• Kimyoviy tarkibi
  • O‘stirish texnologiyasi.
  • Arslonquyruq
  • Mashg‘ulot №10




    Download 21,86 Kb.
    bet2/3
    Sana31.05.2024
    Hajmi21,86 Kb.
    #258182
    1   2   3
    Bog'liq
    10 (1)

    Dorivor moychechak – Matricaria chamomilla L. Romashka aptechnaya – Astyeraceae astradoshlar oilasiga mansub bir yillik hushbo‘y o‘sim-lik. Ildiz tarmoqlari yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘q ildiz, kam tarmoqlangan. Sug‘oriladigan maydonlarda bo‘yi 50-60 sm, lalmi yerlarda 45-55 sm. Poyasi asosan tarmoqlangan. Barglari navbatlashib joylashgan, bandsiz, uzunligi 2-5 sm, har biri 2 yoki 3 ta patsimon yorilgan ingichka bo‘laklarga bo‘lingan. To‘p gullari savatchalar, mevasi uzunchoq, uzunligi 0,8 - 1,2 mm bo‘lgan qo‘ng‘ir - yashil urug‘dan iborat. 1000 ta urug‘ning vazni 0,26 - 0,53 g.
    Kimyoviy tarkibi: savatchadagi gullar tarkibida 0,2 - 0,8% efir moyi, flavonoidlar, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bor.
    Ishlatilishi. Savatchadagi gullari ichak siqilishida, qorin damlanishida, ich ketish kasalliklarida, choy yoki damlama sifatida ishlatiladi. Antiseptik va yallig‘lanishga qarshi vosita tarzida tomoqni chayish va vanna qilishda tavsiya etiladi.
    O‘stirish texnologiyasi. Moychechak urug‘idan ko‘payadi. Moychechak ekishga ajratilgan maydonning har gektariga kuzda 20-30 tonna go‘ng va 50 kg supyerfosfat solinadi. 20-25 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Moychechak urug‘larini yaxshi unishining asosiy omili urug‘ tushadigan tuproqning yuqori qavati yumshoq bo‘lishidir, bu qavat nam
    bo‘lib, urug‘ unib chiqquniga qadar harorati +5°S darajadan yuqori bo‘lishi kyerak. Moychechak sabzavot ekish moslamasida qator oralari 60x60 sm qilib ekiladi. Urug‘i nihoyatda mayda va uni bir tekis ekish uchun urug‘ini qum yoki go‘ngga aralashtiriladi. Urug‘larini shamol osongina uchurib ketadi, shu boisdan urug‘ sepilgan yer engilgina g‘altak mashi-nada bosib o‘tiladi. Har gektariga 2-2,5 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ 8-10 kunda unib chiqadi. Urug‘ unib 2-3 ta barg hosil qilgach egat olinadi. Bunda maysalar juda mayda bo‘lganligi uchun uning maysa-lari tuproq ostida qolib ketmasligi uchun sug‘orish egatlari kichik va yuza bo‘lishi kyerak. Sug‘orish ishlari ehtiyotkorlik bilan olib bori- ladi. Maysalarni yuvib ketmaslik uchun jildiratib sug‘oriladi. Parvarish ishlari yerta bahorda maysalar paydo bo‘lganda olib boriladi. Begona o‘tlar qo‘lda, ketmonda yoki kulьtivatorlar yordamida olib tashlanadi. Vegetatsiya davomida 10-12 martagacha sug‘oriladi. Har sug‘orishdan so‘ng kulьtivatsiya qilinadi. Maysa-lar unib chiqkandan so‘ng va gullashgacha, gektar hisobiga 30-40 kg dan azot, fosfor va kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Moychechak maysalari ungandan 30-40 kun o‘tgandan keyin gullay boshlaydi. O‘simlikni o‘z vaqtida parvarish qilinsa moychechak gullaridan gektar hisobiga 10-12ssentnyer hosil yig‘ib olish mumkin.
    Arslonquyruq – Lamiaceae – yasnotkaguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 50-150 sm ga etadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyasi bir nechta, tik o‘sadi, shoxlangan, 4 qirrali. Barglari tuxumsimon 5 bo‘lakka bo‘lingan. Pushti yoki pushti – binafsha rangli 5 bo‘lakli, 2 labli, gullari o‘simlikning yuqori qismidagi barg qo‘ltig‘ida xalqa shaklda joylashgan bo‘lib, boshoqsimon to‘pgulni hosil qiladi. Mevasi 4 ta yong‘oqcha. 1000 ta urug‘ning vazni 1 g.

    Download 21,86 Kb.
    1   2   3




    Download 21,86 Kb.