• Ish tartibi
  • Mashg‘ulot №10




    Download 21,86 Kb.
    bet1/3
    Sana31.05.2024
    Hajmi21,86 Kb.
    #258182
      1   2   3
    Bog'liq
    10 (1)

    Mashg‘ulot № 10


    Mavzu: Flavonoidli dorivor o`simliklarni ko`paytirish texnologiyasini o`rganish;


    Mashg‘ulot maqsadi: mashg‘ulot davomida boshqa o‘lkalardan kelti-rilgan va bizni sharoitimizda iqlimlashtirilgan dorivor sano va kanakunjut o‘simliklarini o‘stirish texnologiyasi bilan tanishish.
    Zarur narsalar: plakatlar, gyerbariylar, jadvallar, homashyo namunalari.

    Ish tartibi


    O‘tkir (nayza) bargli sano – Caccia acutifolia Del. Fabaceae –Dukkakdoshlar - oilasiga mansub, bo‘yi 1 metrga etadigan yarim buta. Poyasi shoxlangan, pastki qismidagi shoxlari yerda sudralib o‘sadi. Bargi juft patli murakkab, 4-8 ta juft bargchalardan tashkil topgan bo‘lib, poyada bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari shingilga to‘plangan. Mevasi – yassi, yapaloq tuxumsimon, yashil jigarrang va ko‘p urug‘li dukkak. Urug‘i sariq yoki yashilroq, deyarli to‘rtburchaksimon, to‘rsimon burushgan, uzunligi 6-7 mm. Kimyoviy tarkibi. Bargi tarkibidaantratsen unumlari (sennozid A va V) flavonoidlar bor.
    Ishlatilishi. Sano preparatlari surgi sifatida ishlatiladi.
    O‘stirish texnologiyasi. Sano ksyerofit o‘simlik bo‘lib yorug‘sevar va issiqsevardir. Asosiy yer haydashdan oldin maydonga gektariga 30 tonna go‘ng solinadi. Haydash 25-30 sm chuqurlikda olib boriladi. Ekish oldidan bahorda tuproq boronalanadi. Aprelь oyining o‘rtala-rida, tuproq harorati 15-18°S bo‘lganida urug‘lar ekiladi. Ekishda urug‘larga sulьfat kislotasi bilan ishlov byeriladi (3:1). Yeritmada 18-20 min. ushlanib keyin yuvib tashlab, quritiladi. Ekish sabzavot ekish moslamalarida SO-4,2 yoki SKON-4,2 egat oralari 70 sm qilib, 2-3 sm chuqurlikda urug‘lar ekiladi. 1 gektar yerga 10 kg urug‘ sarf- lanadi. 10-15 kundan keyin maysalar unib chiqadi. Poyalar chiqqandan 40-45 kundan so‘ng kulьtivatsiya qilinadi. Vegetatsiya davomida azotli o‘g‘itlardan 80-90 kg, fosforli o‘g‘itlar 70 kg va 50-60 kg kaliyli o‘g‘itlar solinadi. Vegetatsiya davri davomida 6-8 marta
    sug‘oriladi. Har bir sug‘orishdan so‘ng kulьtivatsiya qilinadi va begona o‘tlardan tozalanadi. Sanoning har gektaridan 500-800 kg barg va 150-200 kg urug‘ yig‘ib olinadi.

    Download 21,86 Kb.
      1   2   3




    Download 21,86 Kb.