Mashg‘ulot №10




Download 21,86 Kb.
bet3/3
Sana31.05.2024
Hajmi21,86 Kb.
#258182
1   2   3
Bog'liq
10 (1)

Kimyoviy tarkibi. Flavonoidlar, alkoidlar, efir moylari, vitamin S, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi. Tinchaltiruvchi, yurak kasalliklarida ishlatiladi.
O‘stirish usullari. Arslonquyruq strukturali chirindiga boy, suv bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarga ekish tavsiya etiladi. Yerlarni haydashdan oldin gektariga 30 tonna go‘ng 50-80 kg fosfor o‘g‘itlar solinadi. Tuproq 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. Quritilgan urug‘i kech kuzda yoki bahorda gektariga 7 kg hisobida ekiladi. Sug‘oriladigan maydonlarda urug‘ qadalgandan keyin 60-70 sm sug‘orish egatlari olinadi va ketma-ket sug‘oriladi. Urug‘ni go‘ngga aralashtirib ekkan ma’qul (1:5nisbatda). Zyero tuproqning yuzi qismidagi qatqaloq ko‘pin-cha ekinni butkul nobud qiladi. Urug‘ ekilgandan 20-25 kundan keyin maysalar chiqa boshlaydi. Parvarish ishlari kulьtivatsiya qilish, qo‘lda o‘toq qilish va yaganalashdan iborat. Bunda tuplar orasi 15-20 sm bo‘lib, har bir uyada 1-2 ta o‘simlik qoldiriladi. To‘pbarg gul chiqarish davrida kulьtivatsiya bilan bir vaqtda gektariga 50-80 kilogramm azotli o‘g‘itlar solinadi. Vegetatsiya davomida 7-8 marta sug‘oriladi va 110 kilogramm azot, 80 kilogramm fosfor va 60 kilogramm kaliy o‘g‘iti byeriladi. O‘g‘itlash to‘pbarg gul chiqarganda, shonalash va gullash fazalarida o‘tkaziladi. Arslonquyruq poyasini o‘rtacha 50 santimetr balandlikda qirqish mumkun. Birinchi yili uning hosildorligi gektariga o‘rtacha 25ssentnyerni, keyingi yillarda 35ssentnyerdan hosil yig‘ib olish mumkun. Urug‘larining hosildorligi o‘rtacha gektariga 5-6ssentnyerni tashkil qilishi mumkun. Bir dalada arslonquyruqni 3-4 yil saqlash mumkin.


Nazorat savollari


    1. Tibbiyotda sano nimaga ishlatiladi?

    2. Sano o‘simligi necha marta sug‘oriladi?

Z. Kanakunjut o‘simligining qaysi qismi tibbiyotda ishlati-ladi?

  1. Kanakunjutning urug‘i qanday chuqurlikda ekiladi?

  2. Sano va kanakujut necha marta oziqlantiriladi?

Download 21,86 Kb.
1   2   3




Download 21,86 Kb.