|
Mavzu: Raqobatlashgan bozor samaradorligi Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 55,79 Kb. | | #126744 |
Bog'liq Raqobatlashgan bozor samaradorligi
Mavzu: Raqobatlashgan bozor samaradorligi
Reja:
Kirish
Raqobatlashgan bozor va uning shartlari.
2. Korxona foydasini maksimallashtirishni nazariy jihatdan asoslash va grafik usulda tahlil qilish.
Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddat oralig`idagi yo`qotishlari.
Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddat oralig`idagi taklifi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Raqobatbardoshlikka erishishning zamonaviy modellari iqtisodiyotni rivojlantirishning umumiy tusga ega va raqobat muxitini shakllantirish xususiyatlaridan iborat. Bu omillar quyidagilar:
ishlab chiqarishning sifat nuqtai nazaridan ahvoli va uning samaradorligi;
xodimlarning ilmiy salohiyati, malakasi, ilmiy-texnik yutuqlari;
asosiy raqobatbardosh tarmoqlarda turdosh va xizmat koʼrsatuvchi kichik tarmoqlar ahvoli;
talab shartlari;
korxona strategiyasi va tarkibi.
Raqobat muhitini shakllantirish uchun mahalliy mahsulotlarning ichki bozorda xam, tashqi bozorda ham yuqori raqobatbardoshligini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda ishlab chiqarilgan, qayta ishlangan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlardagi ulushi salmogʼi sezilarli boʼlsada, uni yanada oshirish imkoni mavjud. Bu esa ichki bozorni toʼyintirish va eksportga yoʼnaltirilgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga eʼtibor qaratishni dolzarb qilib qoʼyadi. Barqaror rivojlanishga erishish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish ilgʼor innovatsion iqtisodiyotga ega boʼlishni talab etadi.
Bunga erishish uchun esa barcha tovar ishlab chiqaruvchilar uchun ichki bozorda teng raqobat imkoniyatlarini, yaʼni qulay makroiqtisodiy muhit yaratish, milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda qoʼllab-quvvatlash, iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichida davlat milliy manfaatlardan kelib chiqadigan va jahondagi vaziyatni hisobga oladigan uzoq muddatli raqobat siyosatini ishlab chiqishi lozim.
Qulay makroiqtisodiy muhit bilan mahsulotni raqobatbardoshligi oʼrtasida barqaror oʼzaro bogʼliqlikning mavjudligi zamonaviy iqtisodiy nazariyani asosiy qoidalariga mos keladi va koʼp sonli amaliy tadqiqotlar tomonidan isbotlangan.
Mamlakat raqobatbardoshligining muhim 8 koʼrsatkichlaridan biri – barqaror iqtisodiy oʼsish va makroiqtisodiy muvozanatlikni taʼminlanishidir.
2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha Harakatlar Strategiyasi qabul qilingan oʼrta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institutsional oʼzgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda.
“2017-2021 yillarga moʼljallangan Harakatlar Strategiyasida tarkibiy oʼzgartirishlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boʼyicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng boʼlgan 649 ta investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni koʼzda tutuvchi tarmoq dasturlarini oʼz vaqtida amalga oshirish belgilanmoqda”.
Demak, hozirgi kunda respublikamiz sanoat korxonalarini texnologik yangilash bilan bir qatorda, innovatsion jarayonlarni strategik boshqarish, raqobat muhitini shakllantirishni davom ettirilishini taqozo etmoqda. Bu esa, hozirgi iqtisodiyotning barcha sohalarida globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyalashuvi hamda tovarlar bozorida raqobatning keskinlashuvi sharoitida yanada dolzarb masalaga aylanmoqda. Zamonaviy rivojlanish va uning yaqin kelajakdagi istiqbolining oʼziga xos xususiyati shundaki, innovatsion jarayonlarni strategik boshqarish tobora zaruriy vositaga aylanib bormoqda. Bu tendentsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham, bozor islohotlari yaqinda amalga oshirilayotgan mamlakatlarda ham keng namoyon boʼlmoqda.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish koʼp jihatdan iqtisodiyotda amal qiluvchi erkin raqobat muxitini yaratilishi va monopoliyaga qarshi siyosatning takomillashuv darajasiga uzviy bogʼliqdir. Bu esa, iqtisodiyotda vujudga keladigan ayrim nomutanosibliklarni oʼz vaqtida va muvaffaqiyatli bartaraf etishda, hamda mamlakatda rakobat muxitini rivojlantishda toʼsiq boʼla oladigan mavjud muammolarning aniqlanishi va hal qilinishini taqozo etadi. Hozirgi jadal iqtisodiy islohotlar davrida milliy xoʼjalikning samarali faoliyat yuritishi uchun erkin raqobat muxiti va monopoliyaga qarshi siyosat orqali makroiqtisodiy barkarorlikni taʼminlash muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli “Hozirgi zamon raqobat nazariyasi” fani boʼyicha ushbu oʼquv qoʼllanma milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va erkin raqobat muxitini yaratish negizini tashkil etuvchi hozirgi zamon raqobat nazariyalari, Oʼzbekiston iqtisodiyotida raqobat muhitini shakllantirishning strategik maqsadlari va jahon bozoridagi raqobat usullaridan foydalanish mexanizmlariga bagʼishlangan dolzarb oʼquv qoʼllanma hisoblanadi.
Ushbu oʼquv qoʼllanmada raqobat va monopoliya sohasidagi jarayonlarning faqatgina yuzaki, koʼrinib turgan tomonlarigagina emas, balki ularning ichki mohiyati, ziddiyatlari va bogʼlanishlariga, bu jarayonlarning sabab va oqibatlariga alohida eʼtibor berildi. Ushbu oʼquv qoʼllanmada Oʼzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida raqobat va monopoliya munosabatlari sohasidagi muammolar, ayniqsa, Prezidentimiz asarlarida, maʼruza va nutqlarida, qabul qilingan qonunlar va qarorlarda bayon etilgan tamoyillar, xususiyatlar ham qamrab olindi hamda nazariyani amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida raqobat va monopoliya munosabatlari sohasining koʼpgina umumiy qonun-qoidalari bevosita Oʼzbekiston hayoti misolida yoritildi.
Аsosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda, misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilindi.
Ushbu oʼquv qoʼllanma yangi standart talablari boʼyicha tuzilgan dastur asosida yozildi. Oʼquv qoʼllanmada dasturdagi asosiy va zaruriy mavzular qamrab olingan. Lekin hajm cheklangan boʼlganligi uchun koʼpgina materiallar iloji boricha qisqartirib berildi. Shuning uchun oʼquv qoʼllanmada kamchilik va munozarali jihatlar ham boʼlishi mumkin.
“Hozirgi zamon raqobat nazariyasi” boʼyicha mazkur oʼquv qoʼllanma yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni hisobga olgan holda tayyorlangan. Qoʼllanma birinchi navbatda magistrantlar uchun moʼljallangan boʼlib, undan mustaqil izlanuvchilar, talabalar, malaka oshirish instituti tinglovchilari va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish muammolari bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
|
| |