• 40 va 65 markali past haroratlarda muzlaydigan suyuq- liklar.
  • Antifriz bilan ishlash qoidalari.
  • Gidravlik tizimlar uchun suyuqliklar
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Tosol A–40, A–65 suyuqliklari. A–40 (1985- yildan keyin 
    A40–M) tosolining muzlash harorati –40°C, A–65 tosolning muz-
    lash harorati esa –65°C. Bu suyuqliklar kengayish bakchasi bo‘l gan 
    yopiq sovitish tizimlarida (ВАЗ, «Волга», КамАЗ va boshqalar) 
    yil davomida foydalanish uchun mo‘ljallangan. A tosoli muzlash 
    177
    harorati –21,5°C va 20°C haroratdagi zichligi 1,12–1,14 g/ sm
    3
    bo‘lgan antifriz konsentranti (massasi bo‘yicha miqdori 96 foiz 
    bo‘lgan etilenglikol, suv ko‘pi bilan 3 foiz, qolgani korroziyala-
    nishga va ko‘pik hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatuvchi qo‘shilma-
    lar)dan iborat A–40 tosolini olish uchun 1 l aralashmaga 0,79 l
    A–65 tosolini olish uchun esa 0,58 l distillangan suv qo‘shiladi. 
    Tosollar ko‘kish-yashil rangda bo‘ladi. Tosollar sovitish tizimida 
    avtomobil har 60 ming km yo‘l yurganidan keyin, ikki yilda bir 
    marta almashtirilishi lozim. 
    40 va 65 markali past haroratlarda muzlaydigan suyuq-
    liklar. Bu suyuqliklar bilan kengayish bochkasi bo‘lmagan berk 
    sovitish tizimlari (ВАЗ; ГАЗ–53А; КрАЗ va boshqa avtomobil­
    lar) to‘ldiriladi. Bu suyuqliklarning muzlash harorati mos ravishda 
    –40 va –65°C ga teng. 40 markali antifriz och sariq rangda bo‘lib, 
    tarkibida 53–55 foiz etilenglikoldan, qolgani esa suvdan iborat. 
    65 markali suyuqlik esa zarg‘aldoq rangda bo‘lib, 66 foiz etileng-
    likol va 33 foiz suvdan tashkil topgan. Past haroratda muzlaydigan 
    suyuqliklar sovitish tizimidan bahorda (avtomobilni yozda foyda-
    lanishga tayyorlayotgan paytda) to‘kiladi. 
    Keyingi yillarda yangi Лена–40 sovituvchi suyuqligi ishlab 
    chiqarilmoqda. Bu suyuqlikning xususiyatlari A40–M tosoliga ya-
    qin, ammo cho‘yan va aluminiydan tayyorlangan detallarni kamroq 
    korroziyalaydi. 
    Antifriz bilan ishlash qoidalari. Etilenglikolli suyuqliklarning 
    asosiy kamchiligi ularning zaharliligidir. Buni avtotransport egalari 
    va ularga xizmat ko‘rsatadigan barcha ishchi-xizmatchilar bilishi 
    lozim. Sof etilenglikolning o‘zigina emas, balki uning suvdagi erit-
    masi ham kuchli zahar hisoblanadi. Antifriz bilan zaharlangan kishi 
    hatto halok bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun quyidagi xavfsi-
    zlik texnikasi qoidalariga to‘la amal qilish zarur:
    – antifrizni shlang orqali og‘iz bilan so‘rib tortish mumkin 
    emas, chunki etilenglikol zaharlidir. Etilenglikol oshqozonga tush-
    sa, uni zaharlaydi. Atifrizning 100 g dozasi odamni o‘ldiradi. Anti-
    friz teri uchun xavfsiz;


    178
    – antifrizni faqat benuqson (suyuqlik oqmaydigan va tomchi-
    lamaydigan) sovitish tizimlarida ishlatish mumkin, chunki antifriz 
    juda kichik tirqishlardan ham osongina sizib chiqadi (suv sizmay-
    digan tirqishlardan antifriz bemalol sizishi mumkin, shuning uchun 
    antifriz quyishdan oldin tizimni tekshirish lozim);
    – avtomobil bo‘yog‘i shikastlanmasligi uchun sovitish tizimiga 
    antifriz quyilayotganda uning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
    – sovitish tizimida suyuqlik bug‘lanishi natijasida antifrizning 
    sathi pasaysa, radiatorga suv quyiladi, chunki etilenglikol bug‘lan-
    maydi;
    – qishda antifrizning zichligi muntazam ravishda gidrometr bi-
    lan tekshirib turiladi;
    – antifriz bilan ishlab bo‘lingach qo‘lni sovunlab yuvish shart. 
    Antifriz tekkan qo‘l bilan ovqatlanmaslik, chekmaslik kerak. 
    7. 5. Gidravlik tizimlar uchun suyuqliklar
    Zamonaviy avtomobillar va boshqa mashinalarda har xil me-
    xanizmlarni harakatga keltirish uchun gidravlik yuritmalardan 
    tobora keng foydalanilmoqda. Ularda ishchi suyuqlik sifatida ish-
    latiladigan moylarning gazlar va qattiq jismlarga nisbatan katta 
    afzalligi bor – ular deyarli siqilmaydi. Ularning bu xossasi kuch 
    uzatish jarayonini ravon, silkinishsiz va shovqinsiz amalga oshirish 
    imkonini beradi. 
    Moylarning gidravlik tizimlarda ishlash sharoiti juda og‘ir: ish 
    harorati yozda +60–80°C ga yetadi, qishda esa –30– 40°C dan ham 
    pasayib ketishi mumkin; ishchi bosim 10 MPa ga, gidrohajmiy 
    uzat malarda esa 40 MPa ga yetadi. 
    Gidrotizimlar ishonchli va uzoq muddat ishlashi uchun ish-
    chi suyuqlikka quyidagi talablar qo‘yiladi: harorat o‘zgarganida 
    gidrotizim ishonchli ishlashi uchun moyning qovushoqligi katta 
    bo‘lmasligi, shu bilan birga, tizim bo‘ylab ravon siljishi, ishchi de-
    tallarning yeyilmasligi va tirqishlar orqali kam isrof bo‘lishi uchun 
    179
    uning qovushoqligi yetarli bo‘lishi lozim; qotish harorati tashqi 
    muhit haroratidan ancha past (15–20°C) bo‘lishi kerak; moylash 
    xususiyati yaxshi bo‘lishi, rangli, qora metallar va ularning qotish-
    malarini korroziyalamasligi, shuningdek, rezina, charm va boshqa 
    zichlamalarni yemirmasligi lozim. Saqlashda, ayniqsa, ishlatish ja-
    rayonida tarkibi o‘zgarmasligi, qatlamlanmasligi, gidrotizim kanal-
    lariga tiqilib qoladigan moddalar ajratmasligi (ya’ni kimyoviy va 
    issiqlik ta’sirilariga turg‘un bo‘lishi) lozim. Ular tarkibida suv va 
    mexanik aralashmalar bo‘lmasligi kerak. 
    Gidravlik moylar qovushoqligi bo‘yicha 10 klassga (5, 7, 10, 
    15, 22, 32, 46, 68, 100 va 150) va ishlatilish xususiyatlari bo‘yicha 
    3 guruhga (А, Б va B) bo‘linadi. Masalan, МГ–15В gidravlik moyi: 
    МГ – mineral gidravlik moy; 15 – qovushoqlik klassi; B – moyning 
    ishlatilish xususiyati bo‘yicha guruhi. 
    Gidravlik tizimlarda qo‘llash uchun 20 dan ortiq turdagi moylar, 
    asosan neft distillatlariga qo‘shilmalar aralashtirish yo‘li bilan ish-
    lab chiqiladi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish