• Xarajatlari o`zgarmas bo`lgan tarmoq.
  • Tarmoqning uzoq muddatli oralidagi umumiy taklifi

    Download 55,79 Kb.
    bet5/6
    Sana22.12.2023
    Hajmi55,79 Kb.
    #126744
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Raqobatlashgan bozor samaradorligi

    Tarmoqning uzoq muddatli oralidagi umumiy taklifi. Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi firma taklif chiziqlari yig`indisi orqali topilardi. Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni firma takliflarini qo`shish orqali aniqlab bo`lmaydi. Nima uchun deganda, uzoq muddatli oraliqda bozor narxining o`zgarishiga ko`ra firmalar bozorga kiradi yoki undan chiqadi. Bu o`z navbatida firmalar taklif chiziqlarini qo`shib bo`lmasligini ko`rsatadi (qaysi firmalar bozorda qolayotganligini biz bilmaymiz).
    Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni aniqlashda ishlab chiqarish hajmining kengayishini faqat resurslardan foydalanishning kengayishi hisobidan bo`ladi, deb faraz qilinadi. Ixtiro va texnologiyaning ishlab chiqarishga ta`siri o`zgarmas deb qabul qilinadi.
    Uzoq muddatli oraliqdagi umumiy taklifning shakli tarmoqda ishlab chiqarish hajmi o`sishining yoki kamayishining foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari narxiga ta`siri darajasiga bog`liqdir. SHuning uchun ham uch turdagi tarmoq xo`jaligi qaraladi: xarajatlari o`zgarmas, o`suvchi va kamayuvchi tarmoqlar.

    Xarajatlari o`zgarmas bo`lgan tarmoq. Tarmoqda ishlab chiqarish hajmining o`sishi foydalaniladigan resurslarning narxiga ta`sir qilmasa, biz yuqorida ko`rdikki (rasm) tarmoqning kengayishi va qisqarishi muvozanat narx ga ta`sir qilmaydi. Biror sabab bilan (masalan, iste`molchi didining o`zgarishi) talab oshganda mahsulot narxi oshadi va tipik firma musbat iqtisodiy foyda ola boshlaydi. Bu foyda boshqa firmalarni ushbu tarmoqqa kirib kelishiga sabab bo`ladi. Boshqa firmalarning kirib kelishi taklifni oshiradi, natijada oshgan narx o`zining oldingi muvozanat holati ga qaytadi. Bundan kelib chiqadiki, xarajatlari o`zgarmas bo`lgan tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizig`i narx uzoq muddatli o`rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini minimumiga teng bo`lganda gorizontal chiziqdan iborat bo`ladi.
    Biz ko‘rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to‘liq yo‘qotishga olib keladi. SHuning uchun ham davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqganda to‘liq yo‘qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo‘qotishlarga olib kelaveradi, deb bo‘lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o‘sishga olib keladi.
    Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo‘qotish bozor narxida o‘z ifodasini topmasa. Bunday yo‘qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro‘y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin.
    Ikkinchidan «bozor qiyinchiligi»- bu erda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida axborotning to‘liq bo‘lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig‘ida tovar to‘g‘risida to‘liq axborot bo‘lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.

    Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘ini maksimal bo‘lishini ta’minlaydi, demak, muvozanat holatda iste’molchilr o‘z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo‘lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
    Ma’lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko‘rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda, tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo‘lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o‘ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o‘tadilar.

    Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishiladi. Bunday taqsimlanish shartida ta’minlanadi. Firmalar ushbu shartga ko‘ra ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo‘lgancha qadar mumkin darajada maksimallashtiradilar. Ushbu shart bajarilganda nafaqat resurslarni samarali taqsimlashga erishiladi, balki maksimal ishlab chiqarish samaradorligiga ham erishiladi. Raqobatlashgan bozor firmalarni minimal xarajatlarda mahsulot ishlab chiqarishga va uni ushbu xarajatlarga mos bo‘lgan narxda sotishga majbur qiladi. Muvozanat holat grafigida o‘rtacha xarajat grafigi talab chizig‘iga urinadi xolos. Agar bo‘lsa, firma zarar ko‘radi va tarmoqdan ketishga majbur bo‘ladi.

