurashishning vositalariga quyidagilar kiradi: 
    1) ishchi agent o‘tib ketayotgan hududlarda ishchi agentni haydash hajmini va
    quduqlar debitini cheklash;
    2) mahsulot oluvchi quduqlarni davriy ishlatish va haydovchi quduqlardan ishchi
    agentni davriy haydash;
    3) haydovchi quduqlar kesimidagi yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarni paker
    o‘rnatish va boshqa tadbirlarni qo‘llash orqali izolyatsiya qilish;
    4) havo haydashda haydovchi quduqlarga davriy suv xaydab turish. 
    Neft olishning ikkilamchi usullari amalga oshirilayotgan davrda butun jarayonni
    geologik-texnik xujjatini aniq yuritish lozim.



    Download 411.7 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 411.7 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Neft konlarini suv bostirish usullarini qo‘llab ishlatish

    Download 411.7 Kb.
    Pdf ko'rish