|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isSurkov moylarining turg‘unligi. Surkov moylari o‘z xususi-
yatlarini bir qator omillar ta’sirida, birinchi navbatda, haroratning
keskin ortishi va moy miqdorining kamayishi ta’sirida qisman yoki
butunlay yo‘qotishi mumkin.
Tomchilab tushish harorati. Bu ko‘rsatkich surkov moyining
harorat o‘zgarishiga bardosh berish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Kon-
sistent moylar saqlash va ishlatish sharoitida plastik material ko‘-
rinishida bo‘lishi lozim. Uni suyuq holatga o‘tishiga asosiy sabab-
lardan biri uning me’yordan ortiq qizishidir. Shuning uchun
ixtiyoriy surkov moyining muhim sifat ko‘rsatkichi quyultirgich
asosida hosil qilingan kristall karkasning katta miqdorda yemirili-
shi natijasida surkov moyi oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib
qoladigan harorat hisoblanadi. Surkov moylarining plastik holatdan
suyuq ho latga o‘tish haroratini shartli ravishda tomchi lab tushish
157
harorati deyiladi. U labora toriya sha-
6. 2- rasm. Plastik surkov
moyining tomchilab
tushish haroratini
aniqlash asbobi.
roitlarida aniqlanadi. Maxsus asbobda
istalgan moyning harorati belgilangan
darajaga yetganda birinchi tomchisi
tushadi. Plastik surkov moyining tom-
chilab tushish harorati maxsus asbob
yordamida aniqlanadi (6. 2- rasm). As-
bobning asosiy detali simob zoldirli
monometr 1 bo‘lib, uning pastki qis-
miga metall gilza 5 biriktirib qo‘yil-
gan. Gilzaning ostki qismiga kalibr-
langan teshikchali shisha kosacha 6
o‘rnatilgan. Moyning tomchilab tu-
shish haroratini aniqlash uchun shisha
kosacha chiqarib olinib, tekshirilishi
lozim bo‘l gan moy bilan to‘ldiriladi va
o‘z o‘rniga mahkamlanadi. Shundan
so‘ng shisha mufta 3 bo‘g‘izi tiqin 2
yorda mida zichlab berkitiladi. Mufta 3
asbob bilan birgalikda suv yoki glitse-
rin bilan to‘ldirilgan stakan 4 ga bo-
tiriladi. Sta
kan
dagi suyuqlik gaz
gorelkasi yor da mi da (oson suyuqla-
nadigan moylarni tekshirishda 30°C
gacha, o‘rtacha suyuqlanadigan moylarni tekshirishda 60°C gacha,
natriyli va litiyli moylarni tekshirishda mos ravishda 110°C va
150°C gacha) isitiladi. Isitish paytida shisha kosachadagi surkov
moyining kalibrli teshikcha orqali oqib tushgan birinchi tomchi-
sining oqib tushish harorati manometr yordamida aniqlanadi va u
|
| |