    Raqobatlashgan bozorda va muvozanat holat sharoitida raqobatlashvchi tarmoqqa qarashli firmalar xarajatlari bir xil deb qaraladi. Lekin, biz bilamizki ba’zi bir firmalar sifatli xom ashyoda ishlaydi, boshqalari zamonaviyroq va samaraliroq uskunada va texnologiyada ishlaydi, yana boshqasi yuqori malakali kadrlar bilan ishlaydi. Umuman olganda ikkita bir xil firmaning o‘zi bo‘lmaydi. O‘z o‘zidan ravshanki, sifatli resurslar bilan ishlaydigan firmalarning xarajatlari boshqalarnikiga qaraganda kam bo‘ladi.

    Bu holatni raqobatlashgan bozordagi firmalarning o‘rtacha xarajatlari bir xil bo‘ladi, degan shart bilan mos kelishini iqtisodda quyidagicha tushuntiradi: ya’ni sifatli resurs egalari o‘z resurslari uchun ko‘proq ish xaqi oladi, mukammallashgan samarali uskunalarning ijara haqi ham yuqori bo‘ladi. Samarali resurs egalari olinadigan qo‘shimcha foydaga iqtisodiy renta deyiladi.
    Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘idan foydalanish.
    Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘i yordamida davlatning iqtisodiy siyosatini baholash mumkin. Biz oldingi boblarning birida narxlarni davlat tomonidan nazorat qilinishi, ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan maksimal va minimal narxlar va bu siyosatning iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risida gapirgan edik.
    Maksimal narx o‘rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi dan gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol yutug‘i oshadi. Ushbu oshgan yutuq grafikda qo‘shshtrixlangan A to‘rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol yutug‘ining qisqarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi yutug‘ining sof o‘zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.

    Endi ishlab chiqaruvchi yutug‘ini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko‘rsatilgan A to‘rtburchak yuziga teng bo‘lgan yutuqni yo‘qotadilar.
    Endi biz ishlab chiqaruvchilar yutug‘ini ishlab chiqarish miqdordan miqdorga kengaytirilganda qarab chiqamiz. Haqiqatdan ham minimal narx muvozanat narxdan yuqori bo‘lganda u ishlab chiqaruvchilarni miqdorga mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Lekin, ular bozorda faqat hajmdagi mahsulotni sotish mumkin xolos. Ular miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni qoplaydigan daromadni olaolmaydi. Rasmda ushbu xarajatlar shtrixlangan D trapetsiya yuzi bilan ifodalangan.
    Endi biz ishlab chiqaruvchilar yutug‘ini ishlab chiqarish miqdordan miqdorga kengaytirilganda qarab chiqamiz. Haqiqatdan ham minimal narx muvozanat narxdan yuqori bo‘lganda u ishlab chiqaruvchilarni miqdorga mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Lekin, ular bozorda faqat hajmdagi mahsulotni sotish mumkin xolos.
    Barqaror narxni ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini cheklash siyosati.
    AQSH va Evropa davlatlarida minimal narxni o‘rnatishdan tashqari, narxlarni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni yoki ishlab chiqarishni chekli rag‘batlantirish siyosatlarini qo‘shib olib boradi. Ayniqsa, bunday siyosat AQSHda qishloq xo‘jaligi tizimi qo‘llanadi.
    Barqaror narxlarni ushlab turish. Rivojlangan davlatlarda barqaror narx ko‘pincha sutga, tamaki va donga qo‘llaniladi, bundan maqsad, ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini etarli darajada bo‘lishini ta’minlash.
    Bunday siyosatda davlat mahsulotga narxni R* darajada belgilab, uni shu darajada bo‘lishini taminlash uchun kerakli hajmdagi mahsulotni sotib oladi.
    Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi). Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko‘tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo‘yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo‘lishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarni sotishga beriladigan litsenziyalarni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali spirtli ichimlikni sotish hajmini oshirish yoki qisqartirish mumkin. Sotish hajmining qisqarishi tovar narxini kerakli darajaga oshirish imkonini beradi.

    Yana AQSH davlatining qishloq xo‘jaligi siyosati qaraymiz. AQSH davlatining qishloq xo‘jaligi siyosati ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Fermerlar ekin ekish maydonining qisqatirsalar, ya’ni ekin maydonlarining bir qismi ekilmasdan qoldirilsa, shunga yarasha pul kompensatsiyasini oladilar.
    Bozor iqtisodiyotini moliyaviy, sanoat, axborot, huquqiy va tijorat tashkilotlarini birlashtiradigan murakkab tizim deb atash mumkin. Ularning barchasi bitta kontseptsiya - bozor. Bu ma'lum bir tovarlar toifasiga ma'lum bir narx bo'yicha talabga ega bo'lgan iste'molchilar va bu bahoda ma'lum miqdorda tovarlar taklif etadigan ishlab chiqaruvchilar. Bozor sizga narxlarni va sotuv hajmlarini belgilash imkonini beradi.
    Bozor munosabatlarining hal qiluvchi omili - bu raqobatdir. Bu ishlab chiqaruvchilar o'rtasida muayyan munosabatlar bo'lib, natijada sotilayotgan mahsulotlarning narxi va hajmi belgilanadi. Iste'molchilar o'rtasida raqobat ham bor, bu ham ushbu ko'rsatkichlarga ta'sir qiladi. Raqobat kurash bozor munosabatlarini shakllantirishning ajralmas shartidir.
    Raqobat turiga qarab bozorning turli turlari mavjud.
    Mukammal raqobat bozori - ideal munosabat bo'lgan bozor munosabatlarining modeli. Shu bilan birga, bozor rivojlanishini cheklovchi cheklovlar yo'q.
    Muvaffaqiyatli raqobat bozori ijobiy va salbiy jihatlarga ega.
    Uning belgilari:

    1. Umumiy bozor holatiga ta'sir qilmaydigan ko'plab sotuvchilar, savdolarda kichik ulushga ega. Bundan tashqari, ko'plab iste'molchilar mavjud. Bu avtomatlashtirilgan bozor.

    2. Ushbu bozordagi tovarlarni etkazib beradigan sanoatning kiraverishida, shuningdek, bir ob'ektdan ikkinchisiga resurslarning erkin aylanishiga hech qanday cheklovlar yo'q.

    3. tovarlarning bir xilligi yo'qligi. Ya'ni bozorda tovar va markalar yo'q.

    4. Eng yaxshi raqobat uchun bozor sotuvchilar yoki iste'molchilarning narxlari darajasiga ta'sir etishmasligi bilan ajralib turadi. Tovarlarning narxi o'z-o'zidan belgilanadi. Bozorning boshqa ishtirokchilari narxlarni o'zgartirishi mumkin emas.

    Barcha ishtirokchilar uchun mukammal raqobat bozori mavjud. Yordamchi omillar, masalan, aktsiyalar, sotish darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Buning sababi, taqdim etilgan mahsulotlar bir hil. Bozor mutlaqo shaffof.
    Ushbu bozordagi aniq belgilangan qiymati - tovar qiymatiga ega.
    Shu nuqtai nazardan, mukammal raqobat bozori ishtirokchilarning xatti-harakatlarining muayyan modelini shakllantiradi. Ular bir nechta variantlarda taqdim etilishi mumkin.
    Birinchi variant narx akseptörüdür. Bozorning barcha ishtirokchilari tovarlarning qiymati to'g'risida to'liq va ochiq ma'lumotga ega. Qatnashchilarning hech biri narxning shakllanishiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Agar sotuvchi narxni oshirib yuborsa, xaridorlar raqiblariga murojaat qilishadi. Agar narx juda past bo'lsa, sotuvchi to'liq talabni qondira olmaydi.
    Bozorda mukammal raqobat mavjud bo'lgan ikkinchi variant - miqdoriy regulyator. Bozorning ochiqligi bilan bog'liq har bir sotuvchi sotiladigan tovarlar miqdorini tartibga solishi mumkin.
    Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, mehnat bozori mukammal raqobat sharoitida ham ochiq va erkinroqdir. Har bir ishtirokchi hamma uchun teng sharoitlarni tanlashga haqlidir.
    Biroq, bunday bozor modeli juda kam. Umuman olganda, barcha ishtirokchilar teng imkoniyatlarga ega bo'lmagan nomukammal raqobat ustunlik qiladi. Bunday tashkilot bilan monopoliya paydo bo'lishi mumkin. Bozorning ba'zi ishtirokchilari tovar yoki xizmatlarning qiymatiga ta'sir o'tkazish imkoniyatiga ega.
    Bu bir-biridan mukammal va nomukammal raqobat bozorini ajratib turadi. Asosan, bu imkoniyatlarning tengsizligi, bozor ishtirokchilarining narxiga ta'siri, bozorga kira olmaslik va adolatsiz raqobat.

    Download 55,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6

    Download 55,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    Tarmoqning uzoq muddatli oralidagi umumiy taklifi

    Download 55,79 Kb.