• Penetrometr sxemasi.
  • xususiyatlarini baholash usullari




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    xususiyatlarini baholash usullari
    Moy penetratsiyasi. Plastik moylarning mexanik xususiyatlari-
    ni baholashda bir qator qiyinchiiiklarga duch kelinadi, bulardan biri 
    nisbatan jiddiy e’tibor berilishi lozim bo‘lgan, quyultirgichlar yor-
    damida hosil qilingan strukturaning tashqi muhit ta’siriga sezgirli-
    gidir. Bu xususiyat qattiq va moylar uchun
    6. 1- rasm.
    Penetrometr
    sxemasi.
    me’yorlanishi zarur bo‘lgan tavsifiy ko‘rsat-
    kichlardan biridir. Shu sababli bir qator moy-
    lash materiallarining xususiyatlari penetratsiya 
    ko‘rsatkichi bo‘yicha baholanmoqda. 
    Moy penetratsiyasini aniqlashda standart 
    penetrometrdan foydalaniladi (6. 1- rasm). 
    Penetrometrning asosiy detali yo‘naltiruvchi 
    shtativ ga o‘rnatilgan prujinali stopor yor-
    damida tutib turiladigan shtok bilan 5 qattiq 
    bog‘lanishdagi konus 2 dan iborat. 
    Penetratsiyani aniqlashda sinalishi lozim 
    bo‘lgan moy stakanga 1 quyiladi va penet-
    rometr stoliga qo‘yiladi. Shundan so‘ng stopor 
    ni ezgan holda shtok 5 ni ushlab, konus uchi 
    moy sirtiga ehtiyotkorlik bilan keltiriladi va 
    stopor 3 tezlik bilan qo‘yib yuboriladi. Tishli 
    reyka ning yuqori qismi shtok 5 ning yuqori 


    154
    qismiga ohista keltiriladi, penetrometr strelkasi ixtiyoriy yo‘na-
    lishda buralib, shkala (6) 0 holatiga keltiriladi. Bu holatda penet-
    rometr ishga tayyor hisoblanadi. Shundan so‘ng stopor 3 5 s davo-
    mida siqib ushlab turiladi va konus ning shtok 5 bilan birgalikda 
    siljib, surkov moyiga botishi kuzatiladi. 5 s vaqt o‘tganidan so‘ng 
    stopor qo‘yib yuboriladi va reyka asta-sekin shtok ning yuqori 
    qismiga tekkunga qadar pastga tushiriladi. Reyka pastga tushayot-
    gan paytda, reyka bilan shesternya 7 yordamida biriktirilgan strelka 
    ma’lum burchakka buriladi va shkala bo‘yicha millimetrning 
    o‘ndan bir ulushi aniqligida penetratsiya miqdorini ko‘rsatadi. 
    Penetratsiyani moyning mexanik xususiyati ko‘rsatkichi sifa-
    tidagi kamchiligi shundan iboratki, bu ko‘rsatkich asosida moyning 
    ishlatilish doirasini aniqlab bo‘lmaydi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish