Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia
Date: 11
th August, 2023
ISSN: 2835-5733
Website: econferenceseries.com
MEVALARNI QURITISHDA QO’YILADIGAN TALABLAR
Abdurahmonova Lazokat Abdivohid qizi
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot Unversitutining
Qarshi irrigatsiya va
agrotexnologiyalari instituti talabasi
Anatatsiya:
O‘rik, olxo‘ri, olcha, olma, nok, uzum va boshqa mevalar quritiladi. Zavod va korxonalarda qayta ishlab quritiladigan mevalar tarkibiga va quritish usullariga qo’yiladigan talablar haqida maqolada yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Qaysa,kuraga , turshak , dudlash, blanshirlash ,
quritish talablari, namlik , ishlov berish.
O’RIK - O‘rikdan turshak, qaysa, kuraga singari quritilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Quritilgan mahsulot ishlab chiqarish uchun asosan o‘rikning turshakbop navlaridan foydalaniladi. Respublikamizda etishtiriladigan bu navlarga “Ko‘rsodiq”, “Subxoni”, “Xurmoi”, “Maxtobi”, “Ruxi juvonon”, “Bodomi” kabi navlarini kiritish mumkin. Bu navlar qandga boy hisoblanib, ularning tarkibida quruq modda miqdori etilish davrida 23-25 foizni tashkil etadi.Turshak, qaysa, kuraga mahsulotlari ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi. Turshak — bu o‘rikning danagini olmasdan, butunlay quritib olingan mahsulotdir. Qaysa —
bu danagini olib, pallalarga ajratmasdan, kuraga esa pallalarga ajratib quritilgan mahsulot hisoblanadi.Quritilgan o‘rikning hamma turlari ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha oltingugurt tutunida dudlangan va dudlanmagan, zavodda ishlov berilgan va zavodda ishlov berilmagan bo‘ladi.Dudlangan o‘riklar o‘z
tabiiy rangini saqlaydi, ular qorayib qolmaydi va shu bilan birga hasharotlarga ham chidamli bo‘ladi. Dudlash uchun blanshirovka qilingan va yuvilgan mevalar darhol taxta idishlarga bir qator qilib yoyib qo‘yiladi va dudlash kameralariga yuboriladi yoki faner qutilarga solib dudlanadi. Bir kilogramm mevaga 2-2,5 gramm oltingugurt sarflab, 1,0-1,5 soat dudlanadi. Keyin esa ochiqjoyda quritiladi. Quritish jarayoni bir necha kun davom etadi. Quritilgan o‘rik mahsulotlarida namlik 18 foizdan oshmasligi kerak.Quritilgan o‘rik mahsulotlarining sifatiga baho berishda ularning rangi,
katta- kichikligi, ta’mi, hidi, shuningdek, zararlanganlik darajasi, meva bandlari bor yoki yo‘qligiga alohida e’tibor beriladi. Dudlangan mahsulotlar uchun esa asosiy ko‘rsatkichlardan biri SO2 gazining qoldiq miqdori hisoblanadi. Ana shu sifat ko‘rsatkichlari asosida
zavodda ishlov berilgan, dudlangan hamma