|
11-mavzu: Elektrolit eritmalaridagi ion almashinish reaksiyalari. Tuzlar gidrolizi
|
Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 464,34 Kb. | | #146647 |
11-mavzu: Elektrolit eritmalaridagi ion almashinish reaksiyalari. Tuzlar gidrolizi.
Elektrolitlar eritmalarida sodir bo’ladigan reaksiyalarda faqat ionlargina qatnashgan holatda hosil bo’lgan modda gaz, cho’kma yoki yomon dissotsilanadigan moddalar turkumiga taalluqli bo’lgandagina boshlang’ich ionlar kamayadi, ya’ni reaksiya sodir bo’ladi. Bunday reaksiyalarni 5 gruppachaga bo’lish mumkin.
Neytrallanish reaksiyasi
Neytrallanish reaksiyalari kislota va asoslar orasida sodir bo’ladi:
KOH+HCl = KCl+H2O
Boshlang‘ich KOH eritmasiga qo‘shilgan fenolftalein indikatori to‘q qizil-binafsha tusdan xlorid kislota yetarli miqdorda qo‘shilganda rang yo‘qoladi. Bu reaksiya ionli ko‘rinishda:
Cho‘kma hosil bo’Iadigan reaksiyalar
Cho‘kma hosil botIadigan reaksiyalar oxirigacha boradigan reaksiyalardir:
AgNO3 + NaCl → AgCl↓ + NaNO3
qisqartirilgan ion reaksiyasi
Ag+ + Cl– → AgCl↓
Shu ionli ko‘rinishdagi reaksiya tarkibida kumush ioni va xlor ioni bo’lgan boshqa birikmalar uchun ham shu holda boiadi; yuqoridagi natriy va nitrat ionlari reaksiyada qatnashmaydi, shu oq rangli cho‘kma hosil bo’lishi uchun faqar kumush va xlor ionlarini tutgan ionli birikmalargina bo’lishi yetarli.
Gaz modda hosil bo’ladigan reaksiyalar
Gaz modda hosil bo’ladigan reaksiyalar doimo oxirigacha boradigan toifaga kiradi. Masalan, ammoniy sulfat bilan kuchli ishqor eritmalari aralashganda gaz holdagi mahsulot hosil bo’ladi:
(NH4)2SO4 + 2NaOH → Na2SO4 + 2NH3 ↑ + 2H2O
qisqartirilgan ion tenglamasi:
NH4– + OH- → NH3 ↑ + H2O
Bu tenglama ammoniy tuzining anioni (sulfat ion) va gidroksidning kationi qanday bo’lmasin, reaksiyada faqat ammoniy ioni va gidroksid gruppasi qatnashadi.
Koordinatsion birikmalar hosil bo’ladigan reaksiyalar
Koordinatsion birikmalar hosil bo’ladigan reaksiyalar. Shunday turdagi reaksiyalarda ionlar orasida ta’sirlashuv natijasida ham oxirigacha boradigan reaksiyalar amalga oshishi mumkin. Bunday vaziyatda hosil bo’ladigan koordinatsion birikma juda katta turg‘unlikka ega bo’lishi kutiladi.
Masalan, simob(II) nitrat bilan kaliy yodid tegishli miqdorda reaksiyaga kirishganda:
Hg(NO3)2 + 2KI → HgI2 ↓+ 2KNO3
Shu cho‘kma ortiqcha miqdorda yod ionlari tutgan modda qo‘shilganda eritmaga o‘tadi:
HgI2+2NaI → Na2[HgI4]
Qaytar reaksiylar ko‘p holda ionli birikmalar orasida sodir bo’ladi.
Masalan, kaliy xlorid bilan natriy sulfat eritmalari aralashtirilganda reaksiya sodir bo’lishini anglatadigan biror tashqi o‘zgarishlar sodir bo’lmaydigan vaziyat yuz beradi:
Na2SO4 + 2KCl ⇆ K2SO4 + 2NaCl
To‘la ionli tenglamada barcha boshlang‘ich moddalar ionlari mahsulot moddalar ionlari bilan bir xil bo’ladi:
2Na+ + SO4-2 + 2K+ + 2Cl– ⇆ 2K+ + SO4-2 + 2Na+ + 2Cl–
Bunday reaksiyalarda suvda yomon eriydigan, gaz holdagi yoki yomon dissotsilanadigan mahsulot hosil bo’lmaganligi tufayli reaksiya oxirigacha sodir bo’lmaydi, ya’ni jarayon qaytar xususiyatga ega bo’ladi. Shunday eritma bug’latilgandan keyin qattiq holda molekular tenglamaning ikkala tomonidagi to‘rtta tuz mavjud bo’ladi.
Elektolit eritmalarda sodir boʻladigan barcha reaksiyalar ionlar orasidagi reaksiyalar hisoblanadi, tenglamalari esa ionli tenglamalar deyiladi. Ionlar orasida boradigan kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzishda kuchli elekrolit moddani dissotsiatsiyalangan holda, kuchsiz elektrolitlarni, suvda erimaydigan koʻchma moddalar, gaz holatga oʻtib reksiya muhitidan chiqib ketadigan moddalarning molekulyar formulasini yozamiz. Ion almashinish reaksiya tenglamalari oʻz ichiga 3 xil tenglamani oladi: toʻliq tenglama, ion tenglama, qisqartirilgan tenglama. Elektrolitlarning eritmalar orasida sodir boʻladigan reaksiyalarni quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Barcha elektrolitlar o`zaro aralshtirilsa yoki ularga boshqa moddalar ta`sir ettirilsa ion almashinish reaksiyalari sodir bo`ladi.
Ion almashinish reaksiyalari quyidagi hollarda amalga oshadi.
Kam dissosiyalanuvchi moddalar yoki suv hosil bo`lsa:
a) HNO3 +KON = KNO3 + H2O(molekula tenglamasi)
Bu reaksiyani inoli ko`rinishda yozamiz.
H++NO3- +K+ +OH = K+ +NO3 – +H2O
(to`liq ionli tenglamasi)
Tenglamaning ikkala tomonida ham mavjud bo`lgan ionlarni qisqartirib yozamiz. Chunki ion almashinish jarayonida ular ishtirok etmaydi:
H++OH- ® H2O (qisqa ionli tenglama)
Bu tenglam shu reaksiyaning mohiyatini, ya`ni reaksiya aynan qaysi ionlar o`rtasida borishini ko`rsatadi.
H+ va OH- ionlarning o`zaro birikib H2O (rH=7) hosil qilish reaksiyasi neytrallanish reaksiyalari deyiladi. Bu reaksiyalardan foydalanib eritmalardagi kislota, ishqor va gidrolizlanadigan tuzlar (Na2 CO3,NaHCO3,….) miqdori aniqlanadi.Bu usul neytrallash yoki kislota – asos titrlash usullari deyiladi.
b) HCI + NaOH = NaCl +H2O reaksiyasi
H+ + Cl- +Na+ +OH- = Na+ +CI- +H2O yoki
H + +OH- =H2O bo`ladi.
(kuchsiz elektrolit)
CH3 COO Na + HCl =CH3 COOH + NaCl reaksiyasi
CH3 COO- +Na+ + H ++ Cl- = CH3COOH + Na+ + Cl-
yoki CH3 COO- + H+ CH3COOH bo`ladi.
|
| |