|
Qisqa muddatli oraliqda foydani maksimallashtirish grafigi
|
bet | 4/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 55,79 Kb. | | #126744 |
Bog'liq Raqobatlashgan bozor samaradorligiQisqa muddatli oraliqda foydani maksimallashtirish grafigi
Ishlab chiqarish hajmi oshib borishi bilan firmaning foydasi musbat bo`lib oshib boradi va ishlab chiqarish hajmi Q2 ga teng bo`lganda daromad TR(Q) bilan umumiy xarajat TC(Q) o`rtasidagi farq maksimal bo`ladi. Demak, foyda ishlab chiqarish hajmi bo`lganda maksimallashadi.
Ishlab chiqarish hajmi dan oshganda umumiy xarajatlarning o`sishi daromad o`sishiga nisbatan ustunroq bo`lgani uchun foyda kamayib boradi. Rasmdan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi Q1 gacha bo`lganda firma zarar bilan ishlaydi, nima uchun deganda . Firma Q1 va oraliqda foyda oladi va bu foyda ga qadar oshib, ishlab chiqarish hajmi ga teng bo`lganda maksimal qiymatga erishadi. N nuqtada daromad chizig`ining burchak koeffitsienti (chekli daromad ) umumiy xarajat chizig`ining burchak koeffitsientiga (chekli xarajatiga ) teng .
Shunday qilib, firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng bo`lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. foydani maksimallashtirish sharti bo`lib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, monopol, oligopol) faoliyat ko`rsatmasin, u o`z kuchini saqlab qoladi. Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki, agar bo`lganda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qo`shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi), agar bo`lsa-ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak bo`ladi.
Maksimallik shartini matematik tomondan keltirib chiqarish mumkin:
Raqobatlashuvchi firmaning muvozanat holati. Biz ko`rgan edikki, raqobatlashgan bozorda narx bozor tomonidan belgilanadi va unga firma ta`sir qila olmaydi. Bunday bozorda harakat qilayotgan firmaning talab chizig`i gorizontal chiziqdan iborat bo`lib, uning chekli daromadi narxga teng, ya`ni . Demak, raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallashtirish sharti (qoidasi) shundan iboratki, firma ishlab chiqarish hajmini shunday tanlashi kerakki, bu hajmda narx chekli xarajatga teng bo`lsin:
(9)-shart raqobatlashgan bozorda faoliyat ko`rsatayotgan firma foydasini maksimallashtirish (muvozanat holati) sharti deyiladi, ya`ni raqobatlashuvchi firmaning chekli mahsulot qoidasini ifodalaydi. Ushbu qoidaga ko`ra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli xarajat narxga teng bo`lgunga qadar oshirishi mumkin. Demak, bo`lsa, ishlab chiqarishni oshirish mumkin va bu oshirish bo`lguncha davom etishi kerak.
Umuman olganda uzoq muddatli muvozanat holatga erishish juda ko`p vaqt talab qiladi, lekin qisqa muddatli oraliqda firma katta foyda olishi ham mumkin yoki katta zarar ko`rishi ham mumkin. Biror bir mahsulot turini ishlab chiqarishda birinchi bo`lgan firma undan keyin shu ishbilan shug`ullangan firmaga ko`ra ko`proq qisqa muddatli foyda olishi mumkin. Xuddi shunday zarar bilan ishlayotgan tarmoqdan birinchi bo`lib chiqqan firma investitsiyalarining ancha mablag`ini iqtisod qilib qolishi mumkin. Uzoq muddatli muvozanatlik kontseptsiyasi firmani qanday va qaysi tomonga qarab harakat qilishini ko`rsatib beradi. Uzoq muddatli oraliqda ayrim firmalar haqiqiy musbat foyda olishi mumkin. Masalan, biror firma boshqa firmalarga nisbatan kamroq xarajat sarflab mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlaydigan patentga yoki yangi g`oyaga ega deylik. Bunday holda bu firma uzoq muddatli oraliqda musbat haqiqiy foyda olishi mumkin. Boshqa firmalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ta`minlaydigan ushbu patentni yoki g`oyani olmaguncha mahsulotni ishlab chiqarish bilan shug`ullanmaydi (tarmoqqa kirmaydi).
Agar firmalar ushbu patentdan foydalanish huquqini sotib olishsa, firmalarning iqtisodiy foydasi nolga teng bo`ladi. Musbat haqiqiy foyda tarmoqda harakat qilayotgan firmaning qimmatbaho aktivga, yangi texnologiyaga yoki yaxshi tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday holda boshqa firmalar tarmoqqa kirishga jur`at qilolmaydi.
Musbat iqtisodiy foyda investitsiyalarni tarmoqqa kirishga imoniyat yaratadi va ularni rag`batlantiradi.
|
| |