|
Tormoz mexanizmi aylanuvchi detallar
|
bet | 3/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 2,92 Mb. | | #138776 |
Bog'liq 15-mavzu.Tormoz mexanizmi aylanuvchi detallar: disk 3, gupchak 4 va aylanmaydigan detallar support 1, kolodkalar 14 yo‘naltirgich 11 himoyalovchi g‘ilof 2 dan tashkil topgan. Kolodkalarni yo‘naltirgich toqa shaklida yasalgan bo‘lib, to‘rtta bo‘rtiqqa ega, bo‘rtiqlarning ikkitasida burilish sapfasiga qotirish uchun rezbali teshiklar bor. Qolgan ikkitasida yo‘naltiruvchi barmoqlar 10 uchun teshiklar yasalgan. Kolodkalar yo‘naltiruvchi kronshteynga plastinkasimon prujina yordamida siqiladi. Bu tormoz kolodkalarining yo‘naltiruvchi kronshteyniga zich o‘tirishini ta’minlaydi va ularning tebranishiga va shovqin chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi.
Tormozining ishlash printsipi.
DISKLI TORMOZ MEXANIZMINING UMUMIY TUZILISHI
02
Tormoz kolodkalarining asosi po‘latdan yasalgan bo‘lib, ularga friksion qoplama 15 yopishtirilgan. G‘ildirak silindrining ichki bo‘shlig‘iga ichi bo‘sh porshen o‘rnatilgan va u silindr rezina manjet yordamida zichlangan.
Manjetning ko‘ndalang qirqimi trapesiyasimon shaklga ega va silindrning ariqchasida joylashib porshenni to‘liq qamrab oladi. Silindr bo‘shlig‘i rezina g‘ilof 6 bilan himoyalangan. Rezina g‘ilof chetlari porshen va silindr o‘yiqchalariga yotkizilgan. Silindrda ikkita teshik ochilgan.
Ulardan biriga tormoz yuritmasidagi havoni chiqarish uchun shtuser 16 o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchisiga ega silindrga tormoz suyuqligini uzatuvchi shtuser shlangi 17 o‘rnatilgan. Tormoz diski 3 kul rang cho‘yandan tayyorlangan.
Tormoz kolodkalari
DISKLI TORMOZ MEXANIZMINING UMUMIY TUZILISHI
03
Diskli tormoz aylanuvchi valga o'rnatilgan tormoz diski va unga ishqalanib tormozlovchi harakatlanmaydigan disk yoki kolodkalardan iborat. Dasta bilan boshqariladigan bir diskli tormoz quyidagicha tuzilgan. Transmissiya valiga mahkamlangan tormoz diskining ikki yoniga friksion nakladkali kolodkalar o'rnatilgan dasta tortilganda kolodkalar diskka siqilib uni tormozlaydi. Bunda siqilgan holda o'rnatilgan prujina yana siqiladi.
Dasta bo'shatish bilan kolodkalar prujina kuchi ta'sirida kerilib diskdan uzoqlashadi, transmissiya vali tormozlanmaydi.
Pedal bilan boshqariladigan ikki diskli tormozning aylanuvchi valiga o'rnatilgan friksion nakladkali disklari va shariklar bilan suriladigan siquvchi disklari bor. Siquvchi disklar bir biriga prujinalar bilan tortib qo'yilgan, ularning sirtida bir tomoni chuqurrok qilingan bir necha o'yig'i bor Tormoz pedali bosilmaganda disklar orasidagi shariklar o'yiqlarning chuqur tomoniga joylashib, disklarni kermaydi. Pedal bosilganda siquvchi disklar tortqi va boldoqlar yordamida qarama qarshi tomonga buriladi. Bunda shariklar disklar o'yig'ining yuzaroq qismiga tiralib, ularni keradi. Siquvchi disklar aylanuvchi disklarga tiralib, ularni tormozlaydi.
Kolodkali tormoz aylanuvchi baraban va qo'zgalmas kolodkalardan iborat. G'ildirak diskli baraban shpilkalarga mahkamlangan.
|
| |