Diskli tormoz mexanizmini qismlarga




Download 2,92 Mb.
bet1/4
Sana16.01.2024
Hajmi2,92 Mb.
#138776
  1   2   3   4
Bog'liq
15-mavzu.


REJA
01
02
03
DISKLI TORMOZ MEXANIZMINI QISMLARGA
AJRATISH VA YIG‘ISH
Diskli tormoz mexanizmining vazifasi
Diskli tormoz mexanizmining umumiy tuzilishi
Diskli tormoz mexanizmi
DISKLI TORMOZ MEXANIZMINING VAZIFASI
01
Gidroyuritmali bo'lgan diskli tormoz mexanizmi g'ildirak gupchagiga mahkamlangan tormoz-lash diskidan iborat. Tormozlash diski oddingi osma stoykasiga mahkamlangan yarimta skobalar oralig'ida aylanadi. Har bir yarimta skobaga kichik va katta porshenlar tushadigan g'ildirak silindrlari o'yilgan.
Tormoz pedali bosilganda suyuqlik asosiy tormoz silindridan shlanglar orqali oqib, g'ildirak silindrlari bo'shlig'iga kirib keladi va bosimni porshenlarga uzatadi. Ular siljib, o'z navbatida ikki tomondan tormoz kolodkalarini diskka siqadi, shuning hisobiga tormozlanish sodir bo'ladi. Pedal qo'yib yuborilganda yuritmadagi suyuqlik bosimi pasayib ketadi, porshenlar va zichlovchi manjetalar qayishqoqligi hamda diskning o'q bo'ylab tepishi ta'sirida undan uzoqlashadi va tormozlanish davom etmaydi.
01
Silindrning ichki bo'shlig'i rezervuar bilan o'tkazuvchi va moensatsiyalovchi teshiklar orqali tutashadi. Rezervuar qopqog'ida suyuqlik quyish uchun rezbali teshik ochilgan va tiqin vositasida berkitilgan. Tormoz pedali bosilganda, turtkich ta'sirida porshen anieta bilan birga suriladi va teshikni berkitadi. Natijada silindrdagi uvuqlik bosimi ortadi, haydash klapani ochiladi va suyuqlik tormoz mexanizmlariga yuboriladi. Agar pedal qo'yib yuborilsa, yuritmadagi suyuqlik bosimi pasayadi va u silindrga qaytadi. Bu paytda ortiqcha suyuqlik, kompensatsiyalovchi teshik orqali rezervuarga oqib o'tadi. Xuddi shu vaqtda prujina klapanga ta'sir etib, pedal to'liq qo'yib yuborilgandan keyin ham yuritma tizimida uncha katta bo'lmagan ortiqcha bosimni tutib turadi.
Pedal keskin qo'yib yuborilganda porshen chetki holatga manjetaga nisbatan tez qaytadi va suyuqlik silindrdagi ozod bo'lgan bo'shliqni to'ldira boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda bo'shliqda siyraklanish yuzaga keladi. Ushbu hodisani yo'qotish uchun porshen tubida teshiklar ochilgan.
Ular silindrning ichkl bo'shlig'ini porshenning ichki bo'shlig'i bilan tutashtirib turadi.
Bu teshiklardan suyuqlik siyraklanish zonasiga oqib o'tadi va silindrga havo so'rilib qolishi bartaraf etiladi. Manjetaning orqaga qaytishi davomida suyuqlik porshenning ichki bo'shlig'iga, undan esa o'tkazuvchi teshiklar orqali rezervuarga siqib chiqariladi.

Download 2,92 Mb.
  1   2   3   4




Download 2,92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Diskli tormoz mexanizmini qismlarga

Download 2,92 Mb.