• «Роса» tormoz suyuqliqi.
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    «Томь» tormoz suyuqligi. «Нева» tormoz suyuqligi o‘rnini 
    bosish uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy komponentlari to‘yingan 
    glikolli efir, poliefir. borat kislotalari va korroziyaga qarshi qo‘shil-
    malardan iborat. Yengil va yuk avtomobillari tormoz tizimlari 
    gidroyuritmalarida ishlatiladi. «Нева» tormoz suyuqligiga nisbatan 
    bir qancha afzalliklarga ega, qaynash harorati nisbatan yuqori. 
    «Нева» tormoz suyuqligi bilan ixtiyoriy nisbatda aralashtirish 
    mumkin. 
    «Роса» tormoz suyuqliqi. Yangi turdagi avtomobillar, birinchi 
    navbatda, ВАЗ–2108 aviomobili uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy 
    komponeriti borli efir bo‘lib, tarkibida korroziyaga qarshi qo‘shil-
    malar qo‘shiladi. Tormoz suyuqligining qaynash harorati 260°С ni 
    tashkil etadi. Suyuqlikning bu xususiyati ushbu suyuqlikdan og‘ir 
    ish sharoitlarida ishonchli foydalanishni ta’minlaydi va suyuqlikning 


    184
    ish muddatini uzaytirishga imkon beradi. «Роса» tormoz suyuqligi-
    ni «Томь» va «Нева» suyuqliklari o‘rniga ishlatish mumkin. 
    Tormoz suyuqliklarini bir-biridan farqlash qaynash harorati va 
    past haroratlardagi ko‘rsatkichlarga asosan belgilanadi. Qaynash 
    harorati bo‘yicha eng yaxshi tormoz suyuqligi «Роса», eng yomon 
    ko‘rsatkichga ega bo‘lgan suyuqlik esa БСК suyuqligidir. Foyda-
    lanish jarayonida glikol asosidagi suyuqliklarning qaynash haro-
    rati pasayadi va ikki yil mobaynida ishlatilganidan so‘ng suyuqli-
    kning qaynash harorati quyidagicha bo‘ladi: «Нева» – 135–140°C, 
    «Томь» – 150– 160°C va «Роса» – 160–165°C. БСК suyuqligining 
    qaynash harorati 110°C. Shuning uchun БСК suyuqligi shoshilinch 
    ravishda tormoz bosiladigan og‘ir ish sharoitlarida tormoz tizimi-
    ning ishonchli ishlashini ta’minlay olmaydi. 
    Tormoz tizimlarida bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishining oldini olish 
    maqsadida ish sharoitidan kelib chiqqan holda tormoz suyuqlikla-
    rini almashtirish muddati quyidagicha tavsiya etiladi: «Нева» – 
    1–2 yil; «Томь» va «Роса» – 2 yil. 
    BCK suyuqligining past haroratlardagi ko‘rsatkichlari qoniqar-
    siz bo‘lib, minus 15–17°C haroratdayoq kanakunjut moyining 
    kristallari hosil bo‘ladi. Haroratning bundan ham pasayishi suyuq-
    likning tizim bo‘ylab harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Minus 20°C 
    haroratda БСК suyuqligi yaroqsiz holga keladi. «Нева», «Томь» va 
    «Роса» suyuqliklaridan minus 40–45°C haroratgacha foydalanish 
    mumkin. 
    Sovuq iqlim sharoitida ishlatiladigan avtomobillar uchun minus 
    55°C haroratdagi qovushoqlik 1500 mm
    2
    /s dan kam bo‘lmagan 
    maxsus suyuqlik zarur bo‘ladi. Bunday suyuqlik bo‘lmaganida, 
    «Нева» va «Томь» suyuqligiga 15–20 foiz miqdorida etil spir-
    ti qo‘shib ishlatish mumkin. Hosil bo‘lgan suyuqlik minus 60°C 
    gacha haroratda ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Lekin bu aralashma 
    rezina manjetlarning jipsligini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun 
    tormoz suyuqligiga spirt aralashtirish majburiy hol hisoblanadi va 
    qish mavsumi tugaganidan so‘ng aralashma tizimdan quyib olinishi 
    zarur. 
    185
    «Нева», «Томь» va «Роса» suyuqliklari bir­birini almashtirishi 
    mumkin, ularni o‘zaro istalgan nisbatda aralashtirish mumkin. 
    Bu suyuqliklami БСК suyuqligiga aralashtirish mumkin emas, 
    chunki bunda suyuqlik o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. 
    «Нева» va «Томь» suyuqliklari xorij texnikalarida qo‘llaniladi-
    gan xalqaro tasniflardagi ДОТ–3 (qaynash harorati 205°C) suyuq­
    ligiga, «Роса» suyuqligi esa ДOТ–4 (qaynash harorati 230°C dan 
    yuqori) suyuqligiga mos keladi. 
    БСК suyuqligi zamonaviy avtomobillarda qo‘llanilmaydi. 
    Ba’zi tormoz suyuqliklarining asosiy xususiyatlari 7. 1- jadval-
    da keltirilgan. 
    7. 1- jadval

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish