• 22.1. Neft, gaz va suvni yig’ish, tayyorlash va uzatish tizimlari tasnifi
  • 22-mavzu: neft, gaz va suvni yig`ish va tayyorlash. Tayyor neft va tabiiy gaz mahsulotlariga qo`yiladigan talablar. Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi reja




    Download 25.56 Kb.
    bet1/6
    Sana14.03.2024
    Hajmi25.56 Kb.
    #172556
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi-fayllar.org
    6лаб.работа

    Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi




    22-MAVZU:
    NEFT, GAZ VA SUVNI YIG`ISH VA TAYYORLASH. TAYYOR 
    NEFT VA TABIIY GAZ MAHSULOTLARIGA QO`YILADIGAN TALABLAR. 
    KONLARDAGI ISHLATILADIGAN QUVURLAR TASNIFI
    REJA: 
    22.1. Neft, gaz va suvni yig’ish, tayyorlash va uzatish tizimlari tasnifi
    22.2. Tovar neftning sifatiga qo‘yilgan talablar
    22.3. Neftni yig’ish, tashish va tayyorlash tizimi
    22.1. Neft, gaz va suvni yig’ish, tayyorlash va uzatish tizimlari tasnifi 
    Konda neftni va gazni yig‘ish hamda tayyorlash neft quduqlarining mahsulotlarini
    holatini ketma-ketlikda o‘zgartirish va ularni alohida tarkibi bo‘yicha ajratish va tovar
    xom-ashyosini olish bilash yakunlanadi. Shunday qilib, texnologik jarayon quduq
    mahsulotlarini ikki xom-ashyolar oqimiga ajratadi: neft va gaz.
    Qatlam suvlarini yig‘ish, tozalash va ulardan foydalanish texnologiyasi maxsus
    jarayonlar sifatida alohida qaraladi. Bu jarayon ketma-ket uchta bosqichdan iborat:
    ajratish; yig‘ish; tovar xom- ashyosi uchun o‘rnatilgan neft va gazni meyorlashtirilgan
    xossasiga keltirish. Neft oqimi uchinchi bosqichda qatlam suvlaridan va mineral tuzlardan
    tozalanadi va neftni barqarorlashtirish uchun uning tarkibidagi uglevodorodlar ajratib
    olinadi, natijada neftni qayta ishlashga jo‘natishdagi yo‘llarda yo‘qotilishning oldi olinadi.
    Shu bosqich davomida gaz oqimlaridan uglevodorodlar (benzinsizlashtirish uchun) ajratib
    olinadi va tovar gazi hamda suyultirilgan uglevodorodlarga aylantiriladi. Shunday qilib,
    uchinchi bosqich neft va gazni yig‘ishning so‘nggi bosqichi hisoblanadi – neft va gazni
    ishlash bosqichi deyiladi. Neft va gaz qayta ishlanganda uning kimyoviy va fizik xossalari
    chuqur o‘zgaradi. Bundayoitda ishlov berish bilan qayta ishlashni chalkashtirmaslik
    kerak.
    Neft va gazni o‘lchov qurilmalaridan ularni ishlash punktiga (neftni yig‘ish
    punktiga, gazni qayta ishlaydigan zavodga) harakatlanishi neft va gazni yig‘ish deyiladi,
    tovar xom-ashyosini kon chegarasidan tashqariga chiqarish neft va gazni tashish deyiladi.
    Neft va gazni yig‘ish va ishlashning texnologik sxemasi deganda neft va gazni xom-
    ashyosi oqimlarini holatini to‘xtovsiz ketma-ketlikda ajratish jarayonini grafik usulda
    tasvirlanishi va tovar neftni olish tushuniladi. Neft va gazni yig‘ish hamda ishlash
    tizimining tarkibiga bir-biri bilan ketma-ket va o‘zaro bog‘langan apparatlarni,
    mexanizmlarni, mashinalarni va inshootlarning jamlanmasi kiradi va texnologik
    sxemalarda belgilangan ishlarni ta’minlash amalga oshiriladi.
    Neft va gazni yig‘ish hamda ishlash tizimining texnologik sxemalarida quyidagi
    jarayonlar amalga oshiriladi:
    - gazni va neftni tayyor uglevodorodlarni xalq xo‘jaligida foydalanish uchun saqlash;
    - neft va gazni meyordagi tovar xom ashyosigacha olib borish;
    - neft va gazni ishlashdan olingandan keyin turlari bo‘yicha xom-ashyolarga va
    mahsulotlarga ajratishni hisobga olish.
    - har bir quduqni mahsulot beruvchanligining nazoratini ta’minlash.
    Bir konning o‘zida bir xil darajada buni amalga oshirishda texnik – iqtisodiy
    ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan neft va gazni texnologik sxemasiga yoki yig‘ish tizimiga
    hamda ishlov berishninng ko‘rsatgichlariga etibor beriladi. Asosiy texnik ko‘rsatgichlarga
    quyidagilar kiradi: neft va gazni yig‘ish hamda ishlov berishning texnik-iqtisodiy
    ko‘rsatgichlariga; tizimni avtomatlashtirish darajasiga; metallning solishtirma sarfiga;
    xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning soniga, elektr energiyasini solishtirma sarfiga va
    boshqalarga.



    Neftni bosimsiz tizimda harakatlanishi tizimning boshlanishi va tugallanishining


    otmetkalari farqiga bog‘liq holda gravitatsion kuch ta’sirida oqim harakati paydo bo‘ladi.
    Agar quvurdagi neftning yuqorisida erkin yuza paydo bo‘lsa, oqim to‘liq bo‘lmagan yuza
    orqali harakatlanadi va bosimsiz deyiladi. Agarda erkin yuza bo‘lmasa, bosimli oqim
    deyiladi. Ko‘pincha bosimsiz oqim mavjud bo‘lib, bir uchastkada erkin toqim ikkinchi
    uchastkada esa bosimli oqimlar uchraydi. Neftning bosimsiz oqimi yig‘ish tizimining
    geometrik balandliklarining farqi hisobiga paydo bo‘ladi va yig‘ishda nasoslardan
    foydalanilmaydi.
    Neftni yig‘ishning bosimli tizimida neft bosim ta’sirida harakatlanadi hamda haydashda
    markazdan qochma yoki porshenli nasoslar qo‘llaniladi.
    Bosimli tizimlarda neftni harakatlanishida quduqning favvora archasi yoki gaz
    ajratgichlardagi hosil bo‘ladigan qatlam energiyasi ham hisobga olinadi.
    Eski konlarda ikki quvurli germetik bo‘lmagan bosimsiz yig‘ish tizimlar keng
    qo‘llaniladi. O‘zi oqar tizimning xarakterli xususiyati shundan iboratki, suyuqlik o‘lchov
    qurilmalaridan keyin quvur uzatmaning boshi va oxiridagi geodezik otmetkalarning farqi
    hisobiga harakatlanadi va oraliq rezervuarlariga yo‘naltiriladi hamda neftni katta
    bug‘lanishga (3%dan 5%gacha) olib keladi. Neftning tarkibidagi yengil uglevodorod
    fraksiyalarining yo‘qotilishini bartaraf qilish uchun hamma yangi konlar quduq
    mahsulotlarini yig‘ish, tayyorlash va tashishda germetik tizimi bilan jihozlanadi. (22.1-
    rasm)



    Download 25.56 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 25.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    22-mavzu: neft, gaz va suvni yig`ish va tayyorlash. Tayyor neft va tabiiy gaz mahsulotlariga qo`yiladigan talablar. Konlardagi ishlatiladigan quvurlar tasnifi reja

    Download 25.56 Kb.