158
Surkov moylari tarmoqlardan oqib ketmasligi uchun ularni tom-
chilab tushish haroratidan past haroratlarda ishlatish tavsiya etila-
di. Ish jarayonida surkov moyi qizishi mumkin bo‘lgan eng yuqori
harorat oson suyuqlanadigan (tomchilab tushish harorati 65°C ga-
cha) surkov moylari uchun tomchilab tushish
haroratidan kamida
10°C (boshqa moylar uchun 15°C) past bo‘lishi zarur.
6. 4. Surkov moylarining bug‘lanuvchanligi,
kolloid, mexanik va kimyoviy turg‘unligi
Surkov moylarini saqlashda va ishlatishda moy tarkibidagi
tarkibiy qismlarning bug‘lanishi va moyning kolloid turg‘unligi ye-
tarli darajada yuqori bo‘lmaganligi tufayli o‘z-o‘zidan parchalani-
shi oqibatida moy o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi. Bu
ikki jara yon
moydagi quyultirgich konsentratsiyasining ortishiga olib keladi.
Buning natijasida moyning bir jinsliligi buziladi, moyda mo‘rtlik
xususiyati paydo bo‘lgunga qadar uning
plastikligi pasayadi va
sirtlardagi moy qatlamlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun
moyni bug‘lanuvchanlik va kolloid turg‘unligi nuqtayi nazaridan
baholash zarur hisoblanadi. Bug‘lanuvchanlik 79341–74- sonli
Davlat
standarti asosida, kolloid turg‘unlik esa KCA rusumli ji-
hoz yordamida 7142–74 sonli Davlat standarti asosida aniqlanadi.
Har ikki holatda ham natija sinov
uchun olingan surkov moyiga
nisbatan bug‘lanish yoki parchalanish natijasida ajralgan moyning
foiz hisobidagi ulushi ko‘rinishida ifodalanadi.
Plastik surkov moylarining muhim xususiyati ularning mexanik
ta’sir ostida o‘z xususiyatlarini juda ham o‘zgartirib
yuborishi va
mexanik ta’sir barham topganidan so‘ng o‘z xususiyatlarini qis-
man, ba’zan esa to‘la tiklashidir. Moyning bu xususiyati ba’zan