|
| P a g e
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
|
bet | 3/3 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 260,23 Kb. | | #265972 |
| P a g e
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia
Date: 11th August, 2023
ISSN: 2835-5733 Website: econferenceseries.com
ta’mi nordon-shirin bo‘lib, quruq moddasi 19-23 foizni tashkil etadi.Sifatiga ko‘ra olcha qoqi oliy, 1-chi va 2-chi navlarga bo‘linadi. Ularning tovar navlarini aniqlashda rangi, tashqi ko‘rinishi, hidi, ta’mi, kattaligi, zararlanganligi, danagi ochilib qolgan mevalar miqdori kabi ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi. Standart talabi bo‘yicha olcha qoqining namligi 19 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak. UZUM - Uzumlarni quritish natijasida olingan mahsulotlarni kishmish va mayiz deb yuritiladi. Urug‘siz uzum navlaridan kishmish, urug‘i bor navlaridan esa mayiz olinadi. Uzumning navi va quritish usuliga qarab quritilgan uzumlarning quyidagi xillari ishlab chiqariladi: a) bedona — ishqor eritmasi va oltingugurt angidridi ishlatilmay, oftoba “Oq kishmishdan” quritilgan mayiz; b) sabza-qaynoq ishqor eritmasiga botirib olib, oftobda quritilgan mayiz; v) zarsimon sabza-avvalo, shiqor eritmasiga botirib olib va oltingugurt angidridi bilan dudlab, so‘ngra shtabelda quritilgan “Oq kishmish”g) soyaki — “Oq kishmishdan” maxsus soyaki xonalarda quritilgan mayiz;d) shig‘oni — “Qora kishmish”dan quritilgan mayiz;e) gimriyon
— “Kattaqo‘rg‘on”, “Sultoni”, “Nimrang” kabi yirik g‘ujumli uzum navlaridan tayyorlanadi; j) vassarg‘a — “Qora” uzum navlarini oftobda quritib tayyorlanadi;
z) chillaki — “CHillaki” va “Terbosh” uzum navlaridan oftobda quritib
tayyorlanadi;
k) avlon — har xil uzumlardan faqat oftobda quritib olingan mayizdir. Quritilgan uzumlar zavodda ishlov berilgan va ishlov berilmagan, oltingugurt bilan dudlangan va dudlanmagan turlariga bo‘linadi. Mayizlarning zavodda ishlov berilganlari sifatiga qarab oliy, 1-chi va 2-chi navlarga, zavodda ishlov berilmaganlari esa 1-chi va 2-chi navlarga bo‘linadi. Mayizning avlon turi esa navlarga bo‘linmaydi. Mayizlarning navlarini aniqlashda rangi, uzumlarning kattaligi, yaxshi etishmagan uzumlar borligi yoki yo‘qligi, uzum bandlarining ko‘p yoki ozligi, mexanik jarohatlanganligi, shoxchalari, boldoqlari miqdori va boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Mayizning namligi esa 19 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.Quritilgan sabzavot va meva qoqilarini joylashtirish va saqlash. Bu mahsulotlarni joylash uchun sig‘imi 25 kg gacha bo‘lgan taxta yashiklarga, 50 kg gacha sig‘imli paxta va zig‘ir toladan qilingan qoplarga, shuningdek, 10-12 kg hajmdagi karton qutilarga joylanadi.Quritilgan sabzavotlar va mevalarni 100S dan yuqori bo‘lmagan harorat va havoning nisbiy namligi 70% gacha bo‘lgan sharoitda quruq, toza, yaxshi shamollatiladigan xonalarda saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.Saqlash jarayonida quritilgan sabzavotlar va mevalarning iste’mol xususiyatlari birmuncha pasayib boradi. Masalan, ularning rangi o‘zgaradi, o‘ziga xos ta’mi va xushbo‘y hidi yo‘qoladi, bo‘kuvchanligi esa kamayadi. Rangining
| P a g e
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia
Date: 11th August, 2023
ISSN: 2835-5733 Website: econferenceseries.com
| P a g e
|
| |