Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini




Download 411.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana07.11.2023
Hajmi411.7 Kb.
#95226
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu
referat, 47 mavzu, Презентация1, detalization 2023-01-01 2023-01-05 828, JAMOLIDDINOVA KAMOLAXON, tavsiyanoma, Основы Архивоведения, L, 1 - АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ МАВЗУ ДАРАХТ–БУТА ЎСИМЛИКЛАРИ СИСТЕМАТИКАСИ. ДЕНДРОФЛОРА ВА БИНАР НОМЕНКЛАТУРАСИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА, Muloqot-texnologiyasi (1), Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «t, 11-mavzu, 1-mavzu, Mavzu Neft qudug’ini favvora usulida ishlatish Ma’ruza rejasi (1)
3. Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini
qo‘llanilish tarixi
❖ Farg’ona vodiysidagi neft konlarining ko‘p qismi Ulug’ Vatan urushi va undan
keyingi yillarda sanoat miqyosida ishga tushirilgan (1940-1950 yillar). Bu davrda
neft uyumlarining geologik tuzilishi va ularning fizikaviy xususiyatlarni tabiiyki,
yetarli darajada tadqiqot qilinmagan bo‘lib, suv haydash tizimlari o‘zining
ishlatilishi jarayonida bir necha bor qayta o‘zgartirilgan. Bular quyidagilardan
iborat:
suv
haydash
chizigini
neft
olinayotgan
maydonga
yaqinlashtirish,
qo‘shimcha haydovchi quduqlarni ishga tushirish, suv haydashni vaqtinchalik
to’xtatish, bir qator holatlarda qo‘llanilayotgan tizimdan butunlay voz kechish.
❖ O‘zbekistonda neft uyumlariga
suv
haydashning quyidagi
usullari
qo‘llanilmoqda: suv-neft
chegarasi
yoniga,
kombinatsiyalashgan
(chegara
yoniga+chegara ichiga), chegara ichiga.


Chegara yoniga suv haydash birinchi bor Janubiy Olamushuk konining V+VI
gorizontlarida 1952 yilda qo‘llanilgan bo‘lib, Fargona vodiysining 90% neft
uyumlarida o‘zlashtirishga urinib ko‘rildi. Biroq ba’zi konlarda yaxshi natijaga
erishilmagach, bu usulni uyum ichiga suv haydash usullari bilan kombinatsiyada
qo‘llanildi.
Asosiy sabablar esa quyidagilardan iborat:
1) Boshlang‘ich suv-neft chegarasi atrofida kollektorlik xususiyatlarining
yomonlashganligi va tog’ jinslarining har xilligi;
2) Kollektorlarning har xilligi, tektonik va litologik buzilishlarning mavjudligi
tufayli neft uyumining alohida qismlari orasida gidrodinamik aloqaning yomonligi;
3) Terrigen va karbonat kollektorlarida o‘tkazuvchanlik xususiyatining pastligi
va ularning kesimida gilli qatlamchalarning ko‘pligi.


Hozirgi davrda chegara yoniga suv haydash Xo‘jaobod konining III, VII, VIII 
gorizontlarida, Janubiy Olamushuk konining KKS gorizontida qo‘llanilmokda.
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra suv haydash jarayonini jadallashtirish maqsadida 1960-
1962 yillarda kombinatsiyalashgan
usulning quyidagi ko‘rinishlari
o‘zlashtirildi:
1) Chegara yoniga va o‘choqsimon;
2) Chegara yoniga va maydon o‘qi bo‘ylab;
3) Chegara yoniga suv va uyum gumbazining yuqori qismiga gaz haydash. 
Kombinatsiyalashgan suv haydashning birinchi ko‘rinishi Andijon konining III
gorizonti (sharkiy maydon) terrigen kollektorida va Xo‘jaobod konining shu
gorizontida o‘zlashtirildi. Bu usulning qo‘llanishi ko‘pgina neft uyumlarida
birinchidan, Haydalayotgan suvdan samarali foydalanish; ikkinchidan, maydon
bo‘ylab qatlam bosimini muvofiqlashtirish, uchinchidan, neft uyumining tektonik va
litologik to‘silgan kesimlariga suv haydash orqali ta’sir qilish imkoniyatlarni berdi.


✓ Ikkinchi ko‘rinishda suv haydash Janubiy Olamushuk konining I, V+VI va VIII
gorizontlarida va Bo‘ston konining III gorizontida keng qo‘llanildi. Bu konlarda
qatlamning gumbaz qismi murakkab geologik tuzilishdan iboratligi sababli
kombinatsiyalashgan suv haydashning ikkinchi ko‘rinishi samaradorligi boshqa
usullarga nisbatan past bo‘lib chiqdi.
✓ Kombinatsiyalashgan ta’sir ko‘rsatishning uchinchi ko‘rinishi Cho‘ngara-Galcha
konining VI gorizontida va Shimoliy So‘x konining VIII gorizontida qo‘llanilganda
o‘zining boshqa usullarga karaganda samaradarligi yuqori ekanligini isbotladi.
✓ Bir vaqtning o‘zida qatlamga gaz va suv haydashning asosiy afzalliklarigi
quyidagilarni kiritish mumkin:
а) gaz haydovchi quduqlarning kichik fondida ham uyumni haydalayotgan gaz ta’sirida
tezda qamrab olish imkonini beradi;
✓ b) konda gaz haydashni tashkil qilish suv haydashni tashkil qilishga nisbatan kam
vaqt talab qiladi;
✓ v) usulning nisbatan soddaligi va arzonligi.


❖ Chegara ichiga suv haydash kam qo‘llaniladigan usullardan biri xisolanib,
Maylisu-IV konining V+VII gorizontlarida va Janubiy Olamushuk konining
III gorizontida o‘zlashtirilgan.
❖ Shunday qilib, 1952 yildan boshlab uyumlarning neft beraolishligini oshirish
maqsadida
Fargona
vodiysi
sharoitida
O‘zbekistonda
suv
bostirish
usullarini
o‘zlashtirish,
qo‘llash
maqsadida
katta
miqyosda
sanoat
eksperimenti
o‘tkazildi.
Bunda
olimlardan
P.K.Azimov,
S.N.Nazarov,
G.A.Alijanov, X.M.Turg‘unov va konlarni muxandis-texnik xodimlaridan
V.P.Akulov, A.M.Akramov, L.I.Kalantarov va N.R.Raximovlarning xizmati
beqiyosdir.



Download 411.7 Kb.
1   2   3   4   5




Download 411.7 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini

Download 411.7 Kb.
Pdf ko'rish