• ТСп–14 гип moyi
  • P markali moy
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    TCn–15K moyi КамАЗ, МАЗ, КрАЗ, КАЗ dizelli avtomobil-
    lari transmissiyalarining barcha agregatlari uchun, shuningdek
    «Урал»–4320 va ЗИЛ–133ГЯ avtomobillari uzatmalar qutisida 
    yagona moy sifatida ishlatiladi. 
    ТАП–15В moyi asosiy uzatma karterlarida (gipoidli uzatma-
    lardan tashqari), uzatmalar qutisida, tarqatish qutilarida, rul me-
    xanizmlarida («Москвич», ГАЗ–24 «Волга», РАФ, ПАЗ, ЛАЗ, 
    ГАЗ, КАЗ, ЗИЛ), yetakchi ko‘prik karterlarida va g‘ildirak uzat-
    malarida (МАЗ, КрАЗ, МоАЗ, БелАЗ), shuningdek, uch o‘qli 


    148
    yuk avtomobillari balansirli osmasi gupchaklarini moylash uchun 
    ishlatiladi. 
    TC moyi (uzatmalar qutisi va rul boshqarmasi uchun moy) 
    uzatmalar qutisi karterlarida, rul boshqarmasida («Москвич», 
    «Запорожец», ГАЗ–24 «Волга»), shuningdek, yengil avtomo­
    billarning yarim o‘qlari kardanli sharnirini moylash uchun («За­
    порожец») ishlatiladi. 
    ТСгип moyi yengil avtomobillarning gipoid uzatmalarida 
    (ИЖ), gipoidli yetakchi ko‘priklarning karterlarida («Москвич», 
    ГАЗ–24 «Волга») ishlatiladi. Yuk avtomobillarining gipoidli uzat-
    malarida bu moydan foydalanish taqiqlanadi. 
    ТСп–14 гип moyi faqat ГАЗ–53А, ГАЗ–53–12, ЗИЛ–130–80, 
    ЗИЛ–133ГЯ yuk avtomobillarida, КАвЗ–685 va ПАЗ–672 avto-
    buslari gipoidli uzatmalarida ishlatiladi. 
    A markali moy yo‘lsiz joylardan yuradigan avtomobillar (БелАЗ 
    va МоАЗ avtomobillari) platformasini ko‘tarish mexanizmi va rul 
    mexanizmi gidrokuchaytirgichining birlashgan gidravlik tizimlari-
    da ishlatiladi. 
    P markali moy barcha markadagi avtomobillar va avtobus-
    larning rul boohqarmasi gidrokuchaytirgichi tizimlarida, shuning-
    dek, avtomobillar platformasini ko‘tarish mexanizmining silindr-
    larida (KpAЗ–256B1) ishlatiladi. 
    Transmission moylarning sitati ularni laboratoriya, stend va eks-
    pluatatsiya sharoitlarida sinash natijalari asosida baholanadi. Labo-
    ratoriya sharoitida sinashda moylarning fizikaviy­kimyoviy xusu-
    siyatlari aniqlanadi: zichligi, kinematik va dinamik qovu shoqligi
    o‘t olish harorati, qotish harorati, issiqlik ta’siriga turg‘unligi, 
    tarkibidagi mexanik aralashmalar va suv miqdori, mis va po‘lat 
    plastinkalarga korrozion ta’siri, kislotaliligi, moylash xususiyati 
    va boshqalar. Sinash natijasida olingan ma’lumotlar me’yorlangan 
    ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Bir qator nisbatan keng foyda-
    lanilayotgan transmission moylarning asosiy fizikaviy­kimyoviy 
    xususiyatlari 5. 8- jadvalda keltirilgan. 
    149
    5. 8- jadval 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish