• Korroziya va cho‘kindi hosil bo‘lishiga qarshi qo‘shilmalar- dan foydalanish.
  • Past haroratda muzlaydigan suyuqliklar
  • Etilenglikolli antifrizlarning zichligi ρ va muzlash
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Suvga magnit bilan ishlov berish. Suvni yumshatishda mag-
    nit bilan ishlov berish usulidan keng foydalaniladi. Bunda magnit-
    li filtrlardan foydalaniladi (7. 2­ rasm). Magnitli filtrlar doimiy va 
    elektrik magnitdan iborat bo‘lib, qattiq suv magnit qutblar orasidan 
    o‘tkaziladi. Magnit kuch chiziqlari kesishganida quyqa hosil qiluv-
    chi tuzlar parchalanadi va cho‘kadi. Suv bu cho‘kindilardan filtr-
    lash yo‘li bilan osongina tozalanadi. 


    174
    Korroziya va cho‘kindi hosil bo‘lishiga qarshi qo‘shilmalar-
    dan foydalanish. Sharoit qattiq suvdan foydalanishni taqozo etsa
    suvning antikorrozion xususiyatini oshirish uchun sovitish tizimiga 
    quyqalarni eritib yuborish yoki zarralarni yuzalarga o‘tirishining 
    oldini oluvchi qo‘shilmalar kiritiladi. Bunday mbddalar jumlasi-
    ga geksametafosfat (5–6 mg/l), trinatriytosfat (0,2–0,3 mg/l) va 
    xrompik (10–12 mg/l) kiradi. 
    Quyqalarni tozalash. Quyqani mavsumiy texnik xizmat 
    ko‘rsatish vaqtida tozalab turish zarur. Barcha tipdagi dvigatel-
    lar uchun bu maqsadda sut kislota (60 g/l), xrompikdan (20 g/l), 
    kalsiylangan soda (100 g/l) va xrompik (2–3 g/l) aralashmasidan 
    foydalanish mumkin. Ishlov berishdan oldin dvigateldan termostat 
    chiqarib olinib, unga eritma quyiladi va 6–8 soat davomida ishlati-
    ladi. So‘ng eritma quyib olinadi va tizim toza suv bilan yaxshilab 
    yuviladi. Silindrlar blogi cho‘yan kallakka ega bo‘lgan dvigatellar 
    uchun texnik xlorid kislotaning kuchsiz (3–5 foizli) eritmasidan 
    ham foydalanish mumkin. Eritmani quyishdan oldin termostat olib 
    qo‘yiladi. Taxminan 1 soat vaqt o‘tganidan so‘ng dvigatel 5 minut 
    davomida ishlatiladi, undagi eritma bo‘shatib olinadi va sovitish 
    tizimi suv bilan yaxshilab yuviladi. 
    7. 4. Past haroratda muzlaydigan suyuqliklar
    Yilning sovuq mavsumida muzlash harorati past bo‘lgan suyuq-
    liklar – antifrizlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu suyuq-
    liklar etilenglikol (C
    2
    H
    4
    (OH)
    2
    ) bilan tarkibida korroziyalanishga 
    hamda ko‘pik hosil bo‘lishiga qarshi qo‘shilmalar bo‘lgan suv 
    aralashmasidan iborat. Etilenglikol qovushoqligi 25 mm
    2
    /s bo‘lgan 
    rangsiz yoki sarg‘ish rangdagi suyuqlik bo‘lib, uni 20°C harorat-
    dagi zichligi 1,11 g/sm
    3
    , qaynash harorati +197,5°C va muzlash 
    harorati minus 11,5°C. U suv, aseton, turli spirtlar bilan yaxshi 
    aralashadi va neft mahsulotlarida erimaydi. Etilenglikol suv bilan 
    175
    aralashtirilganida hosil bo‘lgan aralashmaning muzlash harorati har 
    ikkala tashkil etuvchinikidan (etilenglikol va suv) past bo‘ladi. 
    Etilenglikolning suvdagi eritmasini, eritma tarkibidagi suv 
    miqdoriga bog‘liq holda, muzlash haroratini o‘zgarish qonuniyati 
    7. 2- rasmda keltirilgan.
    7. 2- rasm. Etilenglikolli antifrizlarning zichligi ρ va muzlash

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish