142
yordamida tozalangan ekstratlari yoki parafinning moysizlantirish
filtrlariga И–20 yoki И–45 sanoat moylari qo‘shib tayyorlanadi.
So‘nggi yillarda bu maqsadda selektiv usulda tozalangan yuqori
sifatli moylar (TC–14,5 va boshqalar)dan foydalanilmoqda. Bu
moylar distillat aralashmalari ko‘rinishida bo‘lib, ularga turli xil
qo‘shilmalar qo‘shilganida hosil bo‘ladigan moyning moylash xu-
susiyati va yuqori haroratlardagi turg‘unligi yaxshi bo‘ladi hamda
bu moylardan havo harorati minus 30–35°C dan minus 50°C gacha
bo‘lganida foydalanish mumkin.
Barncha mavsumlarda ishlatiladigan universal transmission
moylar hamda gidromexanik va gidrohajmiy uzatmalar uchun moy-
lar yuqori tozalikdagi moylarga (ACB–5 turidagi) quyi molekular
polimerlar qo‘shib tayyorlanadi.