• To‘yinmagan uglevodorodlar. Past haroratlarda muzlov- chi sovitish suyuqliklari (antifrizlar)ning qotish harorati- ni aniqlash.
  • Yonilg‘i va moylash materiallarini hisobga olish
  • Yonilg‘i va moylash materiallarining sarfini me’yorlash
  • Yonilg‘i sarfi­
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Qovushoqlikni aniqlash. Bu maqsadda viskozimetrdan (8. 4- 
    rasm) foydalaniladi. Tekshirilayotgan moyning qovushoqligi po‘lat 
    zoldirning tushish tezligi bo‘yicha etalon moyning qovushoqligiga 
    solishtirib aniqlanadi. 
    8. 4- rasm. Dala viskozimetri:
    1 – etalon moylari solingan probirkalar; – tekshirilayotgan moy so-
    lingan probirka. 
    207
    Viskozimetrda 100°C haroratdagi qovushoqligi 4, 6, 10, 16 va 
    22 mm
    2
    /s ga teng bo‘lgan moylar solingan beshta probirka bor. 
    Oxir gi probirkaga tekshiriladigan namuna solinadi. Barcha pro-
    birkalar metall gardish ichiga joylangan bo‘lib, har birining ichi-
    da po‘lat zoldir bor. Probirkalar yuqoridan tiqin bilan berkitilgan. 
    Harorati etalon moynikiga tenglashishi uchun sinaladigan moy la-
    boratoriya xonasida ma’lum vaqt tutib turilishi lozim. Oxirgi pro-
    birka tekshiriladigan moy bilan to‘ldirilib, tiqin bilan berkitiladi. 
    Tekshiriladigan moy quyilgan probirkadagi havo pufakchasi etalon 
    namuna solingan probirkadagi kabi bo‘lishi lozim. Barcha zoldirlar 
    pastga tushgach, viskozimetr 180° burib qo‘yiladi va zoldirlarning 
    tushishini kuzatgan holda sinalayotgan namunaning qovushoqligi 
    qaysi moynikiga yaqinroq ekanligi aniqlanadi. Taj’riba ikki-uch 
    marta takrorlanadi. Agar tekshirilayotgan moydagi zoldir uchinchi 
    probirkadagi zoldir tezligi bilan tushsa, bu hol moyning 100°C dagi 
    qovushoqligi taxminan 10 mm
    2
    /s li yozgi moy ekanligini bildiradi. 
    To‘yinmagan uglevodorodlar. Past haroratlarda muzlov-
    chi sovitish suyuqliklari (antifrizlar)ning qotish harorati-
    ni aniqlash. Qotish harorati tashqi ko‘rinishi va ishlash tartibi-
    ga ko‘ra areometrni eslatuvchi gidrometr yordamida aniqlanadi. 
    Gidrometrning tor qismida ikkita shkala bo‘ladi. Birinchi shkala an-
    tifrizdagi etilenglikolning foizda o‘lchanadigan miqdorini (20 dan 
    100 foizgacha), ikkinchisi suyuqlikning qotish haroratini (minus 
    8 dan minus 67°C gacha) ko‘rsatadi. Past haroratlarda muzlaydigan 
    suyuqlik shisha silindrga quyiladi, unga gidrometr tushiriladi va hi-
    soblanadi. Gidrometrlar 20°C ga mo‘ljallab darajalangan. Agar si-
    nov boshqa haroratlarda o‘tkazilsa, tuzatish kiritish lozim. Tuzatish 
    qiymati yo‘riqnomadagi jadvaldan olinadi. 
    Neft mahsulotining sifatini tekshirish bo‘yicha yo‘riqnomalar 
    chiqarilgan bo‘lib, bu yo‘riqnomalarga muvofiq yonilg‘ining zich-
    ligi u omborga qabul qilinishidan oldin va ombordan berilayotgani-
    da tekshirilishi lozim, bu uning og‘irligini aniqlash uchun kerak 
    bo‘ladi. Yonilg‘i solingan idishlar tubidagi suv miqdori kamida 
    oyi ga bir marta, yonilg‘i va moyni saqlash davrida undagi mexanik 


    208
    aralashmalar miqdori kamida har uch oyda bir marta aniqlanadi. 
    Past haroratlarda muzlaydigan suyuqliklarning qotish harorati ular-
    ni transportga quyish uchun berishdan oldin aniqlanadi. 
    8. 5. Yonilg‘i va moylash materiallarini hisobga olish
    Neft mahsulotlarini qabul qilib olish, tarqatish, saqlash va avto-
    mobillarga quyish vaqtida neft mahsulotlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri 
    hisobga olib borish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. 
    Neft mahsulotlari talonlar bo‘yicha hisoblab boriladi. Talonlar 
    ATK hisob bo‘limida saqlanadi hamda haydovchi va boshqa mas’ul 
    shaxslarga tarqatiladi. Hisob bo‘limi talonlar tarqatilishi bo‘yicha 
    har kuni kassa hisoboti ko‘rinishida hisobot beradi. Korxonada neft 
    mahsulotlarining sarfi va qolgan qismini hamda talonlarni hisobga 
    olish bo‘yicha omborxona, tezkor va hisob bo‘limining hisobotlari 
    yuritiladi. 
    Neft omborida yoki yonilg‘i quyish shoxobchalarida va moy 
    almashtirish postlarida har bir markadagi neft mahsulotining sarfi 
    ombordagi hisob-kitob daftariga yozib boriladi. Bu daftar talonlar 
    yoki kirim-chiqim hujjatlari asosida to‘ldiriladi. Neft mahsulotla-
    rining ishlatilishi bo‘yicha kamida 5 kunda bir marta hisobot yozi-
    ladi va hisob bo‘limiga topshiriladi. Neft mahsulotlari qoldig‘i har 
    oyda maxsus komissiya tomonidan inventarizatsiya qilinadi. 
    Avtomobillarning yo‘l varaqasi yonilg‘i-moylash materiallari 
    sarfini hisobga olishda muhim hujjat hisoblanadi. Yo‘l varaqasida-
    gi yozuvlar asosida haqiqiy va me’yoriy yonilg‘i sarfi aniqlanadi. 
    Shundan so‘ng har bir avtomobil uchun yonilg‘i sarfini hisobga 
    olis h varaqasi to‘ldiriladi. Oy oxirida hisobot tuziladi. 
    Omborlardagi neft mahsulotlari oyning birinchi kuni inven-
    tarizatsiya qilinadi, avtomobil bakidagi qolgan yonilg‘i miqdori 
    har kuni avtomobil ishdan qaytganidan so‘ng o‘tkaziladi. ATK hi-
    sob bo‘limida, shuningdek, yonilg‘i va moylash materiallari uchun 
    javobgar shaxslarda saqlanadigan yonilg‘i talonlari har oyda bir 
    209
    marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya natijalariga binoan 
    inventarizatsion ro‘yxat tuziladi. Yonilg‘ining isrof bo‘lishi tabiiy 
    isrof bo‘lish chegarasidan ortmagan hollardagina ular ro‘yxatdan 
    chiqariladi. 
    Neft mahsulotlarining ifloslanishi yoki oqib ketishi, shuningdek, 
    noqonuniy sarflanishida aybdor bo‘lgan shaxslar ma’muriy yoki 
    moddiy javobgarlikka tortiladilar. 
    Neft mahsulotlarining miqdori belgilangan tartibga ko‘ra mas-
    sa birliklari kg yoki tonnada hisoblab topiladi. Massa birliklarida 
    o‘lchashni bevosita yoki bilvosita usul bilan bajarish mumkin. Be-
    vosita usul asosida o‘lchash tarozida tortib aniqlashga asoslangan 
    bo‘lib, bu usulda o‘lchashga ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi. 
    Neft mahsulotlarining massasini bilvosita usul bilan aniqlash uchun 
    uning bir xil haroratdagi zichligi va hajmini bilish kerak. 
    Sig‘im, sisterna yoki boshqa idishdagi neft mahsulotlarining 
    hajmini uni suyuqlik o‘lchagich-hisoblagichi orqali o‘tkazib va 
    ma’lum miqdordagi suyuqlikni kalibrlangan o‘lchagich yordami-
    da o‘lchab yoki idishdagi mahsulot sathini o‘lchab (agar kalibrlash 
    jadvali bo‘lmasa) aniqlash mumkin. 
    Yonilg‘i iste’molchilarga hajm birligi litrda beriladi. Idishlar, 
    sig‘imlar, yonilg‘i baklaridan yonilg‘i qoldiqlari ham hajm bir-
    liklarida olinib, keyin kg ga aylantiriladi. Qabul qilib olish, saqlash 
    va tarqatish vaqtida neft mahsulotlari miqdorini o‘lchash uchun, 
    odatda, turli tipdagi tarozilar, to‘la sig‘imi bo‘yicha kalibrlangan 
    avtosisternalar, sisternalar, yonilg‘i hamda moy tarqatish kolonka-
    laridan foydalaniladi. Idishlarga quyilgan yonilg‘i sathi va sig‘im-
    lar kalibrovkasi po‘lat ruletkalar, shtangensirkullar, metrshtoklar, 
    tavroreykalar bilan aniqlanadi. Ruletkalar lot bilan birga ishlatiladi. 
    Agar barcha sig‘imlar kalibrlash jadvallari bilan ta’minlangan 
    bo‘lsa, neft omboridagi neft mahsulotlari miqdorini tez va to‘g‘ri 
    aniqlash mumkin. Mashinalar baki yoki karterga quyiladigan neft 
    mahsulotlari miqdori hajmiy suyuqlik o‘lchagich-hisoblagichlar 
    yordamida aniqlanadi. 


    210
    Neft mahsulotlari sarfini kamaytirish ko‘p jihatdan ular sarfini 
    to‘g‘ri va ilmiy asosda me’yorlashga bog‘liq. 
    8. 6. Yonilg‘i va moylash materiallarining sarfini me’yorlash
    Yonilg‘i va moylash materiallari sarfini me’yorlash deganda, 
    aniq texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion ko‘rsatkichlar hisobga olin-
    gan holdagi ish rejimida tashish yoki boshqa transport ishlarini ba-
    jarishda sarflanadigan yonilg‘i va moylash materiallarining ruxsat 
    etilgan chegaraviy miqdori tushuniladi. 
    Yonilg‘i sarfi me’yorlari nazorat, yo‘l, qo‘zg‘almas jihozlar 
    o‘rnatilgan avtomobillar uchun, marshrutdagi avtomobillar uchun 
    va guruhli turlarga bo‘linadi. 
    Yonilg‘i sarfining nazorat me’yori avtomobilni ishlab chiqaruv-
    chi zavod tomonidan belgilanadi va bu ko‘rsatkich avtomobilning 
    texnik jihatdan takomillashtirilganligini tavsiflaydi. Yonilg‘i sarfi­

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish