• Transmission moylarning markalanishi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Oksidlanishga qarshi turg‘unligi. Transmissiya agregatlari-
    dagi ish jarayonida moyning katalitik aktiv metallar ishtirokidagi 
    yuqori haroratlarda havo kislorodi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi nati-
    jasida moyning fizikaviy­kimyoviy va ekspluatatsion xossalari 
    o‘zgaradi. Natijada moyning qovushoqligi va kislotaliligi ortadi, 
    moyda oksidlanish mahsulotlari ko‘payib ketadi. 


    146
    Moy qovushoqligining ortishi, o‘z navbatida, moyning qovusho-
    qlik-harorat xususiyatlarini yomonlashtiradi. Kislotaliligining orti-
    shi esa podshipnik va boshqa detallarning yemirilishiga olib keladi. 
    Moyning oksidlanishga qarshi xususiyati issiqlik ta’sirida oksid-
    lanish turg‘unligi deb baholanadi. Bu ko‘rsatkich ДК–2–НАМИ 
    asbobida yoki moyning yuqori haroratlarda ishlaydigan ish sharoit-
    iga yaqin sharoit yaratiladigan boshqa asboblar yordamida aniqla-
    nadi. Tajriba o‘tkaziladigan harorat va tajriba davomiyligi moy tur-
    lari bo‘yicha Davlat standarti va texnik shartlarga asosan tanlanadi. 
    Transmission moylarning oksidlanishga qarshi xususiyatini 
    yaxshilash uchun ularga detallar yuzasida aktiv bo‘lmagan parda 
    hosil qiluvchi qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shilmalar sifa-
    tida oltingugurt, fosfor yoki oltingugurt va fosforli birikmalardan 
    foydalaniladi. 
    Transmission moylarning konstruksion materiallarga ta’siri 
    Davlat standartlari asosida baholanadi. 
    5. 2. 2. Transmission moylarning markalanishi
    Transmission moylarning markasi harflar va chiziqchadan keyin 
    100°C dagi kinematik qovushoqligi yozib ifodalanadi. Moyning 
    shartli belgisida yana uning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatuv-
    chi harflar ham yoziladi (masalan, gidromexanik yuritmalar uchun 
    mo‘ljallangan maxsus moylar harfi bilan, rul boshqarmasining 
    gidrokuchaytirgichida ishlatiladigan moy P harfi bilan markala­
    nadi). 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish