• Tindirgich: 1
  • Suv va mexanik aralashmalar borligini aniqlash




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Suv va mexanik aralashmalar borligini aniqlash. Idishlar 
    tubida suv borligi laboratoriyadagi kaliy permanganat yordamida 
    aniqlanadi. U neft mahsulotlarida erimaydi, lekin suvda oson eriy-
    di. Bu moddaning bir nechta kristalini oq lattaga o‘rab, idish tubi-
    ga tushiriladi va 3–4 min tutib turiladi. Pushtirang yoki qizil rang-
    ning paydo bo‘lishi idishda suv borligini bildiradi. Bu holda suv 
    qatlamining qalinligini suvga sezgir qog‘oz yoki pasta yordamida 
    aniqlash lozim. 
    Mexanik aralashmalar va suv yonilg‘ida erimaydi, shuning uchun 
    yonilg‘ida ularning borligini rangsiz shishadan yasalgan idishdagi 
    yonilg‘ini ko‘zdan kechirib aniqlash mumkin. Toza neft mahsulot-
    lari bir jinsli bo‘ladi, agar ular tarkibida ozginagina suv bo‘lsa ham, 
    idishdagi hamma yonilg‘i xiralashadi, bunday yonilg‘ini dvigatel-
    larda ishlatish mumkin emas. 
    Suvli moy tomchisi oynaga surtilganida yorug‘likda u xira ko‘ri-
    nadi. Moyda suv borligini namunaning chirsillashiga qarab ham 
    aniqlash mumkin. Buning uchun yaxshilab aralashtirilgan ozgina 
    moy probirka tubiga solinib, ehtiyotkorlik bilan kuchsiz olovda 
    isitiladi. Moyda suv bo‘lsa, moy chirsillaydi, ko‘piradi va probir-
    kaning yuqori sovuq qismida suv tomchilari paydo bo‘ladi. Agar 


    204
    8. 3- rasm. Tindirgich:
    1 – yonilg‘i– suv; 
    3 – mexnnik aralashma-
    lar.
    probirkaning yuqori qismi xiralashsa-yu, 
    moy chirsillamasa, moyda suv juda kam 
    bo‘ladi. 
    Mexanik aralashmalar va suv borli-
    gini namunani tindirish yo‘li bilan ham 
    aniqlash mumkin. Bunda 8. 3- rasmda 
    ko‘rsatilgan shakldagi 100 ml sig‘imli tin-
    dirgichdan foydalaniladi. 
    Tindirgichnmg quyi qismi 10 ml haj-
    m gacha 0,05 ml li qilib darajalangan (bu 
    darajalarga qarab suv va mexanik aralash-
    malar miqdori aniqlanadi), undan keyin 
    esa 25, 50 va 100 ml li darajalar ko‘rsatil-
    gan. Qovushoqligi past yonilg‘i yaxshilab 
    ara lashtiriladi va tezda tindirgichning 100 
    ml li sathigacha quyiladi. Tindirgich 25 
    min vertikal holda ushlab turilgach, mex-
    anik aralashmalar miqdori foiz hisobida 
    aniqlanadi. Bu miqdor millilitrda o‘lchan-
    gan cho‘kindi hajmiga teng bo‘ladi. Qovu-
    shoqroq yonilg‘ining tinishini tezlashtirish 
    uchun tindirgichni iliq (50–60°C harorat-
    dagi) suvga qo‘ygan ma’qul. Motor moy-
    laridagi aralashmalar juda sekin cho‘kadi, 
    shuning uchun moyga benzin aralashtirish 
    kerak. Moyning o‘rtacha namunasi tin-
    dirgichning 25 yoki 50 ml sathigacha quyiladi, 100 ml sathigacha 
    esa toza benzin quyiladi. Aralashma aralashtiriladi va tindirgich is-
    siq suvga tushiriladi. Mexanik aralashmalarning miqdorini foizda 
    aniqlash uchun ularning millilitrdagi miqdorini 4 ga (agar namuna 
    uchun 25 ml moy olingan bo‘lsa) va 2 ga (agar 50 ml moy olingan 
    bo‘lsa) ko‘paytirish lozim. 
    Moylarda abraziv mexanik aralashmalar borligini ishqalash usu-
    li bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun ikkita toza, quruq 
    205
    yassi oyna olinadi. Ulardan biriga sinaladigan moydan olingan o‘r-
    tacha namunadan 1–2 tomchi tomiziladi. Keyin bu oynaga ikkin chi 
    oyna ishqalanadi. Agar moyda abraziv bo‘lsa, shishalar o‘ziga xos 
    keskin g‘ijirlaydi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suv va mexanik aralashmalar borligini aniqlash

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish