• МГ–30 gidravlik moyi.
  • МГЕ–10А moyi.
  • Maxsus АМГ–10 gidravlik moyi.
  • Tormoz suyuqliklari
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    МГ–22–А vereten moyi. Gidrotizimlarda nisbatan ko‘proq ish-
    latiladi, undan minus 35°C dan 90°C gacha bo‘lgan haroratlarda 
    foydalanish mumkin. Ushbu moyga zanglashga va oksidlanishga 
    qarshi qo‘shilmalar qo‘shish yo‘li bilan МГ–22–Б vereten moyi 
    olinadi. МГ–22–Б moyining yuqori ish harorati 125°C gacha. 
    МГ–30 gidravlik moyi. И–30А sanoat moyiga oksidlanish-
    ga qarshi, depressorli va ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shib 
    olinadi. Bu moy ishchi bosimi 20 MPa gacha bo‘lgan yo‘l qurilish 
    va ko‘tarish mashinalarining gidrotizimlarida ishlatiladi. 
    МГЕ–10А moyi. Yagona gidravlik moy sifatida ishlatiladi. Uni 
    ishlatish doirasi –60°C dan 90°C gacha. –60°C dagi qovushoqligi 
    10 mm
    2
    /s ga teng, qotish harorati –70°C. 
    И–20А, И–30А, И–120А sanoat va АУ urchuq moylari. O‘zi 
    ag‘daruvchi avtomobillar platformasini ko‘tarish mexanizmining 
    tizimlari yozda И–20А yoki И–30А moyi bilan, qishda И–12А 
    yoki АУ moyi bilan to‘ldiriladi. 


    180
    Maxsus АМГ–10 gidravlik moyi. Bu moyga qizil rang beril-
    gan. U o‘zi ag‘daruvchi avtomobillarning ko‘tarish mexanizmlari 
    uchun qishda –35°C dan past haroratlarda И–12А va A markali 
    moylar o‘rnida ishlatiladi. 
    Asboblar uchun vazelinli МВП moyi. 60 foiz transformator 
    moyi va 40 foiz И–12А sanoat moyidan iborat aralashma. МВП 
    moyi ГАЗ, ЗИЛ, КАЗ, «Урал», КамаАЗ yuk avtomobillarida hay-
    dovchining asboblar majmuasiga kiruvchi gidravlik domkratlarga; 
    aralashma esa МАЗ, КрАЗ avtomobillari va ЛиАЗ avtobuslaridagi 
    gidravlik domkratlarga quyiladi. 
    Gidrotizimlar uchun ishchi suyuqliklarga qo‘yiladigan talablar-
    ga to‘la javob bermasa ham (yuqori qovushoqlik, harorat pasay-
    ganida qovushoqligining keskin ortishi va hokazo), motor moylari-
    dan (B guruhdagi motor moylaridan foydalanishga ruxsat etilishini 
    nazarda tutish lozim) ma’lum darajada foydalanish mumkin. 
    Gidromexanik uzatmalarda ishlatiladigan moylar oltingugurtli-
    parafinli neftlarning kam qovushoqlikka ega bo‘lgan fraksiyalarini 
    selektiv tozalab, parafinsizlantirib va qo‘shilmalar (poliizobuten, 
    polimetakrilat) qo‘shib quyultirish yo‘li bilan tayyorlanadi. 
    Gidromexanik uzatmalar uchun uchta markadagi moylar ishlab 
    chiqiladi:
    A – gidrotransformatorlar va avtomatik uzatmalar qutisi uchun;
    P – rul boshqarmalarining gidravlik kuchaytirgichi va gidro-
    hajmli uzatmalar uchun;
    МГТ – gidromexanik uzatmalar qutisi va har xil gidravlik uzat­
    malar uchun. 
    7. 6. Tormoz suyuqliklari
    Bu suyuqliklar gidravlik tormoz yuritmasi va ilashish muftasi 
    boshqarmasining yuritish tizimlarini to‘ldirish uchun ishlatiladi. 
    Tormoz suyuqliklari quyidagi asosiy talablarga javob berishi 
    lozim: qovushoqligi haroratga bog‘liq ravishda mumkin qadar kam 
    181
    o‘zgarishi; qotish harorati past bo‘lishi (mo‘tadil iqlim sharoiti 
    uchun –40°C va shimoliy hududlar uchun –65°C); qaynash haro-
    rati yuqori (barabanli tormoz tizimlari uchun 115°C dan va diskli 
    tormoz tizimlari uchun 190°C dan past emas) bo‘lishi; moylash xu-
    susiyatlari yaxshi bo‘lishi; metall detallarni korroziyalamasligi va 
    rezinadan ishlangan detallarni buzuvchi xususiyatga ega bo‘lmasli-
    gi lozim. 
    Transport vositalarini ishlatish tajribasining ko‘rsatishicha, yuk 
    avtomobillari tormoz tizimining gidroo‘tkazgichlaridagi tormoz 
    suyuqligining harorati, odatda, 100°C dan ortmaydi. Tormozlanish 
    jadalliligi yuqori bo‘lgan sharoitlarda esa, masalan, tog‘ yo‘llarida, 
    suyuqlik harorati 120°C ga yetishi va undan ham ortishi mumkin. 
    Diskli tormoz tizimli yengil avtomobillar magistral yo‘llar-
    da harakatlanganida, ishchi suyuqlik harorati 60–70°C ga, shahar 
    sharoitida 80–100°C ga, tog‘li hududlardagi yo‘llarda 100–120°C, 
    yuqori tezlikda harakatlanayotganida, yuqori jadallik bilan tormo-
    zlanganida esa 150°C ga yetishi mumkin. Ba’zi bir hollarda (max-
    sus mashinalar, sport avtomobillari va boshqalar) ishchi suyuq-
    lik harorati yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlardan ham ortib ketishi 
    mumkin. 
    Xalqaro standart talablariga binoan, odatdagi sharoitlarda avto-
    mobillarni «quruq» va «namlangan» tormozlashda ishchi suyuq-
    likning qaynash harorati mos ravishda 205 va 140°C dan kam 
    bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, yuqori tezlikda yoki tez-tez va 
    yuqori jadallilik bilan tormoz bosilishi talab etiladigan sharoitlar-
    da esa ishchi suyuqlikning qaynash harorati mos ravishda 230 va 
    155°C dan kam bo‘lmasligi lozim. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